Biznes modellarni yaratish



Yüklə 51,39 Kb.
səhifə6/13
tarix07.06.2023
ölçüsü51,39 Kb.
#126538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
BIZNES MODELLARNI YARATISH

10.1-jadval








1. Axborot



2.Baholovchi



3. Sotiladigan



4. Yetkazib berish

5. Sotuvdan keyingi xizmat

Shaxsiy

Bevosita

O’z
savdo jamoasi

Iste'molchilar
-ning kompaniya mahsulotlari va xizmatlari to'g'risida xabardorligini qanday oshirishimiz mumkin?

Mijozlarga kompaniya- ning narx taklifini baholashda qanday yordam beramiz?



Qanday qilib mijozlarga ma'lum tovar va xizmatlarni sotib olish imkoniyatini taqdim etamiz?



Qanday qilib biz o'z takliflarimizn i mijozlarga yetkazib beramiz?



Mijozlarga sotishdan keyingi xizmatni qanday taqdim etamiz?

Onlayn sotuv

Bilvosita

O’z magazin

Hamkor

Hamkor magazin

Ulgurji savdo




  1. Mijozlar bilan munosabatlar. Har bir iste'mol segmenti qanday munosabatlarni kutmoqda? Qanday munosabatlar o'rnatiladi? Ulardan qanday xarajatlar talab etiladi? Ular biznes modelning umumiy dizayni bilan qanday uyg’unlashgan?

Kompaniyaning har bir iste'mol segmenti bilan o'zaro munosabatlari doirasida mavjud bo'lgan mijozlar bilan munosabatlarning bir nechta turlari mavjud.

Personal yordam


Ushbu turdagi munosabatlar personal yondashuvga asoslangan. Mijoz tovar va xizmatlarni sotib olish jarayonida va undan keyin ham kompaniya vakili bilan bevosita aloqada bo'lishi va yordam olishi mumkin. Buni savdo nuqtasining o’zida, call-markaz orqali, elektron pochta orqali yoki boshqa usullar bilan amalga oshirish mumkin.

Maxsus personal yordam


Bunday holda, kompaniya vakili ma'lum bir mijozga biriktirilgan bo'lib, u bilan munosabatlarini o’rnatadi. Ushbu munosabatlar mustahkam bo’lib va odatda uzoq vaqt davomida rivojlanib boradi. Masalan, xususiy banklarda eng katta mijozlar bilan maxsus vakillar ishlashadi. Mijozlar bilan bunga o'xshash munosabatlar boshqa sohalarda ham rivojlangan.

O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish


Ushbu turdagi munosabatlarda kompaniya mijozlar bilan to'g'ridan-to'g'ri munosabatlarni o'rnatmaydi, balki o'zlariga o'zi xizmat qilishi uchun ularga kerak bo'lgan zaruriy vositalarni beradi.

Avtomatlashtirilgan xizmat


Ushbu turdagi munosabatlar jarayonni avtomatlashtirish bilan o'z-o'ziga xizmat ko'rsatishning yanada murakkab shakli hisoblanadi. Masalan, kompaniyaning veb- saytida mijozlarni ro'yxatdan o'tkazish ularga maxsus xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Xizmatlarni avtomatlashtirish individual mijozlarni tanib olish va ularga buyurtma yoki tranzaksiya uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni taqdim etish imkonini beradi. Shunisi e’tiborliki, avtomatlashtirilgan xizmatlar shaxsiy munosabatlarni rag'batlantiradi. Masalan, mijoz xati-xarakatlarini o’rgangan xolda yangi xaridlar uchun tavsiyalar yaratadi.



Yüklə 51,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin