2. Botanikani o‘‘qitishda sinfdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish va unga q o‘‘yiladigan talablar. Maktabda biologiya fanini o'qitishdan maqsad o'quvchilarni shu fan asoslarini mukammal o'rganishdan iborat. O'quvchilar o'simlik, hayvonot olamining tarixiy rivojlanishidagi asosiy ob'ektiv qonuniyatlarni yoshlarini, aqliy qobiliyatlarini xisobga olgan xolda o'rgatishni taqozo etadi. Bu qonuniyatlarni bilish ma'lum faktik materiallarni o'rgatishga, o'rganilayotgan o'simlik va hayvonlar to'g'risidagi konkret tushunchalarga tayanish va bilishini taqozo etadi.
Maktabda vaqt chegaralanganligi sababli o'qituvchini programma materiallaridan tashqariga chiqishiga imkoniyat bermaydi. Shuning uchun sinfdan tashqari ishlarda bu kamchilikni o'rnini to'ldirishni real imkoniyatlari mavjuddir. Sinfdan tashqari ishlar o'zi nima?
Biologiya fanining sinfdan tashqari ishlari o'quvchilarning o'qituvchi rahbarligida darsda ularni biologiya faniga qiziqishi xamda ularning ijodiy xavaskorligini uyg'otishi va namoyish qilishi uchun maktab programmasini kengaytirishi va to'ldirishga qaratilgan, darsdan tashqari ixtiyoriy ishlarni har xil shakllari xisoblanadi.
Sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'qituvchi o'quvchilarning bilim doirasini to'ldirishi bilan birgalikda o'quvchilarni mustaqil tadqiqotlar olib borishiga kasb o'rganishlariga qiziqishini uyg'otadi. O'quvchi o'zi tanlagan mutaxassisligini bir qancha nozik tomonlarini bilib oladi va ular haqida chuqur bilim, tasavvur hamda ko'nikmalarga ega bo'ladi. Kelgusida bilimli "Gulchi", "Chorvador", "Bog'bon", "Asalarichi","Fotograf", "Baliqchi", "Parrandachilik", "Quyonchilik", "Tabiat qo'riqchisi", "Xamshira" kabi ko'pgina kasblarni turli qirralarini mukammal egallashga imkon ochib beradi.
O'quvchilarni sinfdan tashqari ishlarga qiziqishlari odatda biologiya fani daraslarida va turli xil topshiriqlarni bajarishlarida namoyon bo'ladi. O'qituvchi esa yana shu qiziquvchan o'quvchilarga e'tibor qilib, ularga turli adabiyotlarni tavsiya etishi mumkin, turli qiziqarli topshiriqlar beradi xamda uni bajarishini kuzatadi, nazorat qiladi va yakunlashiga yordam beradi.