Biznes modellarni yaratish



Yüklə 51,39 Kb.
səhifə7/13
tarix07.06.2023
ölçüsü51,39 Kb.
#126538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
BIZNES MODELLARNI YARATISH

Hamjamiyatlar


Kompaniyalar xaridorlarni jalb qilish va turli jamoalar a'zolari o'rtasida yaqin munosabatlarni rivojlantirish uchun onlayn-jamoalardan tobora ko'proq foydalanmoqdalar. Ko'p kompaniyalar foydalanuvchilarga bilim almashish imkoniyatini berib, onlayn jamoalarni qo'llab-quvvatlamoqda. Hamjamiyatlar kompaniyalarga o'z mijozlarining ehtiyojlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Masalan, farmatsevtika kompaniyalaridan biri vazn yo'qotish uchun yangi mahsulot ishlab chiqarilgandan so'ng, o’z onlayn hamjamiyatini tashkil qildi. Shu orqali kompaniya ortiqcha vaznli odamlarning muammolarini yaxshiroq tushunishga va jamoat yordamida iste'molchilarning istaklarini yaxshiroq boshqarishga erishdi.

Hamkorlikda yaratish


Bugungi kunda ko'plab kompaniyalar xaridor bilan an'anaviy ravishda sotuvchi va xaridor munosabatlari chegaralaridan chiqib, qiymat yaratmoqdalar. Masalan, Amazon.com xaridorlarni sharhlar qoldirishga undaydi, shu bilan boshqa kitob ixlosmandlari uchun qiymat yaratadi. Boshqa kompaniyalar xaridorlarni mahsulot dizayni yaratishga targ’ib qiladi. YouTube.com kabi kompaniyalar esa foydalanuvchilarga o'zlarining kontentlarini yaratishga imkon beradi.

  1. Daromad oqimlari. Mijozlar haqiqatda nima tovar vaxizmat uchun to'lashga tayyor? Hozir ular ayni nima sabab uchun to'lashyapti? Ular qanday usulda to'lashyapti? Ular qanday to'lashni afzal ko'rishadi? Har bir daromad oqimi umumiy daromadga qancha hissa qo’shadi?

Daromad oqimlarini yaratishning bir qancha usullari mavjud:

Aktivlarni sotish


Daromadning eng aniq oqimi - bu moddiy mahsulotga egalik huquqini sotishdan tushgan daromad. Amazon.com kitoblar, turli tovar va xizmatlar va boshqalarni sotadi. Fiat mashinalari - ularni xaridorlar haydashi, qayta sotishi va hatto yo'q qilishi mumkin.



Yüklə 51,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin