Aralashtirgich, benzol bilan xaydash
Ekstraksiya qilish, benzol bilan benzinda qayta kristallantirish
Fridel-Krafts usuli bilan atsillash
77
Atsetofenon
8
8
Aralashtirgich, efir bilan ekstraksiya qilish, haydash
78
Benzofenon
6,5
8
Bug‘ bilan xaydash, efir bilan ekstraksiya qilish, xaydash
79
p-Atsetilanizol
12
6
Aralashtirgich, vakuumda haydash
NITROLASH Nitrobenzol
Reaktivlar. 9 ml benzol, 10 ml nitrat kislota (d=1,41), 12,5 ml sulfat kislota (d=1,84), natriy gidroksid, kalsiy xlorid.
Ish murila shkafda bajariladi! Konsentrlangan kislotalar bilan ishlash qoidasi 6- betdan qaralsin,
Havo sovitgich (40-50 sm uzunlikdagi) ulangan 100 ml sig’imi yubi yumaloq kolbaga 12,5 ml konsentrlangan sulfat kislota solinadi va asta-sekin kolbani chayqatib turib unga 10 ml konsentrlangan nitrat kislota qoʻshiladi. Xona temperaturasigacha sovitilgan aralashmaga chayqatib turgan holda oz- ozdan 9 ml benzol quyiladi (bunda kolbadagi suyuqlik emulsiyaga aylanadi). Nitrolash davomida reaksion aralashmaning temperaturasi 50°C dan koʻtarilmasligi va 25°C dan pasaymasligi kerak. Buning uchun reaksion aralashmaga benzol qoʻshish tezligini boshqarib va kolba suv hammomida sovitib turiladi. Koʻrsatilgan miqdordagi benzol quyib boʻlingandan soʻng suv hammomining temperaturasi 60°C ga koʻtarilib (termometr hammomga tushiriladi) aralashma 45 minut davomida qizdiriladi. Soʻngra reaksion aralashma sovuq suvda sovitilib, ajratgich voronkaga quyiladi va kislotali pastki nitrobenzol qavatidan ajratib olinadi. Nitrobenzol suv, natriy gidroksidning suyultirilgan eritmasi va yana suv bilan yuviladi. Yuvilgan nitrobenzol 50 ml sigʻimli konussimon kolbaga quyiladi, qizdirilgan kalsiy xlorid solib, kichikroq havo sovitgich oʻrnatilgan probka bilan berkitiladi va suyuqlik tiniq holga kelguncha suv hammomida qizdiriladi. Agar kolba tubida kalsiy xlorid eritmasining suvli qavati hosil boʻlsa, nitrobenzol ehtiyotlik bilan boshqa quruq kolbaga quyilib, qaytadan unga qizdirilgan kalsiy xlorid qoʻshiladi va yuqorida koʻrsatilgan usul boʻyicha quritiladi. Quritilgan nitrobenzol Vyurs kolbasiga quyilib, havo sovitgich orqali haydaladi va 207-211°C da haydaladigan fraksiya yigʻiladi. Nitrobenzol miqdori 11 g. Nitrobenzolni quriguncha haydash xavfli, chunki u dinitrobenzol bilan aralashgan boʻlsa portlashi mumkin.
Nitrobenzol-achchiq bodom hidli, och sarik, rangli moysimon suyug’lik, spirtda, benzolda, efirda eriydi, suvda deyarli erimaydi. Molekulyar massasi 123,11; qaynash temperaturasi 210,9 oC; 1,205; 1,5525.
Nitrobenzol markaziy nerv sistemasini zaharlaydi, modda almashinuvini buzadi, buning natijasida jigar kasallanadi. Nitrobenzol bugʻi bilan uzoq vaqt nafas olinsa bosh ogʻriydi, teriga tegsa kuydiradi. Terining nitrobenzol tekkan joyini spirt bilan artib, soʻngra sovun bilan yuvish kerak.