Biologiya o‘qitish metodikasi ’’ bakalavr yo‘nalishi 401-guruh talabasi Shovqiddinov Tohirning botanika fanidan kurs shi mavzu



Yüklə 229,22 Kb.
səhifə5/11
tarix14.12.2023
ölçüsü229,22 Kb.
#177724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Shovqiddinov Tohir

Guruhiy sinfdan tashqari ishlar.
Yakka tartibdagi mashg'ulotlarni tirik tabiat burchagida o'quv tajriba uchastkasida biologiya kabinetida, tabiat qo'ynida va sinfdan tashqari o'qishlar sifatida amalga oshirilishi mumkin. O'quvchilarga o'qituvchi ixtiyoriy ravishda kuzatishlar o'tkazish uchun topshiriqlar beradi va ularning amalga oshirishni ta'minlaydi Individual STI aslida uy vazifasi va darsdan tashqari ishlarning ixtiyoriy turidir.
Sinfdan tashqari o'qishlar o'quvchilarning darsda o'rgangan o'quv materiallarini puxta va chuqur o'zlashtirib olishlariga yordam beradi. Ularning tafakkurini rivojlantiradi, fanni o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytiradi va doimo kitob bilan muloqotda bo'lish extiyoji shakllanadi. Biologiyani o'rganishga qiziqqan o'quvchilarni darslik materiallari qanoatlantirmaydi. Ular biologiya, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, meditsina amaliyoti kabilarga oid ilmiy - ommabop kitob, brashura, jurnal va gazeta maqolalarini o'qishga katta extiyoj sezadilar. O'qituvchi har doim biologiyadan qo'shimcha adabiyot o'qishga qiziqqan o'quvchilar extiyojini qondirishi va sinfdan tashqari o'qishga yanada ko'proq o'quvchilarni jalb qilishga harakat qilishi kerak.
O'quvchilarning sinfdan tashqari o'qishlariga to'g'ri rahbarlik qilish o'qituvchidan biologiya bo'yicha o'quvchilar uchun nashr qilingan ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlardan to'la habardor bo'lishi kerak. O'qituvchiga sinfdan tashqari o'qishlar uchun mo'ljallangan har kitob va maqolani diqqat bilan o'qib chiqishi va ularni yutuq va kamchiliklarini oldindan aniqlab olishi kerak. Bu ish qaysi o'quvchi uchun nimani tavsiya qilish zarurligini belgilab olish imkoniyatini beradi.
Sinfdan tashqari o'qishni tashkil qilish darsda o'quvchilarga tegishli kitob yoki maqolani o'qishni tavsiya qilish bilan boshlanadi. Bunda o'quvchilarni tavsiya qilingan adabiyotning ijobiy va salbiy tomonlaridan albatta xabardor qilish kerak. Dastlabki davrlarda sinfdan tashqari o'qishlari uchun o'rganilgan dars materialiga bog'liq adabiyot tavsiya qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. O'quvchilarni sinfdan tashqari o'qishlariga qiziqtirish maqsadida darsda tavsiya qilinadigan kitob yoki maqolani ko'rsatish, xatto o'sha kitob yoki maqoladan parcha o'qib berish yaxshi natija beradi. SHu kitob va maqolalar namunalari, ularga yozilgan taqrizlar, qo'yilgan stend-ko'rgazma tashkil etish xam zarur. O'qilgan adabiyotlar to'g'risida darsda va darsdan tashqari vaqtlarda suhbatlar o'tkazish g'oyat foydalidir.
So'ngra o'quvchilarni kichik-kichik gruppalarga taqsimlab, navbatchilarni belgilaydi. Bunday mashg'ulotlarni sinfdan tashqari ishlarning mustaqil formasi - gruppavoy ekzotik mashg'ulot deb ajratish mumkin.
Agar botanika yoki gullar bilan qiziqayotgan o'quvchilar gruppasi doimiy bo'lsa va u bilan o'qituvchi butun yil davomida ma'lum reja bo'yicha ish olib borilsa, bunday sinfdan tashqari ishning to'garak formasi qatoriga kiritilishi mumkin.
Sinfdan tashqari ishning to'garak formasini sxemasi ham batafsil sxemalashtirilgan bo'lib, "sinfdan tashqari ishlarning" kitobida batafsil berilgan:
Buni biz 2-jadvaldan ko'rishimiz mumkin
Maktab ishining muayyan turlari ba'zan tarqoq tarzda vujudga keladi. Lekin shunga qaramay ular o'rtasida bog'lanish o'rnatishda tabiiy pedagogik qonuniyat kuzatiladi. Biologiya kursiga qiziqqan o'quvchilarni o'qituvchi "Yosh tabiatshunoslar maskani"dagi to'garaklarga jalb etadi. "Yosh tabiatshunoslar maskani"da u yoki bu predmedga qiziqqan o'quvchilar ixtiyoriy ravishda ishtirok etadilar. Yana shunisi xam xarakterliki bir sinfga qatnaydigan turli maktab o'quvchilari birgalikda mashg'ulot o'tadilar. Bunda o'quvchilarda o'z maktabining shani uchun kurash xam vujudga keladi. Bu konkurensiyada bilimlarni yanada chuqurroq egallashga yordam beradi.
O'quvchilar gruppasi ishning natijasini faqat maskan doirasida emas, balki tuman, viloyat, xatto Respublika miqyosida ommaviy tadbirlarda, kechalarda, konferentsiyalar, ko'rgazmalar va boshqa anjumanlarda namoish qilish imkoniyatiga egadir. Bu esa o'quvchilarda faxrlanish iftixorini xosil qiladi. O'quvchilarni o'ziga ishonchini yanada orttiradi. O'quvchini mustaqillikka, kitoblar ustida ishlashga o'rgatadi.
To'garakda olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni formasi turlari xam xilma-xildir. Bunga biologiya to'garagining sinfdan tashqari ishlarining formalari va turlaridan xam ishonch xosil qilish mumkin.
Bu masalalarni 3-jadvalda yaqqol misolini ko'rishimiz mumkin. Bitiruv malakaviy ishiga biologiya bo'yicha sinfdan tashqari ishlarning formalari va turlari ilova qilindi.

Yüklə 229,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin