Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
155
Ikkinchi bo‘limning so‘ngg‘i 
Uchinchi bo‘lim 
1. MUSULMONQUL ISTIBDODIGA XOTIMA 
 
Musulmonqulning aholi ustiga bo‘lg‘an jabru zulmi haddan tashqari ketdi. Uning 
istibdodi o‘zga shahar-larga uncha sezilmasa ham, ammo markaz — Qo‘qon odamlarini 
juda to‘ydirdi. Uning o‘z kayficha oyda emas, haftada solib turg‘an soliqlari fuqaroning 
terisini shilsa, arzimagan sabablar bilan qora chopon beklarini osdirib, kesdirib turishi 
xosni (xavosni) ham esankiratdi. Otig‘ag‘ina xon bo‘lib o‘lturg‘uchi Xudoyor ham 
osdirish, kesdirish va yorlaqash o‘z ixtiyorida bo‘lg‘an Musulmonqul maydondan 
olinmagan fursatda o‘zining qo‘g‘irchoq sifat yuraberishini tushundi. Ko‘bdan beri unga 
yuragida kek saqlab kelib, ammo ne tariqada najotka chiqishini bilmadi. Chunki ul 
suyanadirg‘an Qo‘qon beklarini «mana» deganlari Musulmonqul va kishilari (qipchoqlar) 
tomonidan osilib kesilganlar, qolg‘anlari tovush chiqarishg‘a majolsiz edilar. Atrof shahar 
va qishloq beklari ham aksar qipchoqlardan, ya’ni Musulmonqulning o‘z odamlaridan, 
ulardan bir ish kutish yana mumkin emas. 
Shahar xalqining har bir tabaqasi deyarlik Musul-monqul dakkisini yeb kelgan, magar 
ulamo xalqi undan juda rozi, zeroki Musulmonqulning birinchi istinodgohi o‘zining 
qipchoqlari bo‘lsa, ikkinchisi ulamolar edi. Ul ulamo orqaliq o‘z zulmini mashru’ bir tuska 
qo‘yg‘an, o‘zi uchun zararlik unsurlarni yo‘qotishda shu ulamolardan «ululamirga 
bog‘iyliq» degan fatvoni olishni unutmag‘an edi. Ulamoning bu yanglig‘ istibdodni 
«bog‘iyliq» rangi bilan bo‘yab berishi mukofoti uchun Qo‘qon va Andijon kabi 
shaharlarga ma’lum madrasalarni bino qilg‘an va bu madrasalarga xizmati bilan tanilg‘an 
ulamodan mudarrislar ta’yinlag‘an edi. Ammo Musulmonqulg‘a yaqinlasha olmag‘an, 
ya’ni uning xizmat va marhamatidan chetda qolg‘an «nimcha» ulamolar ham yo‘q emas 
edilar. 
Aztahidil Musulmonqulning otalig‘idan qutilishni va mustaqil ravishda hukmron 
bo‘lishni orzu etkan Xudoyor, nihoyat keyin qayin otasi bilan kurashda o‘ziga birinchi 
istinodgoh qilib shu keyingi sinf ulamoni oldi. Musulmonqul balosidan qutilg‘andan so‘ng 
Xudo-yorning ularga qiladirg‘an in’om va ehsonlari, beradirgan mansablarining naqddek 
va’dasi barakasida bu keyingi tabaqa — Qo‘qon mullalari harakatka keldilar. 
Musulmonqul tarafdori ulamolar uning siyosatini shari’atqa qancha mutobiq ko‘rsatib 
kelgan bo‘lsalar, bu keyingilar ham o‘shancha xilofi shar’iy ekanligini isbotka kirishdilar. 
Boshda bu harakat albatta «yeng ichida» bo‘ldi va bu harakatning boshida 
Xudoyorning o‘zi turdi. Birinchi galda yashirin ravishda Toshkand, Andijon, Marg‘ilon va 
o‘zga shaharlarning ishonchlik ulamo va beklariga Musulmonqul istibdodidan qutulishda 
ko‘mak berish uchun murojaatnomalar yo‘llanildi. Bu murojaatnoma-larda 
Musulmonqulning nomashru’ ishlari, Qo‘qon odamlariga qilg‘an jabru zulmlari sanalgan
keyingi vaqtlarda xonning o‘zi ham bu zulmlar qarshisida chidab tura olmasliq holg‘a 
kelganligi so‘zlanilg‘an, agarda boshqa shahar ulamo va ashrofidan ko‘mak bo‘lg‘an 
taqdirda bilfe’l Musulmonqulg‘a qarshi ko‘tarilishka hozir turilg‘anlig‘i aytilgan edi. 
Ikkinchi galda Qo‘qon sipohlarining qipchoqdan boshqa qismig‘a yashirin ra-vishda, 
umuman anovilarg‘a qarshi tashviqot yurgizilib boshlang‘an edi. 
Andijon, Marg‘ilon, Namangan kabi shaharlardan «xon bu ishni maslahat ko‘rsalar, biz 
yordamga hozirmiz» degan quruq va’dalar kelib, ammo Toshkanddagi Yusufbek hoji 
to‘dasidan amaliy choralarini ham ko‘rsatilib yozilg‘an javob maktubi oling‘an edi. 
Maktubda aytilar edi: 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin