Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
156
«Siz Xo‘qand ulamoyi kiromlarining Musulmonqul xunxo‘rlig‘idan faryodga kelib va 
shari’ati mustafoni orag‘a vosita qilib yozg‘an maxfiy xatlarini oldiq. Biz Toshkand ulamo 
va ashrofidin domla Solihbek oxund, mulla Yusufbek hoji, sarkardalardin Qosim va Niyoz 
qushbegilar, Karimqul va Muhammadrajab qo‘rboshi ham Qambar sharbatdorlar bir 
orag‘a o‘lturishib voqi’an Musulmonqulning zulm va taaddasi Xo‘qand fuqarosi va ayni 
zamonda bo‘lak shahar va qishloq, kent aholisi ustiga ham bag‘oyat oshib borg‘anlig‘ini 
muzokara va mukolama qilishdiq. Biz faqirlari ham Musulmonqul harakati behudasini 
shari’atga xilof, yurt va el uchun muzir, xalo-yiqning osoyish va umr guzaronlig‘i vajhiga 
xalaldir deb bildik. Bul ma’niga ul tojdor amiralmo‘’minin muvofaqat ko‘rsatsalar ul 
beparhez g‘osibi taxtu saltanatning haydalmog‘i behroqdir va yana Toshkand 
mardumlari bul to‘g‘rida haqiqat tomonida sobit qadam bo‘lmoqqa til berishurmiz. 
Basharti siz kiromlar ul beparhez zolimning mingboshiliq vazifasidin tard etishka azdilu 
jon bel bog‘lag‘an bo‘lsalaringiz, biz faqirlarning aqli qosirimizg‘a bir andisha keladir. 
Andog‘ki, Toshkand Xo‘qand hukumatidin yuz o‘girgan bo‘lib xudnafsiga
0
 mustaqillik 
e’lon qilsin. Bu taqdirda itoatdin bosh to‘lg‘ag‘an Toshkand ustiga albatta Musulmonqul 
zolim qo‘shin tortar. Ushbu qo‘shin orasig‘a siz kiromlar o‘z odamlaringizni ko‘broq 
kirguzishka ko‘shish qilib va yana janobi tojdor ham birga kelsinlar. Qo‘shin Toshkandga 
yetkan ba’dida bizlar tashqaridin va sizlar ichkaridin bo‘lib Musulmonqulni oradin 
ko‘targaymiz. Bul maslahat faqirlarning aqli qosirlarimizg‘a ko‘b tafakkurlar ba’dida 
kelib, yana ra’yi savob o‘zlarida bo‘lg‘ay. Ammo bul taqdirda qon to‘kilmasdin muddao 
husulg‘a kelurmu deb o‘ylaymiz. Boz maxfiy qol-mag‘aykim, Toshkand begi bo‘lg‘an zot 
borasida andisha lozim ermas, zero ul odam fuqaroning osoyishi yo‘lida jonbozliq 
qilg‘uchi kishidir. Bizlar limaslahatan nima desak, ul bo‘yin to‘lg‘amas. Inshoolloh, bu 
andishamiz kiromlarga ma’qul tushkan taqdirda janobi tojdorning hamray’larini olmoq va 
imkoni bo‘lsa ul janobning ismi shariflaridin bizlarga pisandnoma yozmoq marjudir. Toki 
bizlar ishonch birlan muddaog‘a shuru’ qilayliq». 
Bu xat Xudoyorning qo‘lig‘a tekkandan keyin xatda ko‘rsatilgan tadbirni juda ma’qul 
topdi va tezlikda o‘z ismidan tashakkur va pisandnoma yo‘lladi. Ijobatni olg‘andan so‘ng 
yuqorida mazkur Toshkand ashroflari bir majlis qurib o‘lturishka Normuhammad 
qushbegi (Toshkand hokimi)ni ham chaqirdilar. Majlisda xondan va ulamodan oling‘an 
murojaatnomani o‘qub Normuhammad qushbegiga eshitdirdilar. Majliska yig‘il-
g‘anlardan Yusufbek hoji va domla Solihbek oxundlar qushbegining pir, deb inobat 
qilg‘an odamlari bo‘lg‘anlari uchun elning osoyishi va mamlakatning obodlig‘i nomiga bu 
taklifni, ya’ni Qo‘qong‘a qarshi isyon etkan bo‘lib turishni ul o‘z bo‘ynig‘a oldi. Bundan 
onglashiladirkim, Normuhammad qushbegi ham o‘zi-ning valine’mati bo‘lg‘an 
Musulmonqulning tutkan siyosatini yurt manfaatiga xilof deb bilibdir. 
Uzoqlamay Normuhammad qushbegi Qo‘qondan bosh toblab o‘z oldig‘a mustaqil 
hukumat e’lon qilg‘an bo‘ldi va Yusufbek hojilarning o‘ylag‘an tadbirlari ayni kutkan 
natijalarni bera boshladi. Itoatdan bosh tortqan Toshkandga qarshi Musulmonqulning 
tepa sochi tik turib, adab berish niyatida safar jabdug‘ini tuzdi. Toshkandga qarshi 
ayniqsa g‘azablangan bo‘lib ko‘rin-guchi Xudoyor ham bu safarning tadorikini barobar 
ko‘rishdi  va  Musulmonqul  bilan birlikda Toshkand ustiga  chiqdilar.  Yo‘l  ustida  ham  
Toshkand  bilan yashirincha so‘z olishib, xatti-harakat chizishib turishdilar. 
Musulmonqul ilg‘ori Chirchiq bo‘yiga kelib yetkanda, qushbegi boshluq Toshkand 
yigitlari ham suvning berigi yuzida yov kutib turg‘an edilar. Tush chog‘ida ikki yov bir-
birlarig‘a qarshi kelishdilar. Qo‘qonliqlar dam bermayino Toshkand qo‘shuni miltiqlarg‘a 
o‘t berdi. Musulmonqul kutmagan joyda qo‘shunidan bir durkumi o‘z ustiga hujum 
boshlab va bir firqasi Toshkand yigitlari tomoniga qochib o‘tdi. Musulmonqulning o‘z 
yigitlari (qipchoqlar) sarosimalikda qolib, Musulmonqulning mudofaasini-da va 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin