1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə34/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   103
Folklor mavzular

Lirik qo`shiqlar. Xalq qo`shiqlari xazinasining asosini lirik namunalar tashkil etadi. Ular badiiy jihatdan yuksakligi, an’anaviyligi, omma o`rtasida keng tarqalganligi bilan alohida ajralib turadi. Lirik qo`shiqlarda lirik «men» umumiylik kasb etib, turmushni o`ziga xos poetiklashtiradi.
Lirika so`zi «lira» deb nomlanuvchi cholg`u asbobining nomidan kelib chiqqan. Lira cholg`u asbobining nomi esa, “semitcha kinnor–cinnor” so`zidan paydo bo`lgan. U afsonaviy Dovud payg`ambarning zamondoshi bo`lgan semitlar shohi Kinir bilan bog`liq. Qadimda lira chalib kuylash diniy marosimlarning tarkibiy qismi hisoblangan. Yunon mifologiyasida keltirilishicha, lirani birinchi marta jahon daraxtining analogi va marhumlar ruhini u dunyoga kuzatib boruvchi temirchilar ilohi Germes yasab, sigirlari evaziga Appolonga tortiq qilgan emish. Lirik qo`shiqlar, odatda, biror-bir muzika asbobi jo`rligida ijro etishga moslashgan. Bunda cholg`u asbobi ilhom chaqiruvchi vosita sanaladi.
Lirik qo`shiqlarda sevgi-muhabbat chuqur iztiroblarga olib keladigan, qiyinchiliklar tug`diradigan davosiz, lekin qutlug` dard sifatida ta’riflanadi. Lirik qo`shiqlarda boshga ishq tushganida insonning qanday ruhiy vaziyatlarga tushishi, qalbidan qanaqa o`y-kechinmalar kechishi, yorni kutish manzaralari, u bilan qaerlarda, qanday uchrashish holatlari, uchrashuv chog`idagi g`ayritabiiy harakatlari, ko`zu qoshning, yuzning bu paytdagi ko`rinishlari o`ziga xos tarzda shunday ta’riflab va tavsiflab keltiriladiki, uni tinglagan har bir kishi qalbida chuqur hayajon va iliqlik paydo bo`lmay iloji yo`q.
Lirik qo`shiqlar bir kishi yoki bir necha kishi tomonidan ijro etiladi. Ko`pincha mustaqil to`rtliklar shaklida uchraydi. Uning eng muhim tomoni shundaki, real voqelikni shaxsning (lirik qahramonning) subyektiv kechinmalari orqali aks ettiradi va faqat kuylash uchun yaratiladi. Kishi qalbida tug`ilgan his-tuyg`ularni muayyan obrazlar va predmetlar tasviri orqali badiiy ifoda etish jihatidan epik poeziyadan farq qiladi.
Lirik qo`shiqlardagi ramzlar ularning haqiqiy mazmunini ochib berishda o`ziga xos kalit vazifasini o`taydi. Ularda o`simliklar, gullar va hayvonlar, qushlar, hasharotlar olami bilan bog`liq tarzda ibtidoiy insonning totemistik tasavvur–tushunchalari negizida turli ramziy obrazlarga duch kelish mumkin. Olma, tol, behi, shaftoli, bodom, qizil va oq gul, g`oz, o`rdak, kaptar, ot, chumoli va hokazolar mana shunday keng tarqalgan ramziy obrazlardan hisoblanadi.
O`zbek xalq lirik qo`shiqlarida istiora (metafora), metonimiya, mubolag`a, kichraytirish, jonlantirish kabi san’atlardan ham unumli foydalanilgani kuzatiladi. Ular lirik qo`shiqlarning g`oyaviy-badiiy asoslarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etgan.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin