Bilim sohasi


Rasm. Buralish deformatsiyasi. Buralish deformatsiyasi



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə8/101
tarix24.12.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#191366
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101
Bilim sohasi-www.hozir.org

1.6.Rasm. Buralish deformatsiyasi.

Buralish deformatsiyasi
Deformatsiyaning bu turi sterjen ko‘ndalang kesimlarining momentlari(kuchlar jufti) ta’sirida o‘zaro burilish natijasida yuz beradi. Ushbu kuchlar bu kesimlar tekisligida ta’sir etadi. Misol uchun, buralish sterjenning pastki asosi mahkamlangan, yuqori asosi esa bo‘ylama o‘q bo‘ylab buralayotganida yuzaga keladi (1.6 rasm).
Bunda turli qatlamlar orasidagi masofa deyarli o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Lekin bitta vertikal chiziq bo‘ylab joylashgan qatlamdagi nuqtalar bir-biriga nisbatan siljib qoladi. Turli qismlarda bu siljish turlicha bo‘ladi.Masalan, markazda hech qanday siljish bo‘lmay,chetki qismlarda maksimal bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, buralish deformatsiyasi bir asosning boshqa asosga nisbatan burilish burchagi (φ)bilan xarakterlanadi.
Nisbiy deformatsiya (θ) φ burchakning sterjen uzunligi l ga nisbatiga teng:
=φ/l
Burilishga bo‘lgan qarshilik radiusning ortishi bilan juda tez ortadi. Shuning uchun buraluvchan harakat qilishga mo‘ljallangan organlar ko‘pincha uzun va ingichka bo‘ladi (qushlarning bo‘yni,ilon tanasi)
Bir jinsli jismlar deformatsiyalanishining turli xillarini solishtirib, ularning barchasi cho‘zilish(siqilish) va siljishning kombinatsiyasidan iborat, deb xulosa qilish mumkin.

1.2-§. MATERIALLARNING MEXANIK XOSSALARI VA ULARNI TEKSHIRISH USULLARI

Shu vaqtgacha biz Guk qonunini ishlatsa bo‘ladigan nisbatan kichik deformatsiyalarni ko‘rdik. Endi nisbiy deformatsiyaning katta miqdorlarida kuzatiladigan hodisalarni ko‘rib chiqamiz.



Kuchlanishning deformatsiya kattaligiga bog‘liqligi.
1.7-rasmda qattiq jismlar cho‘zilishidagi nisbiy deformatsiyaning mexanik kuchlanishga bog‘liqligi ko‘rsatilgan.






1.7.Rasm. Deformatsiyaning kuchlanishga bog‘liqligicho‘zilish diagrammasi.
OB qism Guk qonuniga bo‘ysunadigan elastik deformatsiyaga mos kelib, u kuch olib tashlanganidan so‘ng yo‘qoladi. ε va σ ning “B” nuqta uchun qiymati chegaraviydir-bu qiymatlardan keyin deformatsiya elastik bo‘lmaydi.BM qism kuch olib tashlanganidan keyin yo‘qolmaydigan plastik deformatsiyaga mos keladi.
MN - vertikal qismga -oquvchanlik deformatsiyasi mos keladi. U kuchlanishni oshirmagan holatda ham yuzaga kelishi mumkin.Deformatsiya oquvchan bo‘lishni boshlaydigan kuchlanish oquvchanlik bo‘sag‘asi deb ataladi(σoq ).
NC - qism parchalanishdan- avvalgi deformatsiyadir. (C) nuqta –mustahkamlik chegarasidir. σmust- namuna parchalanishi sodir bo‘ladigan mexanik kuchlanishdir. Mustahkamlik chegarasi deformatsiyalash usuli va material xossalariga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin