Agar olisdagi manbadan yorug‘lik nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri linzaga tushirilsa, difraksiyalangan nur uchun ekran vazifasini linza tutgichi bajaradi. Bu vaqtda D deb linza diametrini tushunish kerak
Agar olisdagi manbadan yorug‘lik nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri linzaga tushirilsa, difraksiyalangan nur uchun ekran vazifasini linza tutgichi bajaradi. Bu vaqtda D deb linza diametrini tushunish kerak.
2-rasm. Nuqtaviy manba difraksiyasi (dumaloq tirqishdagi difraksiya).
Markaziy yorug‘ dog‘ga yorug‘likning qariyib 85% energiyasi tushmoqda.
Difraksion tasvirning o‘lchami juda kichik, masalan, to‘lqin uzunligi =500 nm bo‘lgan monoxromatik yorug‘lik diametri D=5sm, fokus masofasi F=50 cm bo‘lgan linzaning fokal tekisligidagi markaziy yorug‘ dog‘ning radiusi taxminan 0,006 mm ga teng [4].
Ko‘pincha optik qurilmalarda (fotoapparatlar, proyektorlar va boshqa)
difraksion tasvirning aniq emasligi optikasining mukammal emasligidadir. Yuqori sifatli astronomik qurilmalarda sifatli difraksion tasvir olish mumkin. Bir-biriga yaqin, ya’ni bir-biridan (burchak masofada joylashgan ikkita yulduzni difraksion tasvirini qaraymiz. Kamchiliklar va aberratsiyalar bartaraf qilingan deb faraz qilsak, ob’ektivning fokal tekisligida yulduzlarning difraksion tasviri kuzatiladi (3-rasm).
3-rasm. Teleskop ob’ektivi fokal tekisligida ikkita yaqin yulduzning difraksion tasviri.
3-rasmda difraksion manzaralar markazlari orasidagi masofa l markaziy yorug‘ dog‘ radiusi r dan katta – bunday holda yulduzlar tasviri kuzatuvchiga alohida-alohida kuzatiladi. Bundan ko‘rinadiki, teleskop ob’ektivi ikkita yaqin yulduzni ajratish imkonini beradi. Agar yulduzlar orasidagi burchak masofa kichik bo‘lsa, difraksion manzaralar bir-birini qoplaydi yulduzlar alohida-alohida kuzatilmaydi. XIX asrning oxirlarida Angliyalik fizik J.Releyning aytishi bo‘yicha ajratishni to‘liq deb hisoblash mumkin, agar l - tasvirlar markazlari orasidagi masofa Eyri diskining radiusiga teng (yoki katta) bo‘lsa (4-rasm) l = r shart Reley ajratish kriteriyasi deb yuritiladi. Buni quyidagicha sharhlash mumkin. Reley shartiga asosan ikki spektral chiziqni to‘la ajratib ko‘rish faqat shu vaqtda mumkin, agar birinchi spektral chiziq intensivligining minimumiga ikkinchi spektral chiziqning maksimumi, ikkinchi spektral chiziqning minimumiga birinchi spektral chiziqning maksimumi to‘g‘ri kelsa, hamda I1=I2 bo‘lsa, bir-biriga yaqin bo‘lgan ikki chiziq intensivligining o‘zaro qo‘shilishidagi chuqurcha qo‘shni maksimumlar balandligining kamida 20% ga teng bo‘lishi shart. Agar bu chuqurcha 20% dan kichik bo‘lsa, ikkala spektral chiziq qo‘shilib ketadi.