Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

To‗rtinchi reaksiya
davomida α-ketoglutar kislotaning oksidlanuvchi 
dekarboksillanishi yuz berib, reaksiya natijasida yuqori energetik birikma suksinil-
KoA hosil bo‗ladi. Bu reaksiyani sodir bo‗lish mexanizmi piruvatning atsetil-
KoAgacha oksidlanuvchi dekarboksillanishiga o‗xshash. Ikkala reaksiyada ham 
besh xil kofermentlar: TPF, lipoy kislota amidi, HS-KoA, FAD va NADlar ishtirok 
etadi. Reaksiya quyidagi sxemaga muvofiq sodir bo‗ladi: 


141 
Beshinchi reaksiya 
suksinil-KoA-sintetaza fermenti tomonidan katalizlanadi. 
Reaksiya natijasida qahrabo kislota va yuqori energiyali fosfat bog‗li GTF hosil 
bo‗ladi:
Oltinchi reaksiya
natijasida suksinat degidrogenlanib fumar kislotaga 
aylanadi. 
Bu 
reaksiya 
molekulasida 
FAD 
kofermenti 
bo‗lgan 
suksinatdegidrogenaza fermenti tomonidan katalizlanadi. Suksinatdegidrogenaza 
hujayra mitoxondriyasining ichki membranasi bilan mustahkam birikkan bo‗ladi. 
Reaksiya tenglamasi quyidagicha:
Yettinchi reaksiya
fumaratgidrataza fermenti ishtirokida bo‗lib o‗tadi va 
bunda fumar kislota olma kislotaga aylanadi:
 
Uch karbon kislotalar siklining 
sakkizinchi reaksiyasi
davomida 
mitoxondrial NAD-ishtirokli malatdegidrogenaza ta‘sirida malat oksaloatsetatga 
aylanadi:


142 
Uch karbon kislotalarning bir aylanish siklida sakkizta fermentativ reaksiya 
natijasida bir molekula atsetil-KoA ning to‗liq ―yonishi‖ yuz beradi. Siklning 
cheksiz davom etib turishi uchun tizimga doimiy ravishda atsetil-KoA ning
kirib 
turishi, qaytarilgan shaklga o‗tgan koferment (NAD
+
va FAD

)lar esa qayta-
qaytadan oksidlanib turishi lozim. Krebs sikli va oksidlanuvchi fosforlanish yo‗li 
bilan bir molekula atsetil-KoA ning oksidlanishi natijasida 12 molekul ATF hosil 
bo‗ladi.
Piruvatning atsetil-KoA gacha oksidlanuvchi dekarboksillanishi natijasida bir 
molekula NADH
+
(ATFning 3 molekulasi) hosil bo‗ladi. Binobarin, bir molekula 
glyukozani parchalanishidan ikki molekula piruvat hisil bo‗ladi, o‗z navbatida 
ularni oksidlanib ikki molekula atsetil-KoA va bundan keyin ularning uch karbon 
kislotalari siklida ikki marta aylanishi natijasida 30 molekula ATF (piruvat bir 
molekulasining oksidlanishi 15 molekula ATF) sintezlanadi.
Bunga yana aerob glikolizda hosil bo‗lgan 2 molekula ATF ni va 
glikolizning degidrogenaza reaksiyasidagi 2 molekula glitseraldegid-3-fosfatning 
oksidlanishidan hosil bo‗lgan 2 molekula NADH

ning mitoxondriya tashqarisida 
oksidlanishi hisobiga sintezlangan 6 molekula ATFni qo‗shish lozim. 
Shuni qayd etish o‗tish o‗rinliki, to‗qimalarda bir molekula glyukozani 
quyidagi tenglamaga muvofiq: С
6
Н
12
О
6
+ 6О

→ 6CO
2
+ 6H
2
O oksidlanishidan 
jami 38 molekula ATF sintezlanadi. Energetik nuqtayi nazardan glyukozaning 
to‗lik parchalanishi, anaerob glikolizdan ancha samaralidir. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin