Biologiya o‘qitish metodikasi ’’ bakalavr yo‘nalishi 401-guruh talabasi Shovqiddinov Tohirning botanika fanidan kurs shi mavzu


Yosh tabiatshunoslar to'garagi ishining sxemasi



Yüklə 229,22 Kb.
səhifə6/11
tarix14.12.2023
ölçüsü229,22 Kb.
#177724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Shovqiddinov Tohir

Yosh tabiatshunoslar to'garagi ishining sxemasi
2-jadval.

Rahbarning kirish suhbati, yoki temaning ahamiyatini ochib beruvchi va hal qilish uchun vazifalar qo'yuvchi ekskursiya


Tajribalar va to'garak a'zolari tomonidan tema masalalarini o'rganish uchun topshiriqlar tanlash

To'garak rahbarining eng asosiy vazifasi o'quvchidan qiziqishni, fani sevadigan, tabiatni kuzata oladigan ma'lumotli yigit va qizlarni tarbiyalashdan iboratdir.
"Yosh tabiatshunoslar maskani"ning asosiy maqsadi o'quvchilarni biologiya faniga qiziqishlarini orttirish, ularni olgan bilmlarini chuqurlashtirishi va kengaytirish, o'quvchilarda kuzatish va tajribalar o'tkazish malakalarini xosil qilishdan iborat. Yana tabiatni materialistik tushunishni tarbiyalashga yordamlashishi va o'quvchilarni yoshligidanoq kasbga qiziqtirishga yo'naltirishdan iboratdir.
Tabiatshunoslar maskanining ish tartibi xuddi maktablardagidek ma'lum reja asosida, ixtiyoriy, lekin doimiy o'quvchilar istagi bilan qat'iy jadval asosida olib boriladi.
Bu yerda o'z soxasining mutaxassisi bo'lgan pedagoglar mashg'ulot olib boradilar. Olinadigan bilimlar amaliyot bilan birgalikda berilishi bilan maktablardan farq qiladi. O'quvchi o'tilayotgan mavzu va ishni qo'li bilan ushlab, qismlarga ajratib o'rganadi. Natijada o'quvchida mustaxkam tushuncha va bilimlar xosil bo'ladi.
Bu xil sinfdan tashqari mashg'ulotlarning ikki xil turi: yosh tabiatshunoslar to'garagi va o'quvchilarning qishloq xo'jaligi bo'yicha ishlab chiqarish birgadasi mavjud bo'lib ularning birinchisi ustida aloxida fikr yuritamiz.
Yosh tabiatshunoslar to'garagi biologiya bo'yicha sinfdan tashqari mashg'ulotlar tizimida asosiy o'rinni egallaydi. U sinfdan tashqari mashg'ulotlarining muntazam amalga oshiriladigan shaklidir. Sinfdan tashqari ishlarning boshqa turlarini amalga oshirishda yosh tabiatshunoslar to'garagi yetakchilik va tashkilotchilik rolini o'ynaydi.
Yosh tabiatshunoslar to'garagi muntazam ravishda va aniq reja asosida ish olib boradi. Uning tarkibi doimiy va ko'ngilli ishtirokchilardan ibrat bo'ladi.
Yosh tabiatshunoslar to'taragining maqsadi — o'quvchilarni biologiyani o'rganishga qiziqtirish, ularning bilimlarini chqurlashtirish va kengaytirish ularda kuzatish va tajribalar utkazish uquvi xamda ko'nikmalarini rivojlantirish, tabiatni ilmiy asosda tushunishni tarbiyalashga ko'maklashishdir.
Maktabda yosh tabiatshunoslar to'garagini tashkil qilish avvalo uni komplektlashtirishni nazarda tutadi. To'garakni komplektlashtirish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Boshlanishda to'garakni kompleklashtirish to'garak ishida qatnashishni xoxlagan o'quvchilarni ro'yxatga olish bilan boshlanadi. To'garakni keyinchalik yangi a'zolar bilan to'ldirib borishda ma'lum rasmiyatchilikka yo'l qo'yiladi, bunda yangi a'zolar ularniig arizalariga muvofiq qabul qilinadi. Bu ishni o'quv yilining boshlanishida o'tkazish ma'quldir.
O'quvchilari ko'p maktablarda yosh tabiatshunoslar to'garagi sektsiyalarga (shu'balarga) bo'linib ish olib boradi. Bunda ko'pincha VI-VIII - sinf o'quvchilari yosh botaniklar, VII-VIII - sinf o'quvchilari yosh zoologlar, VIII- sinf o'quvchilari yosh fiziologlar, IX—sinf o'quvchilari yosh biologlar sektsiyasiga jalb qilinadilar.
Shuningdek maktab joylashgan hududdagi xo'jalikning yetakchi sohalari va o'quvchilarning qiziqishlariga qarab qishloq xo'jaligi yo'nalishlarida sektsiyalar (masalan, "Yosh paxtakorlar", "Yosh Sabzavotkorlar", "Yosh bog'bonlar", "Yosh gulchilar", "Yosh chorvadorlar", "Yosh pillakorlar", "Yosh asalarichilar" va b.) tashkil qilish mumkin. To'garak sektsiyalarini shunday komplektlashtirish o'quvchilarning yosh xususiyati va darslarda olgan bilim saviyasi bilan ham taqozo qilinadi.
Ma'lumki, o'quvchilarning qiziqishlari bir xilda turmaydi. Bir biologik kursni o'rganishda vujudga kelgan qiziqish yangi kurs o'tila boshlanishi bilan o'zgarishi mumkin. Shu jixatdan qaraganda xam o'quvchilarni sinflariga qarab to'garakning tegishli sektsiyalariga jalb qilinishi maqsadga muvofiq keladi. Albatta sektsiyalar o'rtasida faoliyat nuqtai nazariyadan o'zaro bog'lanish va ma'lum vorislik bo'lishi kerak. Shunday ham bo'ladiki, ba'zi o'quvchilarning bir soxaga bo'lgan dastlabki qiziqishlari yuqori sinfda o'qiyotganliklariga qaramay saqlanib qolishi xam mumkin, ular shu soxada ishni davom etadilar.
Yosh tabiatshunoslar to'garagiga yoki uning har bir sektsiyasiga 15 — 20 o'quvchi jalb qilinishi mukin.
To'garak komplektlashtirilgach yosh tabiatshunoslarning umumiy tashkiliy yig'ilishi o'tkaziladi, unda to'garakning ish mazmuni va vazifalari yoritiladi, to'garakning raxbar organi, ya'ni raisi va kotibi, to'garak devoriy gazetasining muxarriri saylanadi. Maktab biologiya o'qituvchisi to'garakka ilmiy raxbar qiilib tayinlanadi. U to'garak ishlarini rejalashtiradi, yosh tabiatshunslarning ishlariga raxbarlik qiladi.
To'garakda yoki uning har bir sektsiyasida ishlar umumiy, gruxiy va individual shaklda tashkil qilinadi. To'garak ishlari mazmun jixatidan quyidagilardan tarkib topadi.
1.Individual yoki guruxiy tarzda tirik tabiat ob'ektlari va xodisalarini mustaqil kuzatish xamda ular ustida tajribalar o'tkazish, ish natijalarini yozma axborot, sxema, grafik va fotorasmlar shaklida fiksatsiya qilish (ifodalash).
2.Tabiat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, botanika bog'i, zoopark va tabiat, muzey kabi ob'ektlarga ekskursiyalar o'tkazish.
3.To'garak rejasida belgilangan mavzular bo'yicha ilmiy — ommabop adabiyot manbalarni o'rganish va yosh tabiatshunoslarning umumiy yig'ilishi, ilmiy konferentsiya, mavzuiy kechalarda o'qish uchun qisqacha axborot yoki ma'ruza tayyorlash, referat xamda maqola yozish.
4.O'tkazilgan kuzatish va tajriba ishlarining yakuni, tayyorlangan axborot, ma'ruza va boshqa masalalarni muxokama qilishga bag'ishlangan to'garak (sektsiya)ning umumiy yig'ilishini har xaftada yoki bir oyda ikki marta o'tkazib turish.
5.Ommaviy ijtimoiy foydali kompaniyalar va mavzuiy kechalar tayyorlash xamda ularni o'tkazishda faol qatnashish.
To'garak ishlarini tashkil qilishda uning faoliyatini rejalashtirish muxim masaladir. Yosh tabiatshunoslar to'garagi yoki uning har bir sektsiyasi ish dasturi va rejasiga ega bo'lishi kerak. Dastur yil davomida o'rganiladigan nazariy masalalarni va amaliy ishlar mazmunini o'z ichiga oladi. Dastur asosida yarim yilliklar bo'yicha kuzgi - qishki va bahorgi - yozgi davrlar uchun rejalar tuziladi.
Odatda to'garak rejasidagi individual va guruhiy ishlarining bajarilishini ta'minlash quyidagicha boradi. Avval to'garak rahbari ishni bajaruvchi to'garak a'zolari bilan kirish suxbati o'tkazadi. Bunda topshiriladigan ishning axamiyati takidlanib, to'garak a'zolariga tegishli vazifalar beriladi va ishni bajarish usuli to'g'risida batafsil instruktaj o'tkaziladi. Chunonchi instruktajda kuzatish xamda tajribalarni qaerda va qanday o'tkazish zarurligini, ishning borishi va natijalarini, qay tarzda fiksatsiya qilish (yozma ifodalash, sxema, rasm va montaj tarzida rasmiylashtirish va x.k.) takidlanadi. Nazariy mavzular bo'yicha esa tegishli ilmiy - ommabop kitob va jurnallar tavsiya qilinadi. To'garak a'zolari ishni bajarishga safarbar qilingach, har bir topshiriqning qanday bajarilayotganligini nazorat qilib borish juda muximdir. Nixoyat, topshiriqlarning bajarilish yakunlari to'g'risida tayyorlangan axborot va ma'ruzalar to'garakning umumiy yig'ilishlarida eshitiladi hamda muxokama qilinadi, sxema, rasm va montaj tarzida rasmiylashtirilgan ish yakunlari maktab va maktabdan tashqarida tashkil qilingan ko'rgazmalarga qo'yiladi.
To'garak faoliyatini tashkil qilishdagi yana bir muhim masala bajarilgan ishlarni xisobga olib borish va yakunlashdir. To'garak ishlarini xisobga olib borish uchun umumiy kundalik (jurnal) yuritiladi. Unga o'tkazilgan to'garak yig'ilishining vaqti, har bir mashg'ulotning mazmuni (mavzusi), to'garak a'zolarining davomati yozib boriladi.
Umumiy kundalikning shakli odatda sinf jurnaliga o'xshash bo'ladi. Kundalikning birinchi saxifasi titul yozuvi uchun ajratiladi, ikkinchi saxifaga to'garak a'zolarining ro'yhati yoziladi, bu saxifada davomat belgilanadi. Shu saxifaning qarshisidagi uchinchi saxifa mashg'ulot mazmunini (mavzusini) yozib borish uchun xizmat qiladi. Umumiy kundalikni to'garak kotibi yuritadi.
Umumiy mavzu bo'yicha ish bajaruvchi yosh tabiatshunos yoki ularning guruhi o'zlari uchun alohida kundalik yuritadilar. Unga bajarilgan tabiatshunoslik ishlari yalpi ravishda yozib boriladi. Ba'zi to'garak a'zolari kundalikka bajarilgan ishlari to'g'risidagi ta'ssurotlarini xam yozadilar, buni rag'batlantirish kerak.
Har bir mavzu bo'yicha bajarilgan ishlarni yakunlash xam muximdir. Yozgi - kuzgi mavsum oxirida yosh tabiatshunoslar bajargan ishlarining (kuzatish, tajriba va b.) yakunlashlari va mavzu bo'yicha xulosalar chiqarishlari kerak. Yakun odatda yozma xisobot (ma'ruza) tarzida rasmiylashtiriladi, unga rasm, sxema, jadval kollektsiya kabilar ilova qilishadi.
Mavsumning oxirida to'garakning xisobot yig'ilishi o'tkaziladi, Unda xamma a'zolar o'z ishlarining natijalari xaqida xisob beradilar.
Hisobot yig'ilishini ochiq o'tkazish va unga ko'proq o'quvchilar jalb qilish tavsiya qilinadi. Hisobot yig'ilishiga bag'ishlab Yosh tabiatshunoslarning ish natijalarini ko'rsatuvchi yetishtirilgan o'simlik va xayvon namunalari, tayyorlangan kollektsiyalar ko'rgazmasi tashkil qilinadi.
Bunday kechalarda maktabning ko'pchilik o'quvchilari bir necha sinf yoki butun maktab jalb etilishi mumkin.
Odatda maktabda turli tadbirlar: Mehrjon sayllari,yovvoyi o'simliklarni urug'lari va mevalarini terib saqlashga bag'ishlangan kechalar o'tkazilishi mumkin. Bunday kechalarda maktabning ko'pchilik o'quvchilari bir necha sinf yoki butun maktab jalb etilishi mumkin.
Bu esa sinfdan tashqari ishning ommaviy formasiga kiradi. Bu ish biologiya o'qituvchisi, yosh tabiatshunos to'garagining azolarini faollari ishtirokida, maktab ma'muriyati ishtirokida olib boriladi.
Endi biologiya bo'yicha yuqorida sanab o'tilgan ommaviy sinfdan tashqari mashg'ulotlarning ayrim turlari xaqida fikr yuritamiz.
Mavzuiy biologik kechalar biologiya, meditsina va qishloq xo'jaligi fanlarining turli soxalari xamda ularda erishilgan ulkan muvoffaqqiyatlar, kashfiyotlar, atoqli biolog olimlarning xayoti va ilmiy faoliyatini yoritishga bag'ishlanadi.
Biologik kechalar ta'lim va tarbiya jihatidan g'oyat kata amiyatga ega. Biologik kechalarda o'quvchilarga har xil tirik mavjudotlar (o'simlik, xayvon va mikroorganizmlar) hayotiga oid, meditsina va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi hamda tabiatni o'rganish bilan bog'liq bo'lgan juda ko'p qiziqarli ma'lumotlarni bayon qilish mumkin bo'ladi, shu orqali ularning organik olam va hayot to'g'risidagi bilim doiralarini kengaytirish, fanni o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish imkoniyati tug'iladi.
Odatda biologiya bo'yicha mavzuiy kechalar har chorakda bir marta, ba'zan bir yilda ikki marta o'tkaziladi. Ularni tayyorlash o'tkazishda fan o'qituvchisi doim tashabbus ko'rsatadi va yetakchilik qiladi.
Kecha o'tkazishga tayyorgarlik uning mavzusi va dasturini belgilash bilan boshlanadi. Kecha mavzusi aktual (muhim) va o'quvchilarning qiziqishiga mos bo'lishi bilan birga biologiya fani, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, meditsina amaliyotining ayrim soxalari bo'icha o'quvchilar bilimini boyitish va chuqurlashtirish, ularda ilmiy dunyoga qarashni rivojlantirish kabi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo'lsin.
Mavzuiy kechalar faqat ilmiy masalalarini yoritish bilan cheklanmaydi, ular o'quvchilar uchun ko'ngilli dam olish, vaqtni madaniy va unumli o'tkazish vositasi xam xisoblanadi. Shunga ko'ra kechada ilmiy ma'ruza va axborotlar bilan bir qatorda turli badiiy chiqishlar (deklaratsiya, intermediya, kinofilm namoyish qilish, ashula va raqs kabilar) xam tashkil qilinadi.
Kecha mavzusi belgilangach, uning mazmuni va strukturasini ifodalovchi dastur tuziladi. Unda kechaning qanday izchillikda borishi aniq belgilanadi.
Kecha dasturi yosh tabiatshunoslar to'garagi a'zolarining faol ishtirokida tayyorlanadi. Tayyorgarlik ishiga qanchalik ko'proq o'quvchilar jalb qilinsa uning ommaviyligi va ta'sirchanligi shunchalik yuqori bo'ladi. Kecha dasturini tayyorlashda mavzu bo'yicha ma'ruzachi va so'zga chiquvchilar tayinlanadi. Bunda mavzu bo'yicha bitta ma'ruza bilan cheklanish yaramaydi. Asosiy mavzu bir necha (2-3) kichik mavzuchalarga bo'linib, ularning har biriga ma'ruzachi, har bir ma'ruza bo'yicha so'zga chiquvchilar belgilanadi. Shundan keyin dokladchi va so'zga chiquvchi o'quvchilar bilan alohida ish olib boriladi (tegishli adabiyot bilan ta'minlash, ma'ruza rejasini tuzishga yordamlashish, ma'ruza matnini ko'rib chiqish va tuzatish, ma'ruzani o'qitib ko'rish va h.k.).
Kechani tegishli ravishda bezatishga ham katta e'tibor berish kerak. Ayniqsa kecha o'tkaziladigan joyni mavzuiy yo'nalishda bezatish, kechaga bag'ishlab devoriy gazeta, jurnal va foto montaj chiqarish, hatto kichik mavzuiy ko'rgazma tashkil qilish g'oyat o'rinli bo'ladi. Bu ishlar ham yosh tabiatshunoslar va boshqa faol o'quvchilar ishtirokida amalga oshiriladi.
Kecha dasturini tayyorlashning yana bir muhim masalasi — uning badiiy qismini ta'minlashdir. Dasturda mo'ljallangan barcha badiiy chiqishlar, ko'rsatiladigan ilmiy - ommabop kinofilmlar va boshqa ekran vositalari oldindan puxta tayyorlanishi kerak. Bunda ayniqsa badiiy chiqishlarni tayyorlashda maktab o'quvchilar tashkilotining yaqindan yordamiga asoslanish kerak bo'ladi
Ko'pincha biologiya kechasining strukturasiga (rejasiga) mavzu bo'yicha viktorina o'tkazish xam kiritiladi. Viktorina o'quvchilarning o'z bilimlarini namoyish qilishga imkon beradi va ularning fanni o'rganishiga bo'lgan qiziqishlarini yana xam oshiradi.
Biologiya bo'yicha mavzuiy kechalar o'tkir zehnlilar musobaqasi tarzida xam o'tkazilishi mumkin. Biroq kechalar qanday shaklda tashkil qilinishidan qatiy nazar, ular tantanali vaziyatda o'tkazilishi kerak. Kechaga ota -onalar, jamoat va xo'jalik tashkilotlari, qo'shni maktablardan vakillar mexmon sifatida maxsus taklifnoma bilan chaqirilishi lozim.
Ijtimoiy foydali tabiatshunoslik kompaniyalari. Bu turdagi ommaviy sinfdan tashqari mashg'ulotlarni amlaga oshirishda maktabning ko'pchilik o'quvchilari ishtirok qiladilar. Ommaviy tabiatshunoslik tadbirlari ijtimoiy va foydali xarakterga ega bo'ladi, chunki ular ma'lum iqtisodiy manfaat keltirish bilan birga o'quvchilarning g'oyaviy, siyosiy jixatdan tarbiyalash, bilimni chuqurlashtirish, amaliy o'quv va ko'nikmalar xosil qilishga yordam beradi.
Ommaviy tabiatshunsolik tadbirlari maktab miqyosida va kompaniya tarzida o'tkaziladi. Ular mazmun jixatidan ko'pincha tabiatni qo'riqlash masalalari bilan bog'lanadi. "Ko'kalamzorlashtirish oyligi", "Bog' xaftaligi", "O'rmon xaftaligi", "Gullar xaftaligi", kabi kompaniyalar shular jumlasidandir. Bu tadbirlar ko'pincha bahorda va ba'zan kuzda o'tkaziladi; yo'l yoqlari va boshqa jamoat foydalanadigan joylarga har xil daraxt xamda butalar o'tkaziladi, urug'lar sepiladi va ularni parvarish qilish tashkil qilinadi. Bu ishlardan maqsad - maktab o'quvchilarini ko'kalamzorlashtirish va yashil o'simliklarni qo'riqlash ishiga jalb qilishdir. Oqibatda mevazor bog'lar, o'rmon uchastkalari, park va bulvarlar, daraxtzor va gulzorlar dunyoga keladi. Yuqoridagi tadbirlar, garchi kampaniya nomi bilan yuritilsa xam, ular davomli xarakterga egadir. O'quvchilar o'tkazilgan ko'chat va ko'kartirilgan maysalarni parvarish qilish xamda qo'riqlashda davom etadilar. Barcha ommaviy tabiatshunoslik tadbirlari maktabning o'quv — tarbiya rejasi asosida va direktor raxbarligida o'tadi, bu ishda biologiya o'qituvchisi doim tashabbuskor bo'ladi.
Har bir ommaviy tabiatshunoslik kompaniyasini puxta tayyorgarlik bilan o'tkazish kerak. Masalan, "Bog' xaftaligi"ga tayyorlanishda qanday meva ko'chatlarini qayerlarda o'tkazilishi xamda bu ko'chatlarni qayerdan keltirilishini aniqlab olinadi. Keyin mo'ljallangan ko'chatlar o'g'it materiali va ish quroli xozirlanadi, kompaniyada kimlar (qaysi sinf o' quvchilari) ishtirok qilishi belgilanadi.
O'tkaziladigan kompaniyaning ommaviyligini ta'minlash, ya'ni unga imkoniyat boricha ko'proq o'quvcilarni jalb qilishi muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda kompaniyaning mazmuni va mohiyati to'g'risida sinflarda suhbatlar o'tkazish, kompaniyaga bag'ishlab devoriy gazeta chiqarish e'lonlar osish kerak bo'ladi. Barcha tayyorgarlik ishlarida biologiyani o'rganishga qiziqqan o'quvchilar-yosh tabiatshunoslar faol qatnashadilar, ular biologiya o'qituvchisi rahbarlik qiladi.

Yüklə 229,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin