Biznes etikasi tushunchasi


Teleologik (konsekventsialistik) yondashuv



Yüklə 33,03 Kb.
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü33,03 Kb.
#168107
1   2   3   4   5   6   7
Biznes etikasi tushunchasi-fayllar.org

Teleologik (konsekventsialistik) yondashuvning tarixiy shakllari “UTILITARIZM (lot. utilitas — foyda, manfaat) — 1) barcha hodisalarini ularning faqat fonda keltirishi, muayyan maqsadga erishish uchun vosita bo‘lib xizmat qilish imkoniyati nuqtai nazaridan baholash printsipi;
2) etikada — pozitivistik yo‘nalish. I. Ventam asos solgan. Foydani axloqning asosi va insoniy xatti harakatlarning mezoni deb hisoblagan. 19-asrda Buyuk Britaniyada tarqalgan. Uning asosiy printsipi shaxsiy manfaatlarni qondirish vositasi bilan «eng ko‘p odamlarni iloji boricha ko‘proq baxtli qilish»dan iborat. Utilitarizm davlat va huquq funktsiyalarini tushunishga asos qilib qo‘yiladi. «Fonda printsipi»ni bilish nazariyasiga ko‘chirish pragmatizmnit paydo bo‘lishiga yordamlashdi. Hoz. zamon G‘arb etikasida Utilitarizm o‘rniga «axloqiy mulohazalarni tahlil qilish» (emotivizm, etikada mantiqiy pozitivizm) qo‘yilmokda”1.
EVDEMONIZM (yun.— baxt saodat, rohat farog‘at) — baxt saodatga intilishni inson axloqiy faoliyatining mezoni hamda asosiy harakatlantiruvchi kuchi deb hisoblovchi axloqiy ta'limot. E. gedonizm bilan uzviy bog‘liq bo‘lsada, undan ma'lum darajada farq qiladi. U yunon etikasining asosiy printsiplaridan biri hisoblangan. E. Suqrotning shaxsning ichki erkinligi, tashqi dunyoga qaram emasligi to‘g‘risidagi g‘oyasi bilan uzviy bog‘liq. Evdemonizm baxt saodatni jismoniy va bir lahzalik huzur, lazzat bilan tenglashtirmaydi, balki uni keng ma'noda, ya'ni jismoniy va ma'naviy qadriyatlarning majmui tarzida tushunadi. Evdemonizm ta'limotiga ko‘ra, o‘z shaxsida mazkur qadriyatlarni mujassamlashtira olgan kishigina chinakam baxtsaodat sohibidir, shunday baxtgina insonga haqiqiy lazzat, farog‘at baxsh etadi. Demokrit, Epikur, Forobiy, Ibn Sino, L. Feyerbax E. ning namoyandalaridir.
GEDONIZM (yun. hedone — rohat, huzur, lazzatlanish) — huzur-halovatga, lazzatlanishga intilish insonning oliy maqsadi deb hisoblovchi axloqiy ta'limot. Unga ko‘ra, huzur-halovatga intilish insonga tabiatan xos, uning butun xatti-harakati, maqsadi shunga qaratilgan. Gedonizm baxt-saodatga erishish axloqning asosi deb ta'lim beruvchi evdemonizmaan farqlanadi. Gedonizm yunon falsafasida keng tarqalgan edi. Kiren maktabi vakillari lazzatlanishni inson xayotining birdan-bir maqsadi sifatida talqin qilib, xulq-atvordagi axloqiy beqarorlik va tubanlikni shaxsiy fazilatlar tarzida targ‘ib qilgan. Epikur baxtli hayot ruhiy xotirjamlikdan iborat, deb hisoblagan. Beruniy fikricha, hakiqiy lazzatlanish — bu ilm lazzati, chunki qancha ko‘p ilmga ega bo‘lmaylik, u inson me'dasiga tegmaydi, o‘zidan bezdirmaydi. Boshqalari esa vaqtincha, nisbiy, beqarordir. Shunday ekan, ilmdan tashqaridagi ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan barcha sa'y-harakatlar haqiqiy lazzatlanish bo‘la olmaydi.
Yevropada Uyg‘onish davrida gedonistik ta'limot rivojlanib bordi. Inson o‘zining tabiiy ehtiyojlarini to‘la-to‘kis qondirish uchun intilishga haqlidir, degan g‘oyalar ilgari surildi. Kant G. ga qarshi chiqib, uni sog‘lom aql mahsuli emas, balki aqlga zid hissiy turtkilar hosilasi, deb baholadi. Axloq-odob sohasining vakili G. Uilyam fikricha, ayrim shaxslar lazzatlanish maqsadida odamlarga nisbatan zo‘ravonlik ishlatmasligi lozim, aks holda umuminsoniy huquq, axloqiy me'yor va tamoyillarga zid bo‘ladi. Gedonizm g‘oyasi yangi davr utilitarizmida o‘z ifodasini topdi2.

Yüklə 33,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin