1-BOB.BIOMEXANIKA
Fizikaning moddiy jismlarning mexanik harakatini o‘rganuvchi bo‘limi mexanika deyiladi. Jism yoki uning ayrim qismlarining fazodagi vaziyati vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib borishiga mexanik harakat deyiladi.
Asosida Nyuton qonunlari yotgan mexanika klassik mexanika deyiladi. Bu mexanikada tezliklari yorug‘likning vakuumdagi tezligidan ko‘p marotaba kichik bo‘lgan makroskopik jismlarning harakatlari ko‘rib o‘tiladi.
Shifokorlar va biologlar uchun bu bo‘limdagi masalalar quyidagi sabablarga ko‘ra qiziqish uyg‘otishi mumkin:
1.1-§. QATTIQ JISMLAR VA BIOLOGIK TO‘QIMALARNING MEXANIK XOSSALARI
1.1 Jismlarni deformatsiya qilish usullari.
Jismga ko‘rsatilgan mexanik ta’sir undagi zarrachalarning o‘zaro joylashishini o‘zgartiradi.
Deformatsiya- jism zarrachalarining o‘zaro joylashish tartibining o‘zgarishidir. Ushbu o‘zgarish uning shakli va o‘lchamlarining o‘zgarishiga olib keladi.
Tashqi deformatsiyalovchi kuch ta’sirada zarrachalar orasidagi masofa o‘zgaradi. Bu atomlar (ionlar)ni dastlabki holatga qaytaruvchi ichki kuchlarning yuzaga kelishiga olib keladi. Ushbu kuchlarning o‘lchovi bo‘lib mexanik kuchlanish xizmat qiladi.
Cho‘zilish (siqilish) deformatsiyasi.
Deformatsiyaning ushbu turi biriktirilgan asosli sterjenga γ o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan F kuch ta’sir etganida yuzaga keladi (1.1-a-rasm). Bu kuch ta’sirida sterjen qandaydir ∆l kattalikka uzayadi (l-boshlang‘ich uzunlik).
Bunda sterjenning har bir kesimida uning uzunligi bo‘ylab yo‘nalgan va qo‘yilayotgan F kuchga teng F1 va F2 kuchlar vujudga keladi. Ular cho‘zilish jarayonida zarrachalar orasidagi masofaning o‘zgarishiga bog‘liqdir. F1 kuch sterjenning pastki qismidan yuqori qismiga ta’sir qiladi; F2 kuch esa aksincha(1.1,b rasm).
Cho‘zilgan jismning holati shu bo‘ylama (normal) kuchlanish σ bilan xarakterlanib, uni qo‘yilgan kuchga perpendikulyar bo‘lgan jismning ixtiyoriy kesimi uchun hisoblasa bo‘ladi.
1.1.Rasm. Cho‘zilish deformatsiyasi(a); cho‘zilishda yuzaga keluvchi kuchlar(b)
Normal kuchlanish ushbu kesimda yuzaga keluvchi kuch modulining kesim yuzasiga nisbatiga teng:
=F/S (1.1)
SI sistemasida mexanik kuchlanish paskallarda(Pa) o‘lchanadi.
Dostları ilə paylaş: |