Bilim sohasi



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə6/101
tarix24.12.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#191366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bilim sohasi-www.hozir.org

Absolyut deformatsiya ning kattaligi sterjenning boshlang‘ich uzunligiga bog‘liq. Shuning uchun deformatsiya darajasini absolyut deformatsiyaning boshlang‘ich uzunlikka bo‘lgan nisbati orqali ifodalasa bo‘ladi. Bu nisbat nisbiy defomatsiya (ε )deb ataladi:
ɛ=Δl/l (1.2)
Nisbiy deformatsiya-o‘lchovsiz kattalik. Ba’zida u foizlarda ifodalanadi:
ε = (Δl/l)*100%.






1.2-rasm Kvadratli to‘rning sterjenning cho‘zilishida o‘zgarishi.
Ko‘p hollarda cho‘zilish yoki siqilishja sterjenninng turli kesimlarida deformatsiya darajasi turlicha bo‘ladi. Buni jism yuzasiga kvadratli to‘r tashlab ko‘rsa bo‘ladi. Deformatsiyadan so‘ng to‘rning yacheykalari o‘zgarib ketadi. Bu o‘zgarishlarning xarakteri va kattaligiga qarab kuchlanishning namuna bo‘ylab taqsimlanishi haqida xulosa qilsa bo‘ladi (1.2 – rasm)
Rasmdan shu narsa ayon-ki, yacheykalar shaklining o‘zgarishi sterjenning o‘ria qismida maksimal bo‘lib, chetlarida deyarli bo‘lmaydi.
Tajriba yo‘li bilan aniqlanishicha, kichik deformatsiyalar tashqi ta’sir olib tashlanganida yo‘q bo‘lib ketar ekan. Bunday deformatsiyalar elastik deb ataladi. Ular uchun Guk qonuni bajariladi:
Elastik deformatsiyalarda kuchlanish nisbiy deformatsiya kattaligiga to‘g‘ri proporsionaldir:
=Eɛ (1.3)
E proporsionallik koeffitsienti moddaning cho‘zilishi (siqilishi)dagi elastiklik xossalarini xarakterlaydi va Yung moduli deb ataladi (bo‘ylama elastiklik moduli, Pa).


Siljish deformatsiyasi.
Siljish deformatsiyasi jismning biriktirilgan asosiga parallel ravishda urinma kuch qo‘yilganida yuzaga keladi(1.3 rasm).
1.3 rasm. Siljish deformatsiyasi (a); siljishda yuzaga keluvchi kuchlar (b)
Bu holda erkin asosning siljish yo‘nalishi qo‘yilgan kuchga parallel va yon qirralarga perpendikulyar bo‘ladi. Siljish deformatsiyasi ta’sirida to‘g‘ri burchakli parallelipiped shakli o‘zgaradi. Bunda chetki qirralar siljish burchagi deb ataluvchi γ burchakka siljiydi.
Siljishda sterjenning har bir kesimida F1 va F2 urinma kuchlar yuzaga kelib, ular qo‘yilgan F kuchga kattaligi bo‘yicha teng va zarrachalar orasidagi masofaning o‘zgarishiga bog‘liq (1.3,b-rasm). F1 kuch sterjenning yuqori qismiga pastki tomondan ta’sir etsa, F2 esa aksincha.
Siljish deformatsiyasi mavjudligida jismning holati urinma kuchlanish τ bilan xarakterlanib, uni mahkamlangan asosga parallel bo‘lgan ixtiyoriy kesim uchun hisoblash mumkin.
Urinma kuchlanish shu kesimda siljish natijasida yuzaga keluvchi kuch modulining kesim yuzasiga nisbatiga teng:
Τ=F/S (1.4)
Siljishning absolyut deformatsiyasi biriktirilgan asosning ∆l siljishi bilan o‘lchanadi. Siljishning nisbiy deformatsiyasi siljish burchagining tangensi tgγ orqali ifodalanib, u nisbiy siljish deb ataladi.Ko‘pincha γ burchak juda kichik bo‘lgani sababli tg ga teng deb hisoblasa bo‘ladi.
Siljish deformatsiyasining kichik ko‘rsatkichlarida deformatsiya va mexanik kuchlanish orasidagi bog‘lanish Guk qonuni orqali ifodalanadi:
Τ=Gγ (1.5)
Proporsionallik koeffitsienti σ moddaning siljishidagi elastiklik xossalarini ifodalaydi va siljish moduli (Pa) deb ataladi.

Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin