2. O’SIMLIKLARDAN AJRATIB OLINGAN HUJAYRA VA TO’qIMALARINI O’STIRISH TEXNIKASI Ajratib olingan to’qimalar bilan ishlashni asosiy sharti – sterillikga qat’iy rioya qilishdir.
Tarkibi boy bo’lgan ozuqa muhiti mikroorganizmlarni rivojlanishi uchun ham juda yaxshi substrat
hisoblanadi, o’simliklardan ajratib olingan fragmentlar (eksplantlar) ozuqa muhiti bilan
aralashtirilganda mikroorganizmlar ta’siriga tez uchraydilar. SHuning uchun ham ekslantni ham,
ozuqa muhitini ham sterilizasiya qilish kerak. Ajratilgan hujayralar va to’qimalar bilan qilinadigan
barcha nozik ishlar (manipulyasiya) aseptik sharoitda (laminar-bokslarda) sterillangan uskunalar
yordamida bajariladi. Ajratilgan to’qimalarni o’stirish davrida ham sterillikni saqlash kerak, ayniqsa
xarorat va namlik o’zgarganda, chunki probirkalarni paxta-bintdan tayyorlangan tiqinchalari
namlanadi va undan mikroorganizmlar oson o’tishadi.
Eksplantni sterilizasiyasi, shuningdek urug’lar ham 5-20 minut davomida sterilizasiya
qiluvchi eritmada ushlab turish, keyin esa steril suv bilan yuvib tashlash orqali amalga oshiriladi.
Sterilizasiya davri eksplantni xarakteriga hamda eritmani sterilizasiya qilish xususiyatiga bog’liq.
Odatda urug’ 10-20 min, vegetativ qismlar esa 5-10 min. davomida sterilizasiya qilinadi.
Sterilizasiya qiluvchi eritmalarga misollar 3.1- jadvalda ko’rsatilgan.
Eksplant olinmoqchi bo’lgan o’simlik organi, dastlab sovunli suv bilan shetkalar yordamida
yaxshilab yuviladi va distillangan suv bilan chayib tashlanadi, keyin esa bir necha sekund davomida
70 % li etanolga botirib olinadi. Urug’lar spirtda 1-2 min. ushlab turiladi. To’qimalarga spirt bilan
ishlov berish, uni sterilizasiya qilish xossasidan tashqari, asosiy sterilizasiya qiluvchi eritmani
ta’sirini kuchaytirishi bilan ham bog’liq.
3.1-jadval.
Dastlabki o’simlik materiallarini sterilizasiya qilish