2-masala. Odamlarda ranglarni ajrata olmaslik (daltonizm) retsessiv belgi bo’lib, uni belgilovchi d geni va uning dominant alleli D geni (ranglarni normal ajrata olishlik) X xromosomada joylashgan. Ranglarni normal ajrata oladigan qiz, xuddi shunday ranglarni normal ajrata oladigan yigitga turmushga chiqqan. Oilada tug’ilgan qizlarning hammasi normal, o’g’illarining ayrimlari esa daltonik bo’lgan. Ota-onaning genotipi qanday bo’lgan?
3-masala. Ranglarni yaxshi ajrata oladigan qiz, xuddi shunday fenotipga ega bo’lgan yigitga turmushga chiqqan. Oilada tug’ilgan barcha bolalar ranglarni yaxshi ajratgan. Lekin, ayol ikkinchi marta boshqa bir erkakka turmushga chiqqanda, bu keyingi oilada normal bolalar bilan birga daltonik bolalar ham tug’ilgan. Eslatilgan barcha kishilarning genotipini aniqlang.
4-masala. Ranglarni normal ajrata oladigan qiz, daltonik yigitga turmushga chiqqan. Oilada daltonik qiz bola tug’ilgan. Daltonik bolaning tug’ilishiga ota aybdormi? Shu oilada keyingi tug’iladigan bolalarning qanday fenotipga ega bo’lish ehtimoli bor?
5-masala. Ota-ona sog’lom bo’lgan oilada uchta bola tug’ilgan bo’lib, ulardan biri gemofiliya (qonning normal ivimasligi) kasalligi tufayli vafot etadi. Qolgan ikki farzand sog’lom bo’lgan. Gemofilik bolaning tug’ilish sababini tushuntiring. Sog’lom bolalarning genotipi qanday bo’lishi mumkin?
6-masala. Odamlarda ter bezining yo’qligi retsessiv belgi sifatida nasldan-naslga o’tadi. Uni ta’min etuvchi gen X xromosomada joylashgan. Bu belgi bo’yicha sog’lom yigit otasi kasal, onasi esa sog’lom qizga uylandi. Bu yangi oilada tug’iladigan o’g’il va qiz bolalarning ter beziga ega bo’lmaslik ehtimoli qanday?
7-masala. Gemofiliya kasalligi retsessiv gen (h) ta’sirida yuzaaga chiqib, uning dominant alleli (H) qonning normada ivishini ta’minlaydi. Retsessiv geni bo’lgan geterozigotali ona kasallikni tashuvchi hisoblanadi.
a) Agar geterozigotali sog’lom ayol sog’lom erkakka turmushga chiqsa oilada necha foiz kasal o’g’il bolalar tug’iladi?
b) Agar shu kasallikni tashuvchi qiz kasal erkakka turmushga chiqsa, kasal bolalarning tug’ilish ehtimoli qenday?