Biologiya o‘qitish metodikasi ’’ bakalavr yo‘nalishi 401-guruh talabasi Shovqiddinov Tohirning botanika fanidan kurs shi mavzu


Axolida ekalogik madaniyatni shakillantirish va yurtimizda bu borada olib borilayotgan ishlar



Yüklə 229,22 Kb.
səhifə10/11
tarix14.12.2023
ölçüsü229,22 Kb.
#177724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Shovqiddinov Tohir

2.3.Axolida ekalogik madaniyatni shakillantirish va yurtimizda bu borada olib borilayotgan ishlar.
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning tabiatga ta’sir etish darajasi ham shunchalik ko‘p bo‘lar ekan. Aholi sonining tez o‘sib borishi natijasida ekologik muammolar ham ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, yer, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta’minlash haqidagi muamolar butun dunyo (global) muammolariga aylanib bormoqda.
Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigienik, yuridik, estetik, pedagogik kabi yo‘nalishlari mavjud. Bu yo‘nalishlar ichidan pedagogik yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik muammolar inson faoliyati natijasida kelib chiqadi.
Pedagogik yo‘nalishda ekologik ta’lim va tarbiya berish ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim deganda o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir.
Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo‘lib, maktabda barcha fanlarni o‘qitishda amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o‘rgata boriladi.
Ekologik tarbiyada o‘quvchilarni o‘z maktabini; yashaydigan muhitishahar va qishloq ko‘chalarini o‘kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega.
Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshlanadi. Ekologik dunyoqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog‘liqdir. Agar bu masala oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, uni maktablarda, keyingi ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo‘ladi. ekologik ta’lim-tarbiyani asosan, bog‘cha va maktablarda amalga oshirish zarur. Bog‘cha bolalarida avval ekologik ta’lim tushunchalari shakllantiriladi. 1-5 sinflarda esa, asosan, tabiatshunoslik darslarida o‘qituvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya beriladi . Bunda ekologiyadan ilmiy tushunchalar maktablarda o‘qitiladigan barcha fanlarda, ayniqsa, tabiatshunoslik, fizika, ekologiya, matematika, geografiya, tarix kabi fanlarni o‘qitishda umumlashtiriladi. Shu bilan birga fakul’tetiv mashg‘ulotlarda, darsdan tashqari to‘garak yig‘ilishlarida, ekskursiya davrida hamda o‘zlariniig kundalik faoliyatlari davomida muammolarni o‘rgana boradilar. Ekologik Fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarga tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanishga oid beriladigan bilim, ko‘nikma, malakalarini shakllantirish o‘qitishda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga mos ravishda hamda tanlangan ekologlk materiallar mazmuni mavzu mazmuniga mos holda tanlab olinishiga e’tibor qilinadi. Maktabda o‘quvchilarga tabiatni muhofaza qilishga doir bilim tarbiyani geografiya darslarida har bir mavzuga bog‘lab berib borish mumkin. Ekologiya va tabiatni muxofaza qilish darslarida joy nomlaridan foydalanish ona tili bo‘yicha mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli qiladi. Ona tili darslaridagi ko‘plab mashqlar o‘quvchilarda tabiatga mehr uyg‘otishda qo‘l keladi. Mashqlardagi suv va havo, o‘simlik va hayvonot olamiga taalluqli fikrlar ifodalangan matnlarni tahlil qilish orqali ham tabiatga mehr uyg‘otish mumkin. Adabiyot fani ham ekoligiya bilan chambarchas bog‘langan. Bunda har bir asarni o‘qib tahlil qilish vaqtida va o‘quvchiga tushuntirayotganda faqat bezash nuqtai nazaridan emas, ya’ni tabiatni muxofaza qilish nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Mana shu usul bilan adabiyot darslarida ham o‘quvchilar ongiga ekologik tarbiyani singdirib boriladi. Shuningdek, 5-11sinflarda «Tabiatni asrash-Vatanni asrash», «Tabiatni e’zozlaylik» kabi mavzularda turli baxs va she’rxonlik kechalari uyushtirish orqali ham ekologik tarbiyani amalga oshirish mumkin. Adabiyot fanida o‘qitilayotgan xalq og‘zaki ijodi misolida esa o‘quvchilar ajdodlarimizning ekoligiya xatolari nimadan iboratligini hamda bu sohada ularning qanday ibratli ishlari borligini o‘rganadilar.O‘quvchilarga aytiladigan ertaklarda hayvonlar va o‘simliklarning hususiyatlari, ularning tabiatdagi 3 o‘rni ochib beriladi. O‘qilgan badiiy asarlar misolida, o‘tkazilgan suhbatlarda tabiatga yaxshi munosabatda bo‘lish va toshbag‘irlik bilan qarash dalillari muhokama qilinadi.
XULOSA
Hozirgi paytda metodika va maktab amaliyotida dars bilan birgalikda biologiyadan ta'lim-tarbiya ishlarining muayyan tizimidagi tashkiliy shakllari qaror topadi. Bular qatoriga dars bilan bog'liq bo'lgan va bajarilishi o'quvchilar uchun majburiy xisoblangan darsdan tashqari ishlar hamda ixtiyoriy tarzda o'tkaziladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlardir.
Sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'qituvchining rahbarligida tashkil qilinib, o'quvchilarning qiziqish va xoxishlariga asoslanib amalga oshiriladigan mashg'ulotdir. Ushbu mashg'ulotlarga o'quvchilar ixtiyoriy tarzda jalb etiladi. Shu xususiyati bilan darsdan tashqari ishlardan farq qiladi.
Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning maqsadi o'quvchilarning biologiyani o'rganishga bo'lgan qiziqish va extiyojlarini qondirish, ularni ijodiy havaskorliklarini rivojlantirish va ularning bilim doirasini kengaytirishdir.
Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati shundaki, ular o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash, mehnat madaniyati va tabiatni sevish kabi xislatlarni tarbiyalash imkoniyatini beradi. Yana mustaqil kuzatishlarni o'tkazish ko'nikmalarini hosil qiladi, tashabbuskorlik va o'quvchilarni orasida kollektivizm hislatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Biologiya bo'yicha amalga oshiriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlar mazmunan va tashkil etilishi jihatidan xilma-xildir: yakka tartibdagi, guruh tarzidagi va ommaviy sinfdan tashqari mashg'ulotlar sifatida bo'lishi mumkin.
Botanikani o‘‘qitishda sinfdan tashqari mashg’ulotlarni o‘‘tkazish t o‘‘g’risida quyidagi xulosalarga kelinadi:
1.Botanika bo'limini o'rganishdagi sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarning biologiyani o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini yanada orttiradi.
2.Bo'limni o'rganishdagi sinfdan tashqari ishlarni natijalari darslarning samaradorligini yuqori darajaga ko'taradi.
Botanika bo'limini o'rganishdagi sinfdan tashqari ishlar mavzuga doir biologik tushunchalarni xosil bo'lishiga va uzoq vaqtgacha esida saqlanishiga sabab bo'ladi.

  1. Bo'limni o'rganishdagi sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarda yangi malaka va uquvlarni xosil bo'lishiga o‘‘simliklarni yig’ish,ekskursiya va tadbirlar uyushtirishda tushunchalarga ega b o‘‘lish masalalariga sababchi bo'ladi.

  2. Botanika bo'limidagi sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarni elementar tadqiqotlar o'tkazish malakalarini xosil qiladi.

  3. To'garakning ko'pchilik a'zolari kelgusida o‘‘simliklar bilan ishlaydigan kasblarni egasi bo'lishga havas uyg'otadi.

Ekologik tarbiyani shakllantirish usullari quyidagilar:
-tabiatni asrash t o‘‘g’risida tadbirlar uyushtirish
-tabiat t o‘‘g’risidagi qonunlarning mohiyatini o‘‘quvchilarga teran tushuntirish.
-tabaiat va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda b o‘‘lishga o‘‘rgatish va hokazolar .
Botanikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda shu usullarni q o‘‘llash orqali , o‘‘quvchilarda ekologik tarbiya shakllantiradi .
Antropogen omillar — bu inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan omillar, yaʼni odamlarning oʻsimlik va hayvon turlari yoki ular guruhlarining tuzilishiga koʻrsatgan taʼsiridir. Tirik organizmlarga juda koʻp omillar taʼsir koʻrsatadi.
Ana shu omillarning ayrim organizmlarga koʻrsatgan taʼsiri natijasi esa xilma-xildir. Omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi — optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omillarning eng yuqori darajasi maksimum va eng quyi darajasi minimum boʻladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm uchun u yoki bu ekologik omilning oʻz maksimumi, minimumi va optimumi boʻladi. Chunonchi, uy pashshasi 7° dan 0° gacha yashashi mumkin. Ular uchun yashashning optimum darajasi 36—40° ni tashkil etadi.



Yüklə 229,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin