Biologik faol mikrob oqsillari va garmonlari ishlab chiqarish Har bir organizmda ko’plab kichik va katta molekulyar og’irlikka ega bo’lgan oqsil moddalari
uchraydi va ular hayotiy jarayonni boshqarib turadi. Ularning orasida garmonlar alohida o’rin
tutadi. Garmonlar uzoq vaqtlardan buyon tibbiyotda davolash vositasida keng qo’llanib kelinmoqda.
Ammo yaqin - yaqinlargacha ularni hayvonlar organlaridan juda oz miqdorda esa odamlarning qon
to’qimalaridan ajratib olinar edi.
Garmonlar nafaqat tibbiyotda, balki chorvachilikda ham keng ishlatiladi. Tabiatda ikki xil
garmonlar uchraydi: oqsil - peptid va steroid tabiatli garmonlar. Birinchi guruh garmonlar har xil
uzunlikka ega bo’lgan peptidlardan tashkil topgan bo’lsa, ikkinchi guruh garmonlar - steroidlardan
tashkil topgandir.
Biotexnologik usullardan foydalanib – streptokinoza, urokinoza, asparginoza,
superoksiddismutoza va boshqa fermentlar, ingibatorlardan; V – glyukozidazalar, amilazalar,
proteaza va boshqa, qon faktoralari (to’qima plazmigormonlar aktivatori, VIII faktor, odam qoni
albumin zardobi, plodekstranlar), gormonlar (insulin, proinsulin, L–, B-, va V– interferonlar, inson
o’sishiga garmon, samototropin) va boshqalar olinadi.
Gormonlar: Gormonlar xususiyati o’zidan uncha katta bo’lmagan peptid molekulalari va oqsil
molekulalarini nomoyon qiladi. Gormonlar molekulasi tuzilishi va hajmiga (kattaligiga)
bog’liq holda uch guruhga bo’linadi:
Birinchi guruh : peptidli gormonlar. Bular bir necha aminokislotalardan iborat, uncha katta
bo’lmagan molekulalardir (bir necha o’ntagacha). Bu guruh gipotalamus, gormonlar gipofiz
gormonlar, himoya bezlari (kalsitanin va pratagormonlar), ovqat hazm qilish jarayoni va
oshqozon osti bezlari, nouropeptidlarga bog’liq ta’sir etuvchi faktorlardir. Ichki sekresiya
gormonlari hosil qiladigan bez, parchalovchi fermentlar ta’sir ostida sodda tuzilganlar
molekulasidan hosil bo’ladi.