Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
179
Zaynabning onasi — Mohira oyim, opasi — Xush-ro‘ybibi va yangasi Hanifanisolar 
ham kelishdilar. O‘zbek oyimning ko‘ngil tortar qo‘shnilaridan Karima otin, Sharofat 
chevar va Mahinabonular ham yasanib-tusanib chiqdilar. O‘n chog‘liq xotin bo‘lishib 
sovutmachoq dasturxonga o‘lturishdilar. O‘zbek oyim majliska— marg‘ilonliq qudaning 
odamgarchilikni bilishidan, Ota-bekni Toshkanddan uylantirishga qarshi lom-mim 
demay, qaytag‘a o‘zi kuyavi bilan birga kelib, to‘yni o‘tkazib ketkanidan, marg‘ilondag‘i 
obro‘sidan va davlatidan bahs qilib aytar edi: 
— Bechoraning bori-yo‘g‘i peshonasidagi bolasi shu bizning kelinimiz. Otabekni o‘z 
bolasidan ham yaxshi ko‘rib, «O‘g‘lim bo‘lsa shundog‘ bo‘lar edi-da, mendan keyin 
hamma davlatim shuniki, ilohi omon bo‘lsin», der ekan. 
Mohira oyim allanuchkalangani holatda javob berar edi: 
— Ha, aylanay quda, qars ikki qo‘ldan chiqadir, de-ganlar... Buzoq yaxshi bo‘lsa, ikki 
onani ham emar ekan... 
Quyoshning qizdirishidan changi chiqib ketkan havlig‘a suv sepib turgan Oybodoq 
tashqaridag‘i guldir-guldirni eshitdi va chopib mehmonlar o‘lturg‘an uyning darichasi 
yonig‘a keldi: «Kelishkanga o‘xshaydirlar», dedi. O‘zbek oyim gapirib turgan so‘zini 
yarim yo‘lda qoldirib, o‘rnidan turdi va mehmonlar ham unga ergashdilar. Zaynab 
bo‘zarg‘an holatda uyiga yugurib ketdi. O‘zbek oyim boshliq xotinlar havli yuzasiga 
tushdilar. Mohira oyim qizi Xushro‘yning qulog‘ig‘a nimadir shivirlab kulib qo‘ydi. O‘zbek 
oyim o‘rta eshikka borib yetmagan ham edi, narigi yoqdan qo‘shnining bolasi yugirib 
kirib qoldi. 
— So‘yinchi bering, bek buvi, kennoyim keldila! 
O‘zbek oyim cho‘nchagiga qo‘lini solib besh-o‘n pul olib berdi. Bola orqasidan Xasanali 
ko‘rindi: 
Qani oyi, ko‘rmanani bering-chi, men sizning qochqoq keliningizni tutib keldim! — 
dedi va yo‘lakka qarab: — To‘xtang, to‘xtang, ilgari men so‘yinchimni undirib olay. 
Yo‘lakdan Oftob oyim ko‘rindi. Paranjisi boshida, chashmandi qo‘lida edi. Hasanali 
O‘zbek oyim bilan tanishdirdi: 
— Bu kishi qudachangiz — Oftob oyim bo‘ladirlar. 
O‘zbek oyim Oftob oyim bilan salomlashib quchoq-lasha ketdilar. O‘zbek oyimdan 
keyin boshqa xotinlar uning bilan ko‘rishib chiqdilar. Hammaning ko‘zi along-jalong‘ 
keldi. Kumushni axtarishar edilar. Kumush hali ichkariga kirgan emas. O‘zbek oyimning 
ikki ko‘zi yo‘lakda, Hasanali bir yo‘lakka va bir O‘zbek oyimg‘a qarab nima uchundir 
ko‘zini qisib qo‘yar edi. Xotinlar bilan ko‘rishib chetda turgan Oftob oyim qudasi yonig‘a 
keldi: «Uyalib turg‘andir» deb kuldi. O‘zbek oyim kulimsirab yo‘lak tomong‘a: 
— Hoy, posha kelin! — dedi, — bizlar kutib qoldiq-a, uyalmang bolam! Hasanalining 
ko‘rmanasi bo‘lsa tayyor! 
Hasanali yo‘lakka qarab imladi. Qip-qizarg‘an holda Kumush ko‘rindi: paranjisi qo‘lida, 
qora atlas ko‘ynak egnida, zangor latta mursak ustida, oq shohi ro‘ymol boshida edi. 
Shahlo ko‘zlari kulimsirashka yaqin holda uyatlik edilar. 
Hasanali tanitdi: 
— Mana bu kishi qayin onangiz — bek oyim bo‘ladirlar. 
Kumush salom berdi va qo‘lidag‘i paranjisini yerga tashladi, yugirib kelib o‘zini O‘zbek 
oyimning qucho-g‘ig‘a oldi. O‘zbek oyim ham uni mahkam siqib quchoqlab olg‘an, 
yuzidan shap-shap o‘pib aylanib, o‘rgular va tikilib-tikilib nima uchundir yig‘lar edi... 
Kutib turgan xotinlar, Mohira oyim, Xushro‘y va Hanifalar Kumushni ko‘rgan on bir-
birlariga qarashib lablarini tishlashdilar... 
Qayin ona-kelin bir daqiqa chamasi ko‘rishib qoldilar. So‘ngra Kumush boshqalar bilan 
bir-bir ko‘ri-shib chiqdi. O‘zbek oyim har bir xotinni kim bo‘lganini unga tanitib bordi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin