Fermentning miqdori
Eritmada fermentni miqdori oshib borgan sari, uni sorbsiya bo’lishi va immobilizasiya bo’lgan
fermentni katalitik faolligi oshib boradi.
Immobilizasiya bo’lgan ferment faolligini, eritmadagi ferment miqdoriga nisbatan taqqoslab
o’rganganda shu narsa ma’lum bo’ldiki, fermentni eritmadagi miqdorini oshib borishi bilan
ma’lum nuqtagacha fermentni katalitik faolligi oshib boradi va undan keyin o’zgarmasdan qoladi va
hatto kamayishi ham mumkin.
Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, fermentni faolligi tashuvchi satxini butunlay qoplab olgunga
qadar faollik oshib boradi, keyin esa ferment 2-chi, 3-chi qavat hosil qiladi va x.k. Oxirida,
tashuvchining eng tepa qismida yopishgan fermentlar faollik ko’rsatadi, tagida qolganlari esa
substrat bilan aloqa qilaolmaydilar va o’z-o’zidan "ishsiz" qoladilar. SHuning uchun ham
immobilizasiya bo’lgan fermentni faolligi kamayadi.
Harorat
Haroratni oshishi adsorbsiya jarayoniga ikki xil ta’sir qiladi. Birinchidan, haroratni oshishi
fermentni inaktivasiyasiga (denaturasiya) olib keladi, ikkinchi tomondan esa haroratni oshishi
fermentni tashuvchi g’ovaklariga diffuziyasini kuchaytirish hisobidan, ferment faolligini oshishiga
olib keladi.
Demak, adsorbsiya yo’li bilan immobilizasiya qilishni mo’tadil sharoiti bo’lish kerak. Bunday
harorat adsorbsiya qilinadigan fermentni tabiati va tashuvchi satxiga bog’liq bo’lib, har bir ferment
yoki tashuvchi uchun qator tajribalar orqali topiladi.
SHunday qilib, fermentlarni adsorbsiya yo’li bilan immobilizasiya qilish bir qator omillarga
bog’liq bo’lib, faqat tajribalar asosida aniq topiladi. quyida ferment bilan tashuvchi orasidagi bog’ni
kuchaytirishga xizmat qiluvchi omillar haqida fikr yuritamiz.
Dostları ilə paylaş: