1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja


Sayohat motivi esa uch xil jiloga ega



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə27/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103
Folklor mavzular

Sayohat motivi esa uch xil jiloga ega: a) olamni bilish uchun kengliklarga intilgan qahramon (yigit yoki uch aka-ukalarning ota-onasidan rozilik olib, yayov yo`lga chiqishi; b) bosh qahramonning tasodifan biror chuqurlik yo quduqqa tushib ketishi, g`orga kirib qolishi; v) bosh qahramonning uchar gilam, uchar etik, oynayi jahon Yoki sehrli uzuk vositasida yo`lga otlanishi. Sayohat motivi asosida qurilgan sehrli –fantastik ertaklarda uchar gilam, yog`och ot, uchar etik, supurgi va yo`l azoblarini yengillashtiruvchi sehrli qalpoq, sirli taroq, sehrli qilich, igna, o`q-yoy, hushtak, gavron kabi tilsimli vositalar ishtirok etadi va ular syujetni ham, qahramonni ham harakatga solib turadi.
Sarguzasht motivi ham rang-barang ko`rinish kasb etgan holda sehrli-fantastik ertaklarning jozibasini ta’minlagan. Bular tubandagi motivlardir: a) uzoq va notanish yurtlarga o`z baxtini izlab yo`lga chiqqan botirning qahramonona sarguzashtlari: go`zal qayliqqa erishish niyatida sehrli narsalarni sirli va xatarli manzillardan olib kelishi, yo`lda ajdar yoki dev bilan to`qnashib, ular ustidan g`alaba qozonishi va h.k.; b) uch og`ayni botirlar kechirgan sarguzashtlar; c) yetim bolalar sarguzashti; d) «mitti polvonlar» Yoki «ulkan odamlar» faoliyatiga aloqador sarguzashtlar va h.k.
Xullas, sehrli-fantastik ertaklar o`ziga xos badiiy-kompozitsion tizimga-xayoliy uydirmaga, syujet motivlariga, maxsus personajlarga, badiiy til vositalari va uslubiy jilolarga egaligi bilan ajralib turadi va xalq ertaklarining eng qadimiy namunalari sifatida nisbatan ko`pchilikni tashkil etadi.
Hayvonlar haqidagi ertaklar. Bu tipga mansub ertaklarning yaratilishida ibtidoiy insonlarning qadimgi totemistik qarashlari asos bo`lgan. Ularda hayvonlar yetakchi personajlar bo`lib, insonlar qiyofasida tasavvur etilgan va badiiy jonlantirilgan. Shunga ko`ra ularning syujetida inson obrazi keyingi o`rinda turadi, ko`p hollarda voqelikka inson aralashmaydi. Binobarin, ular yaratilish maqsadi, mazmun-mohiyati jihatidan bir necha ichki turga ega:
1. Etiologik ertaklar. Bularda u yoki bu hayvon shakli, belgi-xususiyatlari haqida ma’lumot berish yetakchi motivdir.
2. Sof hayvonlar haqidagi ertaklar. Bularda insonlarga naf keltiruvchi hayvonlar madhi yetakchi motivga aylangan.
3. Majoziy (allegorik) ertaklar. Bularda insonlarga xos qusur va kamchiliklardan hayvonlar fe`li va xatti – harakati timsolida tanqid qilish, fosh etish Yoki kulish yetakchi motiv darajasidadir.
Hayvonlar haqidagi ertaklar o`tmishda axborot berish maqsadida kattalarga aytilib kelingan bo`lsa, XX asr o`rtalaridan e’tiboran kattalar tomonidan bolalarga aytiladigan bo`ldi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin