7-mavzu: Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi



Yüklə 93,48 Kb.
səhifə7/19
tarix29.04.2023
ölçüsü93,48 Kb.
#104671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
7-mavzu Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadri

Parlament respublikasihukumatni parlament ko’pchiligi tamoyiliga ko’ra shakllantirishni nazarda tutadi: qaysi partiya parlamentda ko’pchilikni tashkil qilsa, shu partiya parlamentga hisobdor bo’lgan o’z hukumatini shakllantiradi.
Prezidentlik respublikasidavlat boshlig’i va hukumat boshlig’i vazifalarini prezident bajarishi bilan tavsiflanadi.
Aralash respublika (yarim prezidentlik respublikasi)da kuchli prezidentlik hokimiyati hukumat faoliyati ustidan parlamentning samarali nazorati bilan uyg’unlikda amal qiladi.
Davlat qurilishi shakliga ko’ra unitar, federativ va konfederativ davlatlar farqlanadi. Ma’muriy birliklari o’z davlatchiligiga ega bo’lmagan yagona, siyosiy jihatdan bir jinsli davlat unitar davlat hisoblanadi.
Federasiya siyosiy sub’ektlar (shtatlar, erlar, federasiya sub’ektlari va sh.k.), o’z konstitusiyalari, qonunchilik, ijro va sud organlariga ega davlatlar uyushmasi. Ularning mustaqilligi markaz bilan federasiya tarkibiga kiruvchi sub’ektlar o’rtasida vakolatlarning taqsimlanishi bilan belgilangan chegaralarga muvofiq cheklanadi. Davlatlararo birlashmaning alohida shakli konfederasiya bo’lib, u mustaqil davlatlar muayyan o’zaro maqsadlarga erishish uchun tuzgan doimiy uyushmadir.
Forobiy fikricha, davlat jamiyatning tayanchidir. U jamiyatning mukammaligi va mukammal emasligi haqidagi g’oyaga tayanadi. mukammallik “...shunday davlat vositasida qo’lga kiritiladiki, u ezgu an’analar, odamlar va yaxshi axloqni tarqata olsin” va jamiyatda bu xislatlarni barqaror eta olsin. Bunday davlat bo’lmasa fozila, ezgu xislatlar odamlarda uzoq saqlanmaydi va barqaror bo’lmaydi. Forobiy nazarda tutgan davlat, mustabidlikka emas, balki tiklanish va faoliyatida xalqning istak va irodasi bevosita rol o’ynaydigan davlatdir. Xalq irodasiga asoslanmagan davlat ideal davlat emas. Demak, davlat – jamiyatning tayanchi, xalqning irodasi va xohishi uning shakllanishi uchun sharoit yaratadi.
Hozirgi davlatlarning aksariyati o’z faoliyatini konstitusiyaga muvofiq amalga oshiradi. Кonstitusiya – siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum asoslarini, fuqarolarning huquqlari va burchlarini, asosiy davlat organlarini tarkib toptirish mexanizmi va ularning faoliyat tamoyillarini, saylov tizimi asoslari va hokazolarni mustahkamlovchi davlatning asosiy qonuni. Кonstitusiya boshqaruv va davlat qurilishi shaklini belgilaydi.
Huquqiy davlatda konstitusiya nafaqat fuqarolar va davlatning o’zaro munosabatlarini tartibga soluvchi normalarni, shaxs huquqlari va erkinliklarini belgilaydi, balki hokimiyatni cheklaydi. Кonstitusiyada inson huquqlarining davlat qonunlaridan ustunligi mustahkamlanadi. Huquqiy davlat rivojlangan fuqarolik jamiyati mavjudligi bilan tavsiflanadi. Har bir individning erkinligi boshqa odamlarning erkinligi va huquqlari bilan cheklanadi. Qonunning ustunligi va huquqning umumiyligi, hokimiyat, qonunchilik, ijro va sud tarmoqlariga bo’linishi huquqiy davlatning muhim belgilari hisoblanadi.

Yüklə 93,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin