7-mavzu: Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi



Yüklə 93,48 Kb.
səhifə12/19
tarix29.04.2023
ölçüsü93,48 Kb.
#104671
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
7-mavzu Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadri

Madaniy faoliyat. Madaniyat – inson dunyosi, faqat unga xos faoliyat usuli bo’lib, uni amalga oshirish jarayonida odamzot o’zi yaratayotgan narsalarga ruh baxsh etadi, tabiatni, o’zi yashaydigan muhitni insoniylashtiradi. Madaniy faoliyat ongli va qadriyatlarga qaratilgandir. Unda me’yorlarga rioya qilish va ularda nisbatan mustaqillik, maqsadga muvofiqlik va noutilitarlik o’zining uyg’un ifodasini topadi. Madaniy faoliyat umuminsoniy ideallar va qadriyatlarni etnik yoki mintaqaviy shaklda aks ettiradi. Madaniyat jabhasida inson faoliyati uning ehtiyojlari bilan belgilanadi, lekin faqat ularga bog’liq bo’lmaydi. Unda maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan elementlar ham, ortiqcha unsurlar ham mavjud. Ortiqchalik tushunchasi madaniyat hodisalarida ularning ma’naviy mazmunini amalda gavdalantirish uchun talab etiladigan vositalarning zarur darajasidan ortiqroq elementlar mavjudligini anglatadi. Madaniyatda utilitar maqsadga muvofiqlik mezoni bilan o’lchash mumkin bo’lmagan muhim qadriyatlar yaratiladi. Garchi madaniyat biologik, fizik, ijtimoiy, texnik-iqtisodiy va boshqa shunga o’xshash omillarga ta’sirchan bo’lsa-da, ular madaniyatda o’zining variativ, ko’p ma’noli ifodasini topadi. Bu madaniyatda erkinlik hamda butunlay yangi predmetlilikni yaratish imkoniyatlari mavjudligidan dalolat beradi.
Madaniyatning o’ziga xosligi shu bilan izohlanadiki, u teran shaxsiy mazmun kasb etadigan sub’ektiv taassurotlar uyg’otadi. U hatto insonning oddiy madaniy universaliyalarga muvofiq qondiriladigan tabiiy ehtiyojlari darajasida ham namoyon bo’ladi. Madaniyat inson ehtiyojlarini ruhlantiradi, ularga estetik tus beradi, aksariyat hollarda tabiiy ehtiyojning o’zidan ancha uzoq bo’lgan ramz-alomatlar bilan qurshab oladi. Madaniyat – ehtiyojlarni qondirishning o’ziga xos insoniy usuli. Madaniyat me’yorlaridan chetga chiqish madaniyatsizlik belgisi hisoblanadi.
Madaniyat o’zagi – madaniyatning nisbatan barqarorligini va yashovchanligini kafolatlovchi tamoyillar tizimi. U asrlar mobaynida shakllanadi va jamiyat borlig’ining o’zgaruvchi sharoitlariga moslashish mexanizmlarini ta’minlaydi.

Yüklə 93,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin