7-mavzu: Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi



Yüklə 93,48 Kb.
səhifə3/19
tarix29.04.2023
ölçüsü93,48 Kb.
#104671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
7-mavzu Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadri

Moddiy ishlab chiqarish iqtisodiy kichik tizim ishlab chiqarish faoliyati va kishilarning bu jarayondagi munosabatlari shakllarining majmuidir. Har bir jamiyat o’z mavjudligi va rivojlanishi uchun zarur tabiiy boyliklarga ega. Ammo ijtimoiy boylik inson mehnati bilan yaratiladi. Ajdodlar yaratib qoldirgan boyliklarni saqlash va ulardan foydalanish hamda jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish ijtimoiy boylikning o’sishiga olib keladi. Buning natijasida mulk instituti ijtimoiy ishlab chiqarishning muhim vositasi va rag’batlantiruvchi omili sifatida vujudga keladi. Dastavval kuch huquqi, obro’ va odatga tayangan mulkiy munosabatlar keyinchalik yuridik shakl-shamoyil kasb etadi. Rivojlangan ko’rinishda mulk ijtimoiy boylikning ma’lum ulushiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanish huquqini anglatadi. U turli shakllarda mavjud bo’lgan va hozir ham mavjud bo’lib, bu ijtimoiy ishlab chiqarishning shaklini ham belgilaydi.
Iqtisodiy tizim moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishni hamda moddiy va ma’naviy xizmatlar ko’rsatishni o’z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Xodimlar, ularning mehnati va ishlab chiqarish vositalari – mehnat qurollari va vositalari ishlab chiqarishning muhim omillari hisoblanadi. Ishlab chiqarish moddiy-texnika vositalari va ularni ishga solishga qodir bo’lgan odamlar majmui jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini tashkil etadi. Ishlab chiqarish jarayonida odamlar o’rtasida turli-tuman munosabatlar yuzaga keladi. Ularning orasida tashkiliy-iqtisodiy, ishlab chiqarish-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarish-texnologik munosabatlar texnika va ishlab chiqarish texnologiyasining xususiyati rivojlanish darajasiga ko’p jihatdan bog’liq bo’lsa, tashkiliy-iqtisodiy va ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asosan ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan mulk shakllari bilan belgilanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarish natijasida yaratiladigan ne’matlar va xizmatlarni ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlarni o’z ichiga oladi. Mazkur munosabatlar tizimi ijtimoiy normalar va huquq normalari bilan tartibga solinadi va ijtimoiy ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan mulk huquqining xususiyati bilan belgilanadi.

Yüklə 93,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin