Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy      www.ziyouz.com



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
185
10. HASANALINING HIYLASI 
Kishi ortiqcha qo‘rqqanda gangib a’zosi harakatsiz va og‘riq holga tushadirkim, albatta 
buni biz qattig‘ qo‘rqqandan deb bilamiz. Darhaqiqat, bizning qarshi-mizg‘a yo‘lbars 
chiqsa, biz qattig‘ qo‘rqamiz, chunki bizni o‘lum kutadir, inson uchun dunyoda o‘lumdan 
qo‘rqunch narsa yo‘q. Binoan alayhi biz bundagi qo‘rquvni tabiiy hisoblaymiz. Ammo 
qizig‘i shundakim, bizni dunyo baxti kutkanda, bizga saodat bashorati berilganda nega 
biz o‘lum kutkandagi holga tushamiz va uzviy tashkilotimiz (o‘rganizmamiz) birinchidagi 
holatni kechiradir? 
Otabek ham hozir shu keyingi holatka tushkan edi. Erta bilandan boshlang‘an bu holat 
Hasanalining ke-yingi so‘zi bilan tamom bir dahshat kasb etdi va hushsiz-larcha o‘lturib 
qoldi. 
Hasanali kirgandan so‘ng qilinadirg‘an muomalani ta’lim berdi: 
— Onangiz bilan Zaynab anovi mojarolaringizdan xabarsizdirlar, buni qayin onangiz 
bilan kelinga ham uqdirib qo‘yg‘anman. Ular bilan so‘rashib, so‘zlashqa-ningizda, go‘yo 
uch oydan berigina ko‘rishmaganlardek bo‘lingiz. 
Otabek bo‘zarib entikdi: 
— Ul-ku oson... — dedi. 
— Qiyini qaysi? 
— Shu choqg‘acha tushunmadingizmi? 
Hasanali Otabekning yuziga uzoq tikilib qoldi... 
— Yigit emasmisiz, ey barakalla. 
— Yigitlik bilan yurakni to‘xtatish... 
Hasanali ham o‘ylab qoldi. Darhaqiqat, Otabekning hozirgi holi nozik edi. Hasanali bir 
necha qayta bosh qashinib va soqol tutamlab o‘ylandi. Nihoyat, o‘zicha kulindi: 
— To‘xtang bo‘lmasa,— dedi,— men bir ish qilayki... 
— Nima ish qilmoqchisiz? 
— Siz hozir so‘ramang, ammo shu daqiqadan boshlab ixtiyoringizni menga 
topishtiring. 
Otabek kuchlanib kuldi: 
— Nima, axir? — deb yana so‘radi. 
— So‘ramang, — dedi Hasanali, — siz tinchkina tahoratingizni olib, namozingizni 
o‘quy bering. 
Hasanali shu so‘zni aytib mehmonxonadan chiqdi. Otabek Hasanali tarafidan tashir 
etilgandek, turib tahorat oldi va mehmonxonaga  kirib «tarobih» boshladi... Oradan 
yarim soat chamasi vaqt o‘tkan edi, Hasanali ichkaridan chiqib keldi. 
Otabek esa hanuz ruku’da, sujudda  edi. 
— O‘qub bo‘lmadingizmi? — deb so‘radi darichadan. 
Otabek yonig‘a salom bermasdan unga qaradi. Bu holga Hasanalining kulgusi qistab 
kelsa ham, o‘zini zo‘rg‘a to‘xtatti: 
— Qani, men bilan yuring. 
— Qayoqqa yuraman. 
— Ichkariga. 
— Tag‘inmi? 
Hasanali kuldi: 
— Endi kirsangiz bir martaba bo‘ladir, — dedi. — Siz... hozir o‘rta yo‘lakdan sekingina 
manim uyimga kirasiz... Xotinlar namoz o‘qub yotibdirlar, sizni hech kim ko‘rmaydir. Siz 
kirgandan keyin men eshikni ustingizdan yopib olaman-da, bir ozdan so‘ng oldingizg‘a 
kelinning yolg‘iz o‘zini kirguzaman... tuzikmi? 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin