Biznes modellarni yaratish



Yüklə 51,39 Kb.
səhifə3/13
tarix07.06.2023
ölçüsü51,39 Kb.
#126538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
BIZNES MODELLARNI YARATISH

Yangilik


Ba'zi bir qiymat takliflari ilgari bozorda mavjud bo'lmagan butunlay yangi ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan. Bunday qiymat takliflari ba'zan texnologik yutuqlar bilan bog'liq bo’ladi. Masalan mobil telefonlar, ular mutlaqo yangi sanoat bo’lgan mobil aloqaning asosini yaratadi. Ammo har qanday yangi narsa ham yaxshi qiymat taklifi bera olmaydi. Masalan taom yetkazishni Lyuks turdagi mashinalarda yetkazish yangilik bo’lishi mumkin, lekin qiymat taklifi nuqtai nazaridan hech qanday qiymat yaratmaydi.

Samarani oshirish


Samaradorlik yoki tezlikni oshirish, qiymatlar taklifini yaratishga qaratilgan. Masalan, kompyuter sanoati ushbu omilga tayanib, tobora kuchliroq kompyuterlarni bozorga olib chiqmoqda. Ammo tezlikning o'sishi o'z chegaralariga ega. So’ngi vaqtlarda ishlash tezligi, xotirasi katta va grafikasi yuqori bo'lgan kompyuterlar iste'molchilar talabining o'sishiga sabab bo’lmoqda.

Moslashtirilgan ishlab chiqarish


Mijozlarning individual ehtiyojlarini qondiradigan mahsulotlar yoki xizmatlarning tor doiralari yuqori narxga ega bo’ladi. So'nggi yillarda individual buyurtmalarga binoan va mijozning o'zi ishtirokida mahsulot ishlab chiqarishga bo'lgan talab doimiy ravishda oshib bormoqda. Ushbu yondashuv mijozlarning shaxsiy xohish-istaklarini inobatga olishga va shu bilan birga ishlab chiqarishni masshtablashtirish evaziga yaxshi iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishish imkonini beradi.



Ishni bajarish


Qiymatni mijozga ma’lum bir ishni bajarishda yordam berish orqali ham yaratish mumkin. Rolls-Royce buni juda yaxshi tashkil etgan: aviakompaniyaning mijozlari samolyot dvigatellarini ishlab chiqarish va texnik xizmat ko'rsatishda to'liq Rolls-Roycega ishonadilar. Bu kompaniya mijozlariga faqat aviaqatnovlarga e'tibor qaratish imkoniyatini beradi. O'z navbatida, aviakompaniyalar Rolls-Royce-ga dvigatellarini har bir uchish soati uchun haq to'laydilar.

Dizayn


Dizayn - bu baholash qiyin bo'lgan juda muhim elementlardan biri hisoblanadi. Mahsulot o’ziga o'xshash narsalardan faqat dizayni tufayli ajralib turishi mumkin. Moda va maishiy texnika sanoatida dizayn qiymat taklifining eng muhim elementi sifatida e’tirof etiladi.

Yüklə 51,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin