I.BOB. BOTANIKA FANINI O‘QITISHDA EKOLOGIK TARBIYANI SHAKILLANTIRISH YOLARI 1.Botanikani o‘‘qitishda ekologik yondashuv. Biologik ta'lim quyidagilarni o'z ichiga oladi: Biologiyaga doir puxta va ongli bilim berish, tegishli amaliy o'quv va ko'nikmalarni hosil qilish, nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligini ko'rsatish, ilmiy dunyoqarashni tarbiyalash, kuzatishlar, amaliy mashg'ulotlarni bajara olish, tabiat to'g'risidagi bilimlarni mustaqil egallash va bilimni uquvlarda rivojlantirishdan iborat.
Davlat ta'lim standarti ta'lim mazmuni va shakllari, vositalari va usullarini uning sifatini baholash tartibini belgilaydi.
Ta'lim mazmunining o'zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko'rsatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat) ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti amalga oshiriladi.
Davlat ta'lim standarti o'z mohiyatiga ko'ra o'quv dasturlari, darsliklar, qo'llanmalar, nizomlar va me'yoriy xujjatlarni yaratish uchun asos bo'lib hizmat qiladi.
Umumiy ta'lim maktablarining biologik ta'lim standarti, biologiya o'quv fanidan o'quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular egallaydigan malaka va ko'nikmalarni hajmini ko'rsatuvchi me'yor bo'lib, u umumiy ta'lim maktablarida biologiya ta'limi mazmunining negizini belgilovchi ko'rsatkikhlar hamda o'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar yig'indisidan iborat bo'lgan rasmiy hujjat bo'lib xam hisoblanadi.
Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun belgilangan ko'rsatkikh va talablar kelgusida biologiyadan fundamental nazariyalar asosida o'quvchilarga izchil bilimlar berishni ko'zda tutgan.
Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy o'zgarishlar ta'lim sohasini tubdan isloh qilishni, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash, hamda ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishni va darsning samaradorligini oshirishni taqozo qiladi.
Biologiya bo'yicha o'tkaziladigan demokstratsiya (turli xildagi zarur ko'rgazmali vositalarni namoyish qilish, ko'rsatish)ni ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyati benihoyat yuksakdir.
O'quvchilar dars vaqtida o'rganishi lozim bo'lgan o'simlik yoki hayvonni tirigini yoki gerbariy, to'plamlarni bevosita kuzatishlari yo'li bilan o'rganadilar.
Biologiya fanlarini nazariy bilimlarga asoslangan holda amaliyot darslari asosida kengroq o'rganishi muhimdir. Barcha bilimlar bo'yicha mashg'ulotlarni o'tkazishning muvofaqiyati uning mazmuni va tashkil etilishi ko'p darajada o'qituvchining puxta tayyorgarligiga bog'liq. Mashg'ulotlarni o'tkazishda o'quvchilar zamonaviy axborot texnologiyalari va yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalanib olib borgani ma'quldir.
O'quvchilarga tabiiy ko'rgazmalarni ko'rsatish, mashg'ulotlarda olingan bilimlarni o'quvchilarning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishiga sabab bo'ladi. Yana, o'quvchilarni biologiya fanlarini o'rganishlariga qiziqishlarini kuchaytirib, bilimlarni chuqurroq egallashga intilish xislatlarini uyg'otadi.
Botanikani o‘‘qitishda ekologik yondashuv deganda, o‘‘quvchilarda botanikaga oid ekologik tushunchalarni o‘‘rgatish,tushuntirish va shu orqali o‘‘quvchida ekologik tarbiyani shakllantirish tushuniladi.
Ekologik tushunchalar - o'simliklar va ularning organlarida yashash muhitiga bog'liq holda vujudga keladigan o'zgarishlar, tashqi muhit omillarining o'simliklarga ko'rsatgan ta'siri haqidagi bilimlardan iboratdir.
Psixologlar fikricha,bilimga b o‘‘lgan qiziquvchanlik tevarak –atrofni o‘‘rgatishga yetaklovchi kuch b o‘‘lib ,bolalarning olgan bilimini faollashtiradi,amalda q o‘‘llash malakalarini shakllantiradi. O‘‘quvchilarda tevarak –atrof haqidagi dastlabki tasavvurlarni hosil qilish va ularga qiziqish uyg’otish maqsadida ekologik tarbiyani tashkil etish uchun quyidagi vazifalarni hal etish lozim:
- o‘‘quvchilarda mashg’ulot va mashg’ulotlardan tashqari jarayonda ekologik tushunchalarni tarkib toptirish;
-ularning tabiat va atrof –muhit ekologiyasi t o‘‘g’risidagi tasavvurini boyitish;
- o‘‘quvchilarda atrof-muhit muhofazasini ta’minlash ijtimoiy zarurat ekanligini shakllantirish;
- o‘‘quvchilarda tabiatda o‘‘zini tutish malakasini,atrof-muhitni muhofaza qilish tuyg’usini tarbiyalash,hamda ularning tabiat va atrof – muhit muhofazasi jarayonida faol ishtirok etishlari lozimligi haqida tushunchalarni shakllantirish lozim.