II.BOB.ASOSIY EKALOGIK TUSHUNCHALAR VA UNING BOTANIKA FANI BILAN UZVIY B O‘‘LIQLIGI.
3.Botanika ta’limida ekologik tarbiyani shakllantirish usullari va ularni sinfdan tashqari mashg’ulotlarda q o‘‘llash.
Botanika darslarida ekologik tarbiyani shakllantirish uchun o‘‘qituvchi o‘‘qitish metodlarining barchasidan o‘‘rinli foydalanishi kerak.
Ma’lumki, ta’lim jarayoni o‘‘quvchilarning bilim olish, k o‘‘nikma va malakalarni egallash, ularning ilmiy dunyokarashi, ijodiy izlanishlarini rivojlantirish maqsadiga y o‘‘g’rilgan o‘‘qituvchi va o‘‘quvchilarning o‘‘zaro hamkorligi sanaladi. Boshqacha aytganda, ta’lim mazmunining o‘‘qitish metodlari yordamida o‘‘zlashtirilishiga erishishdir.
Metod s o‘‘zi umumiy ma’noda muayyan maqsadga erishish usulidir.
O‘‘qitish metodlari tom ma’noda o‘‘qituvchining bilimlarni o‘‘quvchilar ongiga yetkazish va ayni paytda ularni o‘‘quvchilar tomonidan o‘‘zlashtirib olish usulidir.
- O‘‘qitish metodlari o‘‘quvchilarni o‘‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadida q o‘‘llaniladi. Bu ularning asosiy funksiyalari sanaladi, shuningdek, mazkur metodlarning undovchi, rag’batlantiruvchi, uyushtiruvchi va nazorat qiluvchi funksiyalari ham mavjud.
- O‘‘qitish metodlari o‘‘qitishning moddiy vositalari b o‘‘lgan darslik, k o‘‘rgazmali, didaktik va tarqatma materiallar bilan uzviy bog’langandir.
- O‘‘qitish metodlari aniq o‘‘qitish usullaridan tarkib topadi va pedagogik jarayonga q o‘‘llaniladi.
- Inson faoliyati metodlariiing o‘‘zgarishi, o‘‘qitish metodlarining boyishiga va yangilanishiga olib keladi. Axborotlarning globallashuvi sharoitida dasturli o‘‘qitish, EHM dasturlari vositasida o‘‘qitish va h.k. metodlar vujudga keldi.
Taniqli didaktik olim Yu.K. Babanskiy o‘‘qitish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratgan:
1. O‘‘qitishning og’zaki metodlari (hikoya, suhbat, o‘‘quv ma’ruzasi). 2. O‘‘qitishning k o‘‘rgazmali metodlari.
4. O‘‘qitishning muammoli izlanish metodlari.
5. O‘‘qitishning mantiqiy metodlari.
6. Mustaqil ishlash metodlari,
7. O‘‘qitishda o‘‘quvchilar faoliyatini rag’batlantirish va asoslash metodlari.
8. O‘‘qitishning nazorat va o‘‘z- o‘‘zini nazorat qilish metodlari.
Ekologik tarbiyani shakllantirishda sinfdan tashqari mashg'ulotlarda qo'llaniladigan usullardan keng qo'llaniladiganlari quyidagilar .
1. O‘‘qitishning og’zaki bayon metodlari guruhi: Og’zaki metodlar qisqa muddatda katta hajmdagi o‘‘quv materialini o‘‘quvchilar ongiga yetkazish, muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, ularni hal etish y o‘‘llarini k o‘‘rsatish, o‘‘quvchilarning nutqini rivojlantirish imkonini yaratadi. O‘‘qitishning ogzaki bayon metodlari q o‘‘llanilganda o‘‘qituvchining s o‘‘zi o‘‘quvchilarning bilim olishlari uchun asosiy manba hisoblanadi, ya’ni o‘‘qituvchi o‘‘quvchilarga s o‘‘zlar vositasida bilim beradi, o‘‘quvchilar faoliyatini eshitish, fikr yuritish, berilgan savollarga javob topishga y o‘‘naltiradi. Shuning uchun o‘‘qituvchining s o‘‘zi oddiy axborot b o‘‘lmasdan, balki ishonchli, asoslovchi, o‘‘quvchilarning faoliyatini faollashtiruvchi ta’sir kuchiga ega b o‘‘lishi kerak.
Og’zaki metodlarning muvaffaqiyatli q o‘‘llanilishi, o‘‘qituvchining nutq madaniyatini egallaganlik, jumladan, nutqning ravonligi, ovoz kuchi, intonatsiya, axborotlarning obrazliligi, ishonchliligi, asoslovchi, isbotlovchi, emotsiyali, shaxsiy munosabat bilan y o‘‘g’rilganlik darajasiga;axborot texnologiyalari asosida yaratilgan elektron darsliklarda ovoz, animatsiya, harakatlarning uyg’unlik darajasiga bog’liq b o‘‘ladi.
Har bir metod turi kichik uslublardan iborat. Og’zaki bayon metodlari guruhi o‘‘z ichiga suhbat, hikoya, ma’ruza metodlarini oladi.
Hikoya metodi - o‘‘quvchilarga o‘‘quv materialini yaxlit holda savollar berib, uzmasdan bayon etishni nazarda tutadi. O‘‘qitish amaliyotida xikoyaning aytib berish, ta’riflash, xarakterlash. Tushuntirish, muxokama qilish kabi xillari q o‘‘llaniladi.
Yangi mavzu mazmunida yangi tushunchalar, ilmiy axborot k o‘‘p b o‘‘lgan taqdirda, shuningdek, o‘‘qituvchi o‘‘quv materiali yuzasidan faol suhbat o‘‘tkazish imkoni b o‘‘lmagan, izohlash .va tushuntirishi lozim b o‘‘lgan, o‘‘quv materialining hajmi katta b o‘‘lib, uni dasturda belgilangan vaqtda o‘‘rganish zarur b o‘‘lgan hollarda hikoya metodidan foydalanadi. Hikoya metodidan darsning qaysi bosqichida foydalanishiga k o‘‘ra hikoya metodining didaktik maqsadi turlicha b o‘‘ladi.
- Darsning kirish qismida foydalaniladigan hikoya metodi.
- Yangi mavzuni o‘‘rganish jarayonida foydalaniladigan hikoya metodi
- Darsning yakunlash qismida foydalanilgan hikoya metodi
- O‘‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan hikoya metodi
Suhbat metodi- o‘‘qituvchining o‘‘quvchilar tomonidan yangi mavzu mazmunidagi qonuniyat, tushuncha va atamalarning izchillikda faol o‘‘zlashtirishini ta’minlovchi puxta o‘‘ylangan savollar vositasida ishlashini nazarda tutadi.
Suhbatning o‘‘quv jarayonida qanday o‘‘rin egallashi va qanday didaktik maqsad m o‘‘ljallanganligiga qarab: kirish suxbati, takrorlovchi suxbat, bayon qiluvchi suxbat va yakunlovchi suxbat kabilarga b o‘‘linadi.
Suhbat metodi yordamida o‘‘quvchilarning avval o‘‘zlashtirgan bilim va k o‘‘nikmalari faollashtiriladi, ta’limga solinadi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi va yangi o‘‘rganilayotgan tushuncha bilan o‘‘zaro aloqadorligi yoritiladi. Shuni qayd etish kerakki, o‘‘quvchilarning avval o‘‘zlashtirgan bilimlari asosida yangi mavzuni savollar yordamida o‘‘zlashtirish imkonini beradigan mavzular suhbat metodi vositasida o‘‘rganish tavsiya etiladi. Suhbat metodi o‘‘quvchilarning nazariy bilimlarni o‘‘zlashtirish jarayonini yoritishi, o‘‘quvchilarning avval o‘‘zlashtirgan bilim va k o‘‘nikmalari, hayotiy tajribalaridan foydalanib, qator savollar yordamida yangi bilimlarni o‘‘zlashtirgan, mazkur bilimlardan amaliyotga q o‘‘llashni anglab olishiga zamin tayyorlashni k o‘‘zda tutadi.
uchungina emas, balki ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, nutqini rivojlantirish, taqqoslash, taxlil qilish, mantiqiy fikr yuritish k o‘‘nikmalarini tarkib toptirishga yordam beradi.
Mazkur metod tarkibiga suhbat savollarini ketma-ketlikda q o‘‘yish, yordamchi va q o‘‘shimcha savollarni o‘‘z vaqtida berish, o‘‘quvchilarni faollashtirish, o‘‘quvchilar javobidagi xatolarni t o‘‘g’rilash, xulosa va umumlashirishni tarkib toptirish uslublari kiradi.
O‘‘quv ma’ruzasi metodidan o‘‘quv materialining hajmi katta, mantiqiy uzilishi murakkab, tushuncha va atamalarga boy b o‘‘lgan hollarda foydalaniladi.
O‘‘quv ma’ruzasi metodidan foydalanilganda quyidagi talablarga e’tibor qaratish lozim:
1. Ma’ruza mazmuni chuqur ilmiy, g’oyaviy va mantiqiy ketma-ketlikda k o‘‘rgazma vositalarga asoslangan holda bayon etilishi.
2. O‘‘quvchilar uchun tushunarli, hissiyotga boy va sodda tipda yoritilishi.
3. O‘‘quvchilarning yoshlik va ruhiy holatlarini hisobga olgan holda 15-20 minutdan s o‘‘ng qisqa mustaqil ish yoki savol javob o‘‘tkazish, o‘‘quvchilarning bilish faoliyati faollashgandan s o‘‘ng davom ettirilishi lozim. Ma’ruzaning muvaffaqiyatli o‘‘tishi, avvalo o‘‘quvchilarning o‘‘quv bilish faoliyati qanday tashkil etilganligiga bog’liq.
Unda o‘‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan k o‘‘rgazma vositalari multimedialar, tabiiy, tasviriy jihozlar va boshqa o‘‘qitish vositalaridan foydalanish hamda ma’ruza davomida o‘‘quvchilar uning rejasi, mazmunini qisqa yozib olishi, savollarga javob topishga erishishi o‘‘qituvchining diqqat markazida b o‘‘lmog’i lozim. Darsning kirish qismida foydalanilgan o‘‘quv ma’ruzasi metodi yordamida o‘‘quvchilarning diqqati jamlanadi, bilish faoliyati faollashtiriladi, bilimlarni qabul qilishga zamin tayyorlanadi. Buning uchun ma’ruzani boshlashda uning mazmuniga oid qiziq misollar, yorqin va hissiyotga boy voqealar keltirilib, o‘‘quvchilar oldiga muammolar q o‘‘yiladi. Darsning asosiy qismida foydalanilgan o‘‘quv ma’ruzasi metodi o‘‘quv materiali didaktik tamoyillarga amal qilingan holda ta’lim mazmuni mantiqiy izchillikda, k o‘‘rgazma vositalari, mulьtimedialar, tabiiy, tasviriy jihozlar va boshqa o‘‘qitish vositalaridan foydalangan holda bayon qilishni taqoza etadi.
Darsning xulosa qismida foydalanilgan o‘‘quv ma’ruzasi metodi yordamida o‘‘quvchilarning bilimlari tartibga solinib umumlashtiriladi, xulosalar chiqariladi.
Ma’ruza yakunida o‘‘qituvchi o‘‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirishga, umumlashtirishga qaratilgan xulosalarni yana bir bor takrorlaydi. S o‘‘ng o‘‘quv topshiriqlari yuzasidan o‘‘quvchilarning javoblari tekshiriladi va jadvalning t o‘‘ldirilishi k o‘‘zdan kechiriladi. Savol javob, o‘‘quv bahsi o‘‘tkaziladi.
O‘‘qituvchining ma’ruzasi mazmuni va o‘‘quvchilar faoliyatining tashkil etilishiga k o‘‘ra induktiv yoki deduktiv ravishda tuzilgan b o‘‘lishi mumkin. Ma’ruza induktiv tuzilganda, avval o‘‘quvchilar hodisa va ob’yektlar bilan tanishtirilib, keyin umumiy xulosa keltirib chiqariladi. Deduktiv ma’ruzada esa buning aksi b o‘‘ladi, ya’ni, avval umumiy tushunchalar beriladi, keyin ob’yektlar va hodisalar yordamida uning mazmuni ochib beriladi..
2.K o‘‘rgazmali metodlar guruhi. O‘‘qitish jarayonida k o‘‘rgazmali metodlarning q o‘‘llanilishi, o‘‘quv materiali mazmunidan kelib chiqqan holda ob’yektlar va hodisalarni hissiy idrok etish, ularni taqqoslash, o‘‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash, umumlashtirish, sintezlash, xulosa yasashga imkon beradi, K o‘‘rgazmali metodlar o‘‘qitish jarayonida og’zaki, amaliy, mantiqiy, muammoli metodlar bilan uyg’un holda q o‘‘llaniladi. Masalan, o‘‘quvchilarga k o‘‘rgazma asosida o‘‘quv materialini o‘‘rganish b o‘‘yicha toshiriqlar o‘‘qituvchi tomonidan og’zaki beriladi. Topshiriqlarni bajarish jarayonida k o‘‘rgazmalilik amaliy metodlar bilan birikib ketadi, darsda vujudga kelgan muammoli vaziyatlarni hal etishda muammoli metodlar bilan mujassamlashib ketadi. O‘‘qitish jarayonida k o‘‘rgazmali metodlardan o‘‘z o‘‘rnida va samarali foydalanishning quyidagi afzalliklari mavjud:
- o‘‘quvchilarda k o‘‘rgazmali obrazli tafakkurni rivojlantirish, o‘‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, aqliy faoliyat usullarni egallash;
- o‘‘rganilayotgan nazariy masalalarni aniqlashtirish, darsda bevosita kuzatish imkoni b o‘‘lmagan hodisa va jarayonlarni modellashtirish;
- biologik ob’yektlarni kuzatish, ular ustida tajribalar o‘‘tkazish, olingan nazariy bilimlarni amaliyotga q o‘‘llash, o‘‘rganilgan hodisalarni sxema, jadvallar asosida aniqlashtirish va tasniflash imkonini beradi.
Biologiyani o‘‘qitishda foydalaniladigan k o‘‘rgazmali vositalar sirasiga quyidagilar kiradi:
• tabiiy va tirik ob’yektlar gerbariylar, kolleksiyalar, mikro va h o‘‘l preparatlar, xona o‘‘simliklari, tiris tabiat burchagida boqiladigan hayvonlar va x.k;
• real ob’yektlarni aks ettiruvchi maxsus tayyorlanadigan tasviriy vositalar jadvallar, sxemalar, rasmlar, modellar, mulyajlar va boshqalar;
• k o‘‘rgazmalilikning shartli ramziy vositalari biogeografik plastlarning kartalari, globuslar;
• o‘‘qitishning texnik vositalari o‘‘quv kinofilьmi, diafilьm, diapozitivlar, videolavhalar va h.k.
• o‘‘qitishning multimediali vositalari EHM ning ta’lim dasturlari, elektron versiya va darsliklar, ovoz, animatsiya, dinamik harakat va uch k o‘‘lamli tasvirni o‘‘zida mujassamlashtirgan multimedialar va h.k.
3.Kuzatish metodi bu tirik organizmlarda boradigan jarayonlar va tabiat jismlarida sodir b o‘‘ladigan hodisalarni o‘‘quvchilarning maqsadga muvofiq holda idrok etishi hisoblanadi. Bu metodda o‘‘quvchilarning kuzatishi b o‘‘yicha t o‘‘planagan ma’lumotlari bilim manbai sanaladi.
4. Amaliy metod. Bu metod o‘‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan va y o‘‘naltiriladigan, o‘‘quvchilar fikrini rivojlantirishni m o‘‘ljallagan s o‘‘z, k o‘‘rgazmalilik va amaliy ishning o‘‘zaro murakkab bog’lanishda b o‘‘lishini k o‘‘rsatadi. Biologiyani o‘‘qitishda amaliy metodlardan o‘‘simliklarni parvarish qilish, hayvonlarni boqish va k o‘‘paytirishda keng foydalaniladi. Bu metod o‘‘quvchilarning biologiyadan o‘‘zlashtirgan bilimlari, kuzatish va jismoniy mehnat k o‘‘nikmalarini qamrab olib, o‘‘quvchilarni qishloq x o‘‘jaligi mehnati asoslarini egallash va kasbga y o‘‘llash, ekologik va iqtisodiy tarbiya berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Amaliy metodlarning turlariga:
1.tabiiy ob’yektlarni tanlab olish va aniqlash b o‘‘yicha ishlar.
2. xodisalarni kuzatish va qayd qilish tajriba o‘‘tkazish.
3. Tajribalar qisqa va uzoq muddatli b o‘‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |