7-mavzu: Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi


Madaniyat tushunchai, uning mohiyati va tuzilishi va funksiyalari



Yüklə 93,48 Kb.
səhifə9/19
tarix29.04.2023
ölçüsü93,48 Kb.
#104671
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
7-mavzu Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadri

3. Madaniyat tushunchai, uning mohiyati va tuzilishi va funksiyalari. Madaniyat tushunchasiga turli lug’atlarda, faylasuflar va olimlarning asarlarida berilgan ta’riflarni taqqoslasak, ularning o’rtasida jiddiy farq mavjudligini ko’rishimiz mumkin. Bu tasodifiy bir hol emas. Madaniyat – shaxs va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi o’ta serqirra hodisa. Madaniyat nima, degan savolga javob topish u qay tarzda vujudga kelgan va turli, ayrim jihatlarga ko’ra esa bir-biriga zid madaniyatlarning mavjudlik sababi nimada, degan savollarga javobni ham nazarda tutadi.
«Madaniyat» atamasi arabcha «madina» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «shahar» degan ma’noni anglatadi. Arablar kishilar hayotini ikki turga ajratib, birini badaviy yoki sahroyi turmush, ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Tugab borayotgan Rim imperiyasida, keyinchalik esa O’rta asrlarda ham madaniyat tushunchasi shahardagi turmush tarzi va sivilizasiya ne’matlari bilan bog’langan.
Markaziy Osiyoda madaniyat axloq ko’rinishida shakllangan. Shu bois, eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha ham yurtimizda ma’naviy madaniyat, go’zallikka intilish, san’atni qadrlash kabilar ustuvorlik qiladi. Uyg’onish davrida madaniyat shaxsiy barkamollik belgisi sifatida qaralgan. Shu davrda madaniyatni ma’naviy faoliyatning turli sohalari: vujudga kelayotgan fan, axloq, san’at, falsafa, din bilan bog’lash odati paydo bo’lgan. Madaniyat xulq-atvor andozalari majmui sifatida, ma’naviy faoliyat antik an’anasining davomi sifatida e’tirof etilgan. Shu ma’noda madaniyat tushunchasi ijtimoiy-ilmiy muomaladan o’rin olgan XVIII asrgacha amal qilgan.
Ma’rifat davri faylasuflari madaniyatga inson faoliyatining alohida mustaqil va o’ziga xos jabhasi sifatida qaraydilar. Ularning talqinida jamiyat va shaxs hayotining barcha sohalarida aql, oqilonalik tamoyillarining qaror topishi madaniyatning eng muhim jihatidir. Aqlning vazifasi insoniyat oldiga umumiy ahamiyatga ega bo’lgan maqsadlarni qo’yish va ijtimoiy o’zgarishlarni o’ziga bo’ysundirishdan iborat. Ma’rifat davrida madaniyat deb hisoblash mumkin bo’lgan narsalarni saralash mezonlari yaratildi. Madaniy faoliyat intellektual, ijodiy, samarali, novatorlik ruhi bilan sug’orilgan bo’lishi, ya’ni nafaqat yaratishi, balki inson imkoniyatlari sohasini tinimsiz kengaytirishi lozim edi. Ammo madaniyatning asl mohiyati, uning o’ziga xosligi inson aqlining mutlaq erkinligi sifatidagi ma’naviy faoliyat doirasi bilangina cheklanardi.
Кant ko’nikma madaniyatini va intizom madaniyatini farqlaydi. Кo’nikma maqsadlarga erishish qobiliyatini, intizom esa – oqilona maqsadlar qo’yish va inson irodasini oqilona yo’l tanlash imkoniyatidan mahrum qiladigan mayllar tutqunidan xalos etishni nazarda tutadi. Кant madaniyat tushunchasini fan va san’at doirasi bilan cheklaydi. Fanda aql-idrokning qonunchilik kuchi, san’atda – tasavvurning mahsuldor kuchi jamlanadi. Ular ob’ektiv bilim va sub’ektiv sezgi kabi bir-biriga ziddir. Shunga qaramay Кant fan va san’at munosabatlariga bir-birini to’ldiruvchi munosabatlar sifatida qaraydi.
XIX asrda madaniyatga avvalo u yoki bu tipdagi jamiyat hayoti va uning o’z-o’zini tashkil etishidagi roliga ko’ra farqlanadigan qadriyatlar va g’oyalar tizimi sifatida yondashila boshlandi. Gegel madaniyatga mutlaq g’oya o’z-o’zini anglab etishining boshlang’ich va yakunlovchi (falsafa) bo’g’ini sifatida qaraydi. Gegelning bu nazariyasi XIX-XX asrlarning madaniyatga doir bir qator konsepsiyalarida tanqid qilinadi. Jumladan, «lokal sivilizasiyalar» konsepsiyasida Shpengler xalqlar madaniyatiga o’z rivojlanish jarayonida vujudga kelish, ravnaq topish, tanazzulga uchrash va halok bo’lish bosqichlaridan o’tadigan berk, betakror organizmlar sifatida qaraydi. Shpengler tarixiy jarayonning o’ziga xos uzlukliligi dalilidan madaniyatlarning ko’p sonliligi g’oyasini keltirib chiqaradi.
XX asrda madaniyatni o’rganish asosan etnografiya va ijtimoiy antropologiya doirasida amalga oshiriladi. XX asrning ikkinchi yarmida madaniyatning kommunikativ xossalari haqidagi tasavvurlar rivojlanadi, uning germenevtik talqini keng tarqaladi. Bu esa madaniyatning tuzilishi va xususiyatlarini o’rganish uchun asos sifatida tilga qiziqish kuchayishiga sabab bo’ladi.
Shunday qilib, tarixiy jarayonda shakllangan madaniyatga doir rang-barang konsepsiyalarda mazkur hodisaning muhim xususiyatlariga tavsif beriladi. Madaniyatning hozirgi talqini mazkur tavsiflarni o’z ichiga oladi. Madaniyat tushunchasining mazmuni moddiy va ma’naviy qadriyatlar, ularni yaratish, ajdodlar tajribasini o’zlashtirib, undan yangi qadriyatlar yaratish uchun foydalanishga qodir bo’lgan insonni shakllantirish usullari tizimidan iborat. Madaniyat yaxlit bo’lib, ancha murakkab tuzilishga ega. Uning elementlari turli asoslarga ko’ra farqlanadi. Har qanday madaniyat:
- barqaror elementlar, ya’ni madaniy universaliyalarni;
- muayyan tarixiy sharoitda vujudga keladigan va yo’q bo’lib ketadigan o’tkinchi elementlarni o’z ichiga oladi.

Yüklə 93,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin