Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

*  *  * 
Oftob oyim Kumush bilan boshlashib ichkariga kirar ekan, so‘radi: 
— Homidning yomonlig‘ini bizga ulashdirib yurgan puchuq xotinning shumligi o‘z 
boshig‘a yetib, o‘lganlarning bittasi o‘shaning o‘g‘li ekan, bildingmi? 
— O‘lganidan menga nima foyda, — dedi Kumush. 
Oftob oyim qizig‘a ajablangan edi. 
— Foydasini ko‘rib turibsan-ku, axir. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
152
— Foydasi Toshkandga ketib qolg‘animi? 
— Ketib qolg‘an bo‘lsa, tag‘in bir kun kelar. 
Kelmaydi, — dedi o‘ksib Kumush, — uning hamma harakati dushmanidan o‘chini 
olish uchun ekan. 
— Kim aytdi sanga? 
— Xat olib kelganning so‘zidan payqadim. 
Oftob oyim kuldi: 
— Ering sani tashlab ketmas, qo‘rqma qizim, — dedi,— saning boshingg‘a tikilgan bu 
balolarni o‘zining shirin jonidan kechib daf’ qilg‘an Otabek, seni sira ham unutmas, 
sanga yozg‘an xatini otangdan olib o‘qub ko‘r-chi oldin. 
Kumushbibi yig‘idan qizarg‘an ko‘zini katta ochib so‘radi: 
— Menga xat yozg‘anmi? 
— Haligi kishi sanga atab dadangga bir xat berdi-ku, bilmadingmi? 
— Bilmadim, — dedi. Chunki ul usta Alimning «muhmal javob berdi» so‘zini eshitkach, 
tamoman o‘zini unutib, berilgan xatni payqamay qolg‘an edi. 
Ikki yildan beri suratini ko‘z o‘ngidan ketkuza olmag‘an, Otabekning yuzini ko‘ralmay, 
so‘zini eshita olmasa ham yozg‘an xatini o‘qub eshitish Kumush uchun katta qiymatka 
molik edi. Otasining yo‘lakdan kirishi bilan latif ko‘kragi kuchlik tin olish ila ko‘tarilib 
tashlandi-da, go‘yo Otabek bilan uchrashaturg‘andek yuragi o‘ynamoqqa boshladi. 
Qutidor kelib tanchaga o‘lturg‘ach, o‘ziga «amonatni topshiring» degan kabi qarab 
turg‘an Kumushka xatni uzatdi: 
— Sanga xat. 
Kumushbibi uyalib-netib turmadi va kimdan, deb ham so‘rab o‘lturmadi, darrov 
tokchada yonib turg‘an sham’ yonig‘a borib xatni ocha boshladi. Sham’ qarshisida 
qizarg‘an shahlo ko‘zlari, yosh bilan sing‘an jinggila kipriklari, chimirilg‘an to‘sdek qora 
qoshlari uni allaqanday bir holga qo‘yg‘an edilar. Qoshi ustiga to‘zg‘ib tushkan sochlarini 
tuzatib xatni o‘qudi: 
«Oy yuzlik rafiqam, qunduz qoshlik ma’shuqam Kumush xonimga! 
Shayton ustasi bo‘lg‘an Homidning manim otimdan sizga yozg‘an taloq xatisi ila 
menga qarshi yonib ketkan yurakingizning nafrat o‘ti ehtimol endi o‘cha tushkandir. 
Soxta taloq xatini olg‘an so‘ngingizda menga xitob qilib yozg‘an fikrlaringizdan ehtimol 
endi qaytayozg‘andirsiz... Bu xatni yozar ekan, muhabbatingiz bilan to‘luq bo‘lg‘an 
yurakim mudhish bir haqiqat ehtimolidan yafroq kabi titrar va o‘zining to‘lib-toshqan 
hasratlarini, faryodlarini ifodasidan adashar edi... Sizga ochib so‘zlay, go‘zal rafiqam: 
go‘yo manim bu maktubim sizning Komilbek uchun hasratlik yoshlar to‘kkan, o‘tlik ohlar 
tortqan chog‘ingizda erishar-da unutilg‘an, eskirgan bir yurakning arzini tinglay olmassiz 
va yonib turg‘an yurak o‘tingiz bilan kuydirarsiz... 
Ammo xatimni o‘qumasangiz-da va marhumingiz uchun tortqan ohingiz o‘tida 
kuydirsangiz-da, manim uchun farqsizdir. Nega deysizmi? Chunki siz manim shar’iy 
rafiqamsiz — yaxshiliq bilan-da va yomonliq bilan-da men buni isbot qilishg‘a hozirman! 
Uyingiz orqasida qilg‘an adabsizliklarim, xunxo‘rlik-larim uchun meni kechiringiz... 
Chunki men bu vahshiylikni ishlashda ixtiyorsiz edim: hayotingizning, nomusingizning 
saqlanishi buni taqozo etar edi... Albatta men ishonamankim, siz manim bu yaxshilig‘im 
uchun minnatdorlik qilarsiz. Lekin men bu minnatdorlikka o‘zimni sazovor hisoblay 
olmayman. 
Men o‘shal kuni kechasi dushmanlardan birini o‘ldirdim-da, so‘ng darajada zaiflandim, 
ikkinchi dushmandan yengilishimni va ko‘yingizda jon berishimni aniq bilib rohatlanib 
ketdim... Manim uchun ko‘yingizda va oyog‘ingiz uchida jon berish juda shirin edi va 
ko‘bdan beri g‘oyam edi. Shuning uchun yaqinrog‘ingizda o‘lmak uchun, o‘lar ekanman, 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin