Eritmalarning tibbiyotdagi ahamiyati. Biologok suyuqliklar va to’qimalar tarkibida Na+,Ca2+,Cl-,H2PO4-,HCO3-va boshqa qator ionlar bor.Ko’p biokimyiviy jarayonlar va yuqori molekulyar moddalarning tirik organizmdagi barqarorligi ionlar tabiatiga, konsentratsiyasiga va eritmada boradigan jarayonlarga bog’liq.
Odam organizmi doim suv yo’qotadi. Bu suv terlash, nafas olish va peshob orqali chiqib ketadi. Ayniqsa peshob orqali tuzlarning ionlari organizmdan tashqariga chiqadi. Lekin shunga qaramay to’qimalarda ionlar konsentratsiyasi o’zgarmaydi( ionli gemostaz). Ionlarning organizmga kirishi va chiqib ketishi undagi suvning aylanib turishiga bog’liqdir.
Agar organizm uzoq vaqt chanqab yursa yoki suv etishmagandagi doimiy tashnalikda to’qimalardagi suv ham kamayadi. Endi to’qimalarda ionlar konsentratsiyasi ortib ketadi, bu esa ionlarning asosan peshob orqali chiqib ketishiga olib keladi.
Eritmada K+ ionlarining almashinuvi nerv va muskul to’qimalarining faoliyati uchun kerak. Ovqatlanish orqali K+ ionlarinini kerakli miqdori organizmga kirib turadi. Hujayra ichida K+ ionlarining kamayib ketishi vaqtinchalik falaj yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Agar ionlar konsentratsiyasi odatdagi holatga kelsa kasallik o’tib ketadi.
Tuzlar eritmalarining gidrolizi Gidroliz turlari Tuz ionlarining suv bilan ta’sirlashib kuchsiz elektrolit hosil qilish jarayoni tuzlar gidrolizi deyiladi. Barcha tuzlarni ularni hosil qilgan asos va kislotaning kuchiga qarab to’rtga bo’lish mumkin.
1. Kuchli asos va kuchli kislotalardan hosil bo’lgan tuzlargidrolizga uchramaydi, ya’ni ularning ionlari suv bilan ta’sirlashib kuchsiz elektrolitlar hosil qilmaydi.
2. Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlar kation bo’yicha gidrolizlanadi, eritma muhiti kislotali bo’ladi. Agar kuchsiz asos bir kislotali bo’lsa, gidroliz reaksiyasi bir bosqichdan iborat bo’lib, bunda kuchsiz asos va kuchli kislota hosil bo’ladi.