Amaliy mashg’ulot № 23
Mavzu: Odamda autosomaga bog’liq xolda belgilarning irsiylanishiga doir masalalar yechish.
Ishdan maqsad: Odam genetikasiga doir masala yechishni o’rganish.
Kerakli jihozlar: Mavzuga oid tablitsalar, kompyuter texnologiyasida slaydlar namoyishi, tarqatma materiallar.
Ishning mazmuni:
1-masala*. Daltonik va qon gruppasi AB bo’lgan erkak ranglarni normal ajratuvchi va I qon gruppali ayol bilan turmush qurgan. Ayolning otasi daltonik va A qon gruppasiga ega. Bu oilada ikkita bola tug’ilgan: ranglarni normal ajratuvchi va A qon gruppasiga ega qiz hamda ranglarni normal ajratuvchi va B qon gruppali o’g’il bola. Bu oilaning shajarasini tuzib, barcha oila a’zolarining genotipini ko’rsating. Daltonik farzandlarning tug’ilish ehtimoli qanday? Bolalar ota-onasining qon gruppasiga ega bo’ladimi?
Masalaning yechilishi:
Belgi Gen
daltonik d
ranglarni normal ajratish D
I qon guruh OO
II qon guruh AA yoki AO
III qon guruh BB yoki BO
IV qon guruh AB
Ayolning ota-onasi:
ranglarni normal daltonik,
ajr., I qon gruppa III qon gruppa
P ♀ XDXD OO X ♂ XdY AO
g XDO XdA, XdO, YA, YO
F1 XDXd AO – ♀ ranglarni normal ajratadi, II qon gruppa
XDXd OO – ♀ ranglarni normal ajratadi, I qon gruppa
ranglarni normal daltonik,
ajr., I qon gruppa IV qon gruppa
P ♀ XDXd OO X ♂ XdY AB
g XDO, XdO XdA, XdB, YA, YB
F2 XDXd AO – ♀ ranglarni normal ajratadi, II qon gruppa
XDXd BO – ♀ ranglarni normal ajratadi, III qon gruppa
XDY AO – ♂ ranglarni normal ajratadi, II qon gruppa
XDY BO – ♂ ranglarni normal ajratadi, III qon gruppa
XdXd AO – ♀ daltonik, II qon gruppa
XdXd BO – ♀ daltonik, III qon gruppa
XdY AO – ♂ daltonik, II qon gruppa
XdY BO – ♂daltonik, III qon gruppa
Dostları ilə paylaş: |