7-mavzu: Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi


Tarixga formasion va sivilizasiyaviy yondashuvlar



Yüklə 93,48 Kb.
səhifə4/19
tarix29.04.2023
ölçüsü93,48 Kb.
#104671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
7-mavzu Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadri

2. Tarixga formasion va sivilizasiyaviy yondashuvlar. Hozirgi zamon tarix falsafasida tarixiy jarayon mantig’i va yo’nalishini tushuntirishga nisbatan ikki asosiy yondashuv: formasion va sivilizasion yondashuvlar mavjud. Ularga batafsilroq to’xtalamiz.
Formasion yondashuv tarixni monistik, universalistik tushunishga asoslanadi. U jahon tarixini ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalar olinma-ketin almashuvidan iborat yagona, chiziqli-hujumkor tabiiy-tarixiy jarayon sifatida talqin qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalar haqidagi ta’limotni Кarl Marks o’zining «Кapital», «Siyosiy iqtisod tanqidiga doir» kabi asarlarida ilgari surgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy formasiya – bu jamiyatning muayyan tarixiy tipi, ishlab chiqarishning muayyan usuliga asoslangan va ijtimoiy taraqqiyot bosqichi sifatida amal qiladigan yaxlit ijtimoiy tizimdir.
«Ijtimoiy-iqtisodiy formasiya» kategoriyasining asoslash tarixiy jarayonni davriylashtirish imkonini bergan. U jami formasiyalarning besh tipini farqlagan: ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, kommunizm. Jahon tarixiy jarayoni bir formasiyadan boshqa formasiyaga yuksalishdan iborat bo’lgan chiziqli jarayon sifatida tavsiflagan.
Sivilizasiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi. Sivilizasiya- (lot. civilis-fuqaroviy, ijtimoiy) serqirra va murakkab mazmunga ega bo’lgan ijtimoiy-falsafiy tushuncha.
Sivilizasiya tushunchasini shotland tarixchisi va faylasufi A.Fergyusson (1723-1816) jahon tarixiy jarayonining ma’lum bir bosqichini ifodalash uchun, fransuz ma’rifatparvarlari aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyat degan ma’noda ishlatgan edilar. Undan keyin ham sivilizasiya tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi. Ayrim holda uni madaniyatning, ba’zan faqat moddiy madaniyatning sinonimi sifatida ishlatgan bo’lsalar, nemis faylasufi O.Shpengler esa aksincha uni texnikaviy – mexanik majmua deb hisoblaydi. O.Shpengler fikricha, sivilizasiya va madaniyat birgalikda halok bo’lish bosqichi tomon boradilar.Uning fikricha, svilizasiya madaniyatning halok bo’lish jarayoni, bosqichini xarakterlaydi.Ingliz sosiologi va tarixchisi A.Toynbi esa o’ziga xos va nisbatan yopiq bo’lgan jamiyatlarni ifodalash uchun ishlatgan. Sivilizasiya tushunchasining hajmi va mazmunini belgilashda turfa xillik hozirgi vaqtda ham saqlanib qolmoqda. Bu tushuncha: 1)ijtimoiy rivojlanishning yovvoyillik va varvarlikdan keyin keladigan bosqichini; 2) umuman kishilik jamiyati rivojlanishining ma’lum bir bosqichini (mas., neolit, nokapitalistik yoki hozirgi zamon sivilizasiyasi); 3) ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formasiyani (mas., quldorlik sivilizasiyasi); 4) geografik jihatdan farqlanuvchi birliklarni (mas., Evropa yoki Osiyo sivilizasiyasi); 5) diniy mansubligiga ko’ra ko’ra farqlanuvchi madaniy birliklarni (mas., xristian yoki islom sivilizasiyasi); 6) kelib chiqishi va planetar mansubligiga ko’ra farqlanuvchi birliklarni (mas., er sivilizasiyasi, erdan tashqaridagi sivilizasiyalar); 7) etnik asosga ko’ra farqlanuvchi ijtimoiy-madaniy birliklarni (mas., qadimgi Misr yoki Bobil sivilizasiyasi) ifodalash uchun qo’llanib kelmoqda.
Umuman olganda Sivilizasiya madaniyat tushunchasining sinonimi sifatida, jamiyat va madaniyat rivojlanishining darajasini, varvarlikdan keyingi jamiyat rivojlanishidagi bosqich sifatida tushuniladi.
Кeng ma’noda Sivilizasiya jamiyatning shunday rivojlanish bosqichiki, bunda jamiyat yashab qolish, hayot uchun kurashmasdan, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy strukturalar va madaniy qadriyatlarni takomillashtiradi.
Sivilizasiyaning asosiy belgilari quyidagilardir: murakkab mehnat taqsimoti: davlatning mavjudigi: bozor iqtisodiyoti: rivojlangan madaniyatning mavjudligi.
Formasion va sivilizasion yondashuvlarni taqqoslash quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: 1) formasion yondashuv tahlil jarayonida butun jamiyatni qamrab olishga harakat qiladi va asosiy e’tiborni uning dinamikasiga qaratadi; sivilizasion yondashuv esa jamiyatning bir qismini (ayrim sivilizasiyani) o’rganadi, jamiyatni esa statik deb e’tirof etadi; 2) formasion yondashuv jamiyat hayotining iqtisodiy omillariga alohida e’tibor beradi; sivilizasion yondashuv asosiy e’tiborni ma’naviy omillarga qaratadi.

Yüklə 93,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin