Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
 
7.5.6. Glyukozaning aerob oksidlanishi. 
 
Organizmda energiyani hosil bo‗lishining asosiy yo‗li karbonsuvlarning 
aerob oksidlanishidir. Bunda glyukoza kislorod ishtirokida oksidlanib ko‗p 
miqdorda energiya ajralib chiqadi, uni ancha qismi ATF molekula(38-39)larini 
sintezlash uchun ketadi. Me‘yoriy sharoitda ko‗p hayvon va o‗simlik hujayralari 
aerob sharoitda bo‗ladi va o‗zidagi organik ―yoqilg‗ini‖ to‗liq CO
2
va H
2
O gacha 
oksidlaydi. Bunda pirouzum kislota laktatgacha qaytarilmasdan, balki CO
2
va H
2

gacha oksidlanadi. Aerob jarayon quyidagi sxemaga muvofiq ketadi: 
С
6
Н
12
О
6
+ 6О

→ 6СО
2
 + 6Н
2
О + 686 kkal. 
Glyukozani aerob oksidlanishi ikki xil: to‗g‗ri va teskari yo‗l bilan sodir 
bo‗ladi. Jigar va buyraklarda glyukozaning teskari oksidlanish yo‗li ustun keladi. 
Bu jarayonning borishida glyukoza molekulasi dastlab ikki molekula fosfotriozaga 


139 
(jarayon karbonsuvlarning anaerob parchalanishiga o‗xshash), keyinchalik 
pirouzum kislotaga aylanadi.
7.5.6.1. Pirouzum kislotani oksidlanuvchi dekarboksillanishi
Pirouzum kislotani oksidlanuvchi dekarboksillanishi natijasida atsetil-KoA 
hosil bo‗ladi, bu jarayon qator fermentlar va kofermentlarning strukturaviy 
jihatdan birlashgan piruvatdegidrogenaza kompleksi deb nomlangan mulferment 
tizimi ishtirokida yuz beradi. 
Piruvatning oksidlanuvchi dekarboksillanishi mitoxondriyalarning matriksida 
sodir 
bo‗ladi: 
unda 
uchta 
ferment 
(piruvatdegidrogenaza, 
digidrolipoilatsetiltransferaza, digidrolipoildegidrogenaza) va beshta koferment ‒ 
TPF, lipoy kislota amidi, koenzim A, FAD va NADlar ishtirok etadi. 
Kofermentlarning uchtasi (TPF-E
1
, lipoamid-E
2
va FAD-E
3
) ferment bilan 
mustahkam ravishda birikadi, qolgan ikkitasi (HS-KoA va NAD) esa osongina 
dissotsiatsiyalanadi. Bu subbirlikli tuzilishga ega bo‗lgan fermentlar va 
kofermentlarning hammasi birgalikda yagona kompleksni hosil qiladi. Shu 
sababga ko‗ra, oraliq reaksiya mahsulotlari bir-biri bilan o‗zaro ta‘sirlanishi 
mumkin. 
Pirouzum kislotani oksidlanuvchi dekarboksillanishi natijasida pirouzum 
kislotasi atsetil KoAga aylanadi, tenglamani quyidagicha ifodalash mumkin:

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin