Interferonlar - hujayraning immun tizimini faollashtiruvchi, oqsil tabiatli biostimulyatorlardir.
Bundan tashqari, ular virusga qarshi faollikka ega bo’lib, rak hujayralarini ko’payishdan
to’xtatish xususiyatiga ega. Odam interferonlarining uch sinfi ma’lum :
α
,
β
va
γ
. O’tgan
asrning 70- yillaridayoq, inson
β
-interferonini sintez qiluvchi gibrid DNK ni bakterial
hujayraga o’tkazishga muvofiq bo’lingan edi. Oradan ko’p o’tmay bunga o’xshash
konstruksiyalar
α
- va
γ
- interferonlar uchun ham tuzildi.
E.coli bakteriyasi hujayrasiga,
bakterial triptofan yoki laktoza operoni va interferon geni saqlovchi, gibrid DNK
o’tkazilishi bilan u yoki bu xususiyatga ega bo’lgan interferon sintez qiluvchi bakteriya
shtammlari yaratilgan edi. Keyinroq esa, shtammlarni hosildorligini oshirish hamda virusga
qarshi xususiyatlarini ko’paytirish maqsadida rekombinant DNK da modifikasiya (xususan
ba’zi-bir aminokislotalarni almashtirish) qilindi va xo’jayin hujayraning genotipi hamda
ularni o’stirish sharoitlari tanlandi. Har uch sinfga mansub interferonlar sintez qiluvchi
bakteriyalar shtammlari Rossiyaning ko’pgina olimlari tomonidan ham yaratilgan edi.
Xususan,
α
- va
γ
- interferonlar shtammlari biorganik kimyo institutida
β
- interferon
shtammi esa Rossiya FA Genetika va sanoat mikroorganizmlari seleksiyasi institutida
yaratilgan edi. Interferonlar ishlab chiqarish uchun E.coli dan tashqari Methylomonas,
Salmonella, Pseudomonas kabi grammanfiy bakteriyalardan ham foydalanish mumkin.
Masalan, Pseudomonas sp. shtammi asosida
β
- interferon ishlab chiqarish birinchilardan
bo’lib Rossiyada yo’lga qo’yilgan edi. Interferon sintez qiluvchi achitqi zamburug’larini
transmutantlari ham yaratilgan bo’lib, ularning bakterial shtammlardan ancha afzallik
tomonlari ham bor. Xususan, achitqi zamburug’lari arzon oziqa talab qiladi, faglar ta’siriga va
lizisga chidamli, oson cho’kadi, eng muhimi preinterferonlar hosil bo’lishini to’g’ri tashkil
qiladi.