7-mavzu: Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi



Yüklə 93,48 Kb.
səhifə1/19
tarix29.04.2023
ölçüsü93,48 Kb.
#104671
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
7-mavzu Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadri


7-mavzu: Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi
Reja:

  1. Jamiyat tushunchasi. Jamiyat va tarixning o’zgaruvchanligining falsafiy jihatlari

  2. Tarixga formasion va sivilizasiyaviy yondashuvlar

  3. Madaniyat tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyalari.

  4. Qadriyat tushunchasi tavsifi va mohiyati.



1. Jamiyat tushunchasi. Jamiyat va tarixning o’zgaruvchanligining falsafiy jihatlari. Jamiyat tushunchasini tahlil etishda bir qancha ta’rif va yondashuvlarni uchratish mumkin. Masalan, jamiyat bu kishilar orasidagi ijtimoiy munosabatlarning tarixiy taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan ijtimoiy borliqdir.
Yana bir ta’rifga ko’ra, jamiyat bu o’z hayotiy zarur ehtiyojlarini qondirishda o’zaro aloqador bo’lgan kishilarning birgalikda yashashini muayyan sistemasidir.
Boshqa bir ta’rifga ko’ra jamiyat bu aql idrokka ega bo’lgan kishilar o’rtasidagi moddiy va ma’naviy munosabatlar va tabiat bilan o’zaro bog’lanishlarga asoslangan murakkab dinamik sistemadir. Shuningdek jamyait tushunchasiga quyidagi yondoshuvlarni kuzatish mumkin: jamiyat kishilar orasidagi shunday o’zaro ijtimoiy mahsulot bo’lib, aloqadorlikki bu ijtimoiylikning natijasi hisoblanadi (M.Veber); jamiyat bu kishilar o’rtasidagi shunday munosabatlar sistemasini, uning birlashtiruvchi asosi qadriyat va normalar hisoblanadi (T.Parsons).
Jamiyat hayoti asrlar osha olimlar va faylasuflarning tadqiqot ob’ekti bo’lib kelmoqda. U turli fanlar, chunonchi: sosiologiya, tarix, siyosatshunoslik, huquqshunoslik, etnografiya, iqtisodiy nazariya va hokazolar doirasida o’rganiladi. Fanning vazifasi – jamiyat tuzilishini o’rganish, tarixiy jarayonda takrorlanuvchi, umumiy xossalar, jihatlar, omillar va qonuniyatlarni aniqlashdan iborat.
Muayyan fanlardan farqli o’laroq, falsafaning vazifasi tarixiy jarayonning umumiy jihatlarini o’rganishdan iborat. Falsafa muayyan hodisalarning sabablari nimada degan savolga javob topish vazifasini o’z oldiga qo’ymasada, tarix fanining metodologik asoslarini yaratadi, mazkur sabablarni aniqlashga nisbatan qanday yondashish kerak, degan savolga javob beradi. U dunyoqarashga doir o’z mo’ljallariga tayanadi, ijtimoiy va gumanitar fanlarning kategoriyalar apparatini ishlab chiqishda ishtirok etadi. O’z kategoriyalarining ijtimoiy mazmunini yoritar ekan, falsafa shunga asoslanib muayyan-tarixiy jarayonlarni tahlil qilishni amalga oshiradi. Tarix falsafasining muammolaridan biri bu tarixiy jarayonning birligi muammosi va tarixni davriylashtirish tamoyillarini belgilashdir. Falsafaning vazifasi jamiyat hayotining asosiy negizlarini, uning tizim tashkil etadigan omillarini aniqlashdan iborat. Tarix falsafasida dunyoqarashga doir mo’ljallarining rang-barangligi bilan ajralib turadigan ko’plab oqimlar va yo’nalishlar mavjud bo’lgan. Shu sababli har bir faylasuf, odatda, o’z mo’ljallariga amal qiladi, nafaqat dunyoni, balki jamiyatni ham o’ziga xos tarzda tushuntiradi.

Yüklə 93,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin