Asqarova shohsanamning analitik kimyo fanidan


Taxminiy 0,1 N NaOH eritmasini oksalat kislotaning birlamchi standart eritmasi bo'yicha standartlash



Yüklə 264,88 Kb.
səhifə10/12
tarix16.12.2023
ölçüsü264,88 Kb.
#182764
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Asqarova Shoxsanam analitik kimyo kurs ishi

Taxminiy 0,1 N NaOH eritmasini oksalat kislotaning birlamchi standart eritmasi bo'yicha standartlash.
Byuretka ishqorning tayyorlangan eritmasi bilan, Мог pipetkasida tayyorlangan oksalat kislota eritmasi bilan 2-3 martadan chayib tashlanadi. So'ngra shu pipetka yordamida konussimon kolbaga oksalat kislota eritmasidan alikvot qism (20-25 ml) solinib, uning ustiga fenolftalein eritmasidan 2-3 tomchi tomiziladi. Konussimon kolbadagi oksalat kislotaning standart eritmasi byuretkadagi NaOH eritmasi bilan kolbani uzluksiz aralashtirib turgan holda, 30 sek mobaynida yo'qolmaydigan och qizg'ish rang hosil bo'lguncha titrlanadi. Qayta titrlashlarda qo'shilayotgan NaOH eritmasi indikator rangi o'zgarishiga 0,5 ml chamasi qolganda asta-sekin tomchilatib qo'shiladi. Titrlash kamida uch marta takrorlanadi.
NaOH eritmasining normalligi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
.
Kompleksonometriya
Kompleksimetriya usulida turli xil kompleks birikmalar hosil qiladigan moddalarni aniqlash mumkin. Kompleks hosil qiluvchi moddalarning turlariga ko'ra kompleksimetriya usullari kompleksonometriya, merkurimetriya, ftorometriya va boshqa usullarga bo'linadi. Bu usullar orasida kompleksonometrik usullar eng ko'p tarqalgan va ular boshqa usullarga ko'ra talaygina afzalliklarga ega. Bular qatoriga hosil bo'ladigan komplekslarning barqarorligi kompleksonlarning nisbatan arzonligi va eng muhimi xavfsizligi singarilar kiradi.
Kompleksonometrik titrlash metall kationlarining kompleksonlar bilan kompleks birikma hosil qilish reaksiyasiga asoslangan. Bunda juda barqaror, suvda yaxshi eruvchan ichki kompleks birikmalar hosil bo'ladi. Titrimetrik analizda asosan komplekson III yoki trilon B deb ataladigan natriy digidroetilendiamintetraatsetat (EDTA) tuzi ishlatiladi. Komplekson III ning molekulyar grafik formulasi quyidagicha:
HOOCCH2 CH2COONa
\ /
NCH2 CH2N
/ \
NaOOCCH2 CH2COOH
Bu moddaning ionlanish konstantasi katta bo'lib, metallar bilan hosil qilgan kompleksining barqarorligi metallarning xususiyatiga bog'liq. Ichki kompleksning hosil bo'lishida metall ioni karboksil gruppadagi vodorod atomining o'rnini egallaydi, azot atomi bilan esa koordinatsion bog' hosil qiladi. Ajralgan vodorodni bog'lash uchun reaksiya ammiakli bufer aralashma ishtirokida olib boriladi. EDTA ni qisqacha H2Y2-shaklda ifodalasak, reaksiya tenglamasi quyidagicha bo'ladi:
M2+ + H2Y2- + 2NH3  MY2- + 2NH4+

Yüklə 264,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin