Biologiyadan sinfdan tashqari mashg'ulotlarning turlari. 1-jadval
1. Gruppa mashg'ulotlari.
Yosh tabiatshunoslar to'garagi.
2. Ommaviy mashg'ulotlar.
Kabinet jihozlash bo'yicha assistentlar. Leksiya va kinofilmlar namoyish qilish. Tabiatga ekskursiyaga, poxodlarga chiqish.
- Ilmiy kechalar va konferentsiyalar;
- O'quvchi ishlarini ko'rgazmalari;
- Ko'kalamzorlashtirish;
- Qushlar va gullar bayrami;
- Jurnal devoriy gazeta nashr etish;
- Kechalar o'tkazish.
3. Individual mashg'ulot.
Tirik tabiat burchagida ishlash;
Maktab o'quv tarbiya uchastkasida
ishlash;
Tabiatdagi ish;
Sinfdan tashqari ishlar. O'simlik va
hayvonlarni parvarish qilish,
tajribalar o'tkazish.
to'garakka qiziquvchi ayrim o'quvchilar bilan ish olib borganda sinfdan tashqari ishlarning individual formasi bilan ishlashiga to'g'ri keladi.
Maktab amaliyotida quyidagi holatni xam uchratish mumkin. O'quvchilar belgilangan birorta tadbir yuzasidan masalan, "Hosil bayrami" ilmiy- ommabop adabiyotlardan qiziqarli materiallar to'plash, zalni bezatish, refarat tayyorlash kabi ishlarni bajarishlariga to'g'ri keladi.
Shunday ishlarni bajarishga ishtiyoq bildirgan o'quvchilar gruppasini o'qituvchi tanlab olib, ularni har biriga yakka tartibda topshiriq beradi. Masalan, birorta o‘‘simlik yoki mevaning xususiyatlarini o‘‘rganish,undan yig’ib kelish va hokazo. Bu ishga botanikaga qiziqqan bir necha o'quvchini jalb qilish mumkin. O'qituvchi ular tanlagan o‘‘simlik turlarini aniqlaydi, ish rejasini ko'rib chiqadi, aniqlashi kerak bo'lgan savollarni belgilaydi. Tadqiqot metodikasi bilan tanishtiradi.