Bilim sohasi


Har tomonlama siqilish deformatsiyasi



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə7/101
tarix24.12.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#191366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101
Bilim sohasi-www.hozir.org

Har tomonlama siqilish deformatsiyasi
Agar jismni suyuq yoki gazsimon muhitga joylansa, uning yuzasiga perpendikulyar yo‘nalgan bosim kuchlari ta’sir etadi. Ushbu kuchlar jism zarrachalarining o‘zaro yaqinlashishini keltirib chiqarib, uning chiziqli o‘lchamlari va hajmi kamayadi.Ushbu deformatsiya har tomonlama yoki gidrostatik siqilish deb ataladi(1.4 rasm).







1.4 rasm. har tomonlama (gidrostatik) siqilish.

Har tomonlama siqilishdagi nisbiy deformatsiya hajmning nisbiy kamayishi: =ΔV/V


yoki uning chiziqli o‘lchamlarining nisbiy kamayishi bilan xarakterlanadi:
ɛ=Δl/l
Bu holda mexanik kuchlanish jism yuzasiga ta’sir qiluvchi R bosimga teng.Deformatsiya va kuchlanish orasidagi bog‘lanish Guk qonuni bilan ifodalanadi:
P=-K (1.6)
Bu erda K-har tomonlama siqilish moduli(hajmiy siqilish moduli, hajmiy modul). “minus” belgisi kuchlanish ortishi bilan hajmning kamayishini anglatadi.
Siqiluvchanlik-fizik xossalarning atomlararo(molekulalararo) masofalarga bog‘liqligi haqida darak beruvchi moddaning eng muhim xarakteristikasidir.
Egilish deformatsiyasi
Deformatsiyaning ushbu turi deformatsiyalanuvchi ob’ekt (sterjen, yog‘och bo‘lagi)ning o‘qi yoki o‘rta qismining tashqi kuch ta’sirida egilishi bilan xarakterlanadi (1.5-rasm).
Egilishda sterjenning bitta tashqi qatlami siqiladi, boshqa tashqi qatlam esa cho‘ziladi. O‘rta qatlam (neytral qatlam) faqatgina o‘z shaklini o‘zgartirib, uzunligini saqlab qoladi. (1.5,a rasm).
Ikkita tayanch nuqtaga ega bo‘lgan brusokning (1,5,b rasm) deformatsiyalanish darajasi uning markazida hosil bo‘ladigan λ siljish bilan aniqlanadi.









1.5 rasm. Egilish deformatsiyasi.
Sterjen bir tomonidan mahkamlangan(a); sterjen ikkita tayanchga mahkamlangan(b)
Ushbu λ kattalik egilish o‘qi deb ataladi. Materiallarning qarshiligi nazariyasi bo‘yicha u quyidagi formula yordamida topiladi:
Bu erda F-kuch, b-eni, L-uzunlik, a-qalinlik, E-elastiklik moduli.
Neytral qatlamda joylashgan material ishlamaydi. U faqat konstruksiyani og‘irlashtiradi. SHuning uchun bu neytral qatlam yaqinidagi moddaning bir qismini balkaning mustahkamligiga ziyon etkazmasdan olib tashlasa bo‘ladi. Bu usulda mustahkamlikni saqlagan holda konstruksiya massasini kamaytirishga erishiladi. Masalan, yaxlit yaxlit konstruksiyalar trubalar bilan almashtiriladi. Oyoq-qo‘l suyaklari, ba’zi o‘simliklar poyasi g‘ovak tuzilishga ega.








Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin