32
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tadqiqotlar
“... Butun o‘zbek yozg‘uchilarining ifodalari o‘zbek
-
cha bo‘lg‘ani holda har birining o‘ziga xos maxsus bir
uslubi bordir. Biroq uslubdagi bu hol tuban, kuchsiz
adib-yozg‘uchiningasarlaridao‘ziniochiqko‘rsataolmay-
dir.Kuchsizyozg‘uchilarninguslublaribir-birigao‘xshab
qoladir. Ular oddiy uslubda, umumiy til uslubida yozadir.
Shoir-yozg‘uchi san’atkorlikda ko‘tarila borg‘an sayi(n)
o‘ziga maxsus bir uslub yarata boshlaydir. Shoirning
xayol, o‘y, tushunish shakllari tugal, komil bo‘lg‘ach, o‘zi
-
ga yarasha bir uslub borliqqa chiqqan bo‘ladir.
Uslubning adabiyotdagi o‘rni
juda katta, juda muhim-
dir. Bir asardagi fikrlar, ma’lumotlarning eski, boshqa
shoirlar tomonidan aytilgan bo‘lishi mumkundir. Ularning
eskiligini
bizga sezdirmasdan, bildirmasdan ifoda qilib,
uni bizga o‘quta olg‘an kuch uslubdadir”
1
. Abdurauf
Fitratning bu fikrlariga tayangan holda shoirlar uslubi-
ning shakllanishida folklor alohida o‘rin tutishini ta’kidlash
lozim. Folklordan ta’sirlanmaydigan, undan foydalanmay-
digan shoir bo‘lishi mumkin emas. Ammo folklordan ko‘p
bor, atroflicha foydalanadigan shoirlar uslubida bu holat
bo‘rtib turadi. Usmon Azim shunday shoirlardan biridir.
Ijodkor ruhiyatidagi
kuchli toshqinni zilollantirib,
she’riyatiga ko‘chirib turgan kuch, avvalo, folklor. Shoir
uslubida folklordan ta’sirlanish yaqqol sezilib turadi.
Usmon Azim – folklorga xos motiv, obraz, ifoda usu-
lidan foydalana bilgan shoir. U xalq og‘zaki ijodi ta’siri-
da baxshiyonalar yaratgan edi. Ayni damda,
uning
“Balladalar” nomi ostidagi voqeaband she’rlari xalq
og‘zaki ijodidan oziqlanib, yuzaga kelgan. She’rlar bal-
lada janrida yozilmagan. Ammo balladachilik jangoh
va u bilan bog‘liq voqealarni aks ettirishga asoslan-
gani sabab Usmon Azimning bu asarlarini dramatik
she’rlar deyish maqsadga muvofiq, bizningcha. Ularda
sujet kichik bir voqea asosida yuzaga kelgan. Har bir
“ballada” (shoir “ballada” degan, ammo ballada janri-
da yozilmagani uchun qo‘shtirnoqqa olishni ma’qul bil-
dik) alohida sujetga egaligi bois “O‘n besh ballada” o‘n
besh dramatik she’rdir. Bu she’rlar
bir obraz, bir maq-
sad atrofida birlasha olgani sabab ularni turkum deyish
mumkin. Folklorga xos motiv va obrazlar ishtirokida il-
gari surilgan g‘oya – erkinlikni qo‘msash tuyg‘usi dra-
matik she’rlarni birlashtirib turibdi.
Dastlabki uch dramatik she’rda, shuningdek,
“sakkizinchi ballada”, “o‘ninchi ballada” deb nomlan-
gan she’rlarda ham Kenja botir obrazi yetakchi qahra-
mon sifatida shoir g‘oyalarini tashishga xizmat qilgan.
“Birinchi ballada” ikki qismdan iborat bo‘lib, To‘ng‘ich
va O‘rtancha botir bilan
Kenja botir dialogi asosida
yaratilgan. Xalq ertaklaridagi To‘ng‘ich va O‘rtancha
botirlar Kenja botirdan omadsizroq, aqlsizroq, kuch-
sizroq bo‘lsalar-da, o‘zlari buni u qadar tan olmaydilar.
Ammo olg‘a intilgan Kenja botirni oshkora yo‘ldan ur-
maydilar. Ba’zi xalq ertaklarida akalar ham botir, ammo
Kenja botir favqulodda xususiyatlarga egaligi bilan ular-
dan ustun. Dramatik she’rda esa shoir ikki aka orqali
to‘xtab qolgan jamiyat illatlarini fosh qilib,
Kenja orqali
yosh avlodga yuksaklikka intilish, olg‘a yurish lozimli-
gini uqtiradi. Dramatik she’rdagi To‘ng‘ich va O‘rtancha
botirlarda salbiylik ertaklardagidan kuchli. Yuksaklikka
intilgan Kenja botirni To‘ng‘ich botir:
Dostları ilə paylaş: