Deontologik yondashuv- Burch etikasi. Nemis klassik faylasufi I.Kant ushbu yondashuvning asoschisi hisoblanadi. Deontologik yondashuvning mohiyati harakat natijalardan muhim hisoblanadi. Mukammal harakatni baholashda deontologiya uning ma'lum qoidalarga muvofiqligi yoki rioya qilmasligi bilan boshqariladi. Ba'zan bu burch axloqi (yoki burch) yoki xulq-atvor qoidalariga asoslangan axloqiy tizim deb ataladi, chunki ular burch tushunchasining asosidir. Deontik etika utilitarizm nazariyasining kamchiliklariga o‘ziga xos javobga aylandi. Bu ko‘pincha burch etikasi deb ataladi, chunki burch asosiy tushunchalardan biridir. Uning asosiy mohiyatini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: agar har kim o‘z burchiga amal qilib, o‘z vazifalarini bajarsa, dunyoda yomonlik bo‘lmas edi.
Axloqiy relyativizmFalsafiy atama. Axloqiy g‘oya va tushunchalarning faqat nisbiy, shartli xarakterga ega ekanligini bayon qilishga asoslangan axloqni talqin qilish tamoyili. RELYATIVIZM (lot. relativus — nisbiy) — bilimning nisbiyligi, shartliligi, subyektivligini eʼtirof etuvchi, mutlaq axloq meʼyorlari va qoidalarini inkor etuvchi falsafiy qarash. Bilishda koʻpincha agnostitsizmga olib boradi. Relyativizmni birinchi marta yunon faylasufi, sofist Gorgiy (Horgiy) (mil. av. taxm, 483—375) bayon etib, barcha bilimlarning nisbiyligini taʼkidlagan. Relyativistlar bilimlarni uzluksiz davom etib va oʻzgarib borishini asos qilib olib, ularni haqiqiy emas deb isbotlamoqchi boʻladilar, bu bilan bilimlarning obyektivligini umuman inkor etadilar. Bilimlarimiz voqelikni asosan toʻgʻri aks ettiradi, lekin birdaniga, toʻla aks ettirmaydigan nisbiy haqiqatlardan soʻng boyitilgan va konkretlashtirilgan bilim — obyektiv haqiqatning toʻla va tugal shakli boʻlgan mutlaq haqiqat tomon boradi. Mutlaq haqiqatni esa qotib qolgan, oʻzgarmaydigan bilim deb, nisbiy bilimni faqat nisbiy deb tushunmaslik lozim. Mutlaq haqiqatda nisbiy haqiqatning zarralari boʻladi. Mas, fanda bir nazariya oʻrniga ikkinchisi kelganda, eskisi butunlay uloqtirib tashlanmaydi, undagi ijobiy, toʻgʻri tomonlari rivojlantiriladi. Ilmiy nazariyalarning almashinishi uzluksiz taraqqiyotining natijasi ekanligini bildiradi. Nisbiylik nazariyasi Relyativizm bilan hech qanday aloqasi yoʻq.