Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
157
qochishni-da bilmay qoldilar. O‘z ustiga chug‘irchiqdek yopirilib kelmakda bo‘lg‘an 
qo‘qonliq va toshkandliklarga qarshi o‘zida kuch yo‘qlig‘ini bilgan Musulmonqul bir ot va 
bir qamchi arang qo‘shundan chiqib qochdi va bir qancha yo‘lg‘acha quvlandi. Boshluq 
orqasidan qochmoqchi bo‘lg‘an qipchoq yigitlariga munodi nido qildi: 
— Qipchoq og‘aynilar! Bizning hamma adovatimiz Musulmonqulg‘a edi! Siz og‘aynilar 
ilgari xon yonida qandog‘ xizmatda bo‘lg‘an bo‘lsalaringiz, endi ham o‘sha vazifada 
qolaberasizlar va lekin Musulmonqulg‘a tarafdorlaringiz bo‘lsa, tinchlikcha qo‘shindan 
chiqib ketsin! 
Qipchoq yigitlari ham bir yerga uyushib, o‘z taraflari-dan munodi qo‘ydilar. 
— Biz Musulmonqulni tanimaymiz! Bizning boshlug‘imiz Xudoyorxondir! 
Shundan so‘ng qipchoq va o‘zbek birga aralashib ketdi, go‘yo hamma adovat 
Musulmonqul bilan birga ketkandek bo‘lib, ikki xalq bir-biri bilan ko‘rishdi. O‘n minglab 
xalq yangidan Xudoyorg‘a itoat izhor etib, chin xonlik bilan uni muborakbod qilishdilar. 
Toshkand xalqi izzat-ikrom ostida xonni va Qo‘qon sipohini shaharga tushurib, o‘rdada 
uch kun ziyofat berdilar. Ziyofat asno-sida ittifoqning foydalari, tarqoqliqning zararlari 
so‘zlanildi. Qushbegi va Yusufbek hojilarning taklifi bilan Musulmonqul o‘rniga O‘ttaboy 
qushbegi (Marg‘i-lon hokimi) mingboshi belgulanib, to‘rtinchi kun Xudoyorxon qo‘shuni 
bilan Qo‘qong‘a qaytdi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin