Qiymatni yaratishning yana bir usuli - ilgari imkoni bo'lmagan iste’molchi guruhlari uchun tovar va xizmatlarni taqdim etish. Bunga innovatsion biznes modellar va yangi texnologiyalar yoki ikkalasining kombinatsiyasi orqali erishiladi. Masalan, NetJets kompaniyasi xususiy reaktiv samolyotlar uchun ulushga asoslangan egalik g'oyasini ommalashtirdi. Innovatsion biznes model orqali NetJets
jismoniy shaxslar va korporatsiyalarga ilgari ko'pchilik uchun mavjud bo'lmagan xizmat samolyotlaridan foydalanishni taklif qilmoqda.
Qulaylik / qo'llanilishi
Mahsulotdan foydalanish qulayligi ham qiymatga aylanishi mumkin. IPod va iTunes yordamida Apple xaridorlarga musiqani topish, sotib olish, yuklab olish va tinglashni osonlashtirdi. Shu tufayli, hozirgi kunda kompaniya bozorda hukmronlik qilmoqda.
Sotuvkanallari.Iste'molsegmentlarimizuchunqaysialoqakanallarikerakbo'ladi?Bizhozirularbilanqandaymunosabatlargakirishamiz?Bizningkanallarimiz bir-biriga qanday bog'langan? Qaysi biri eng samarali? Qaysi birifoydali?
Sotuv kanallari iste'molchiga mahsulotni targ’ib qilishning besh bosqichini taqdim etadi. Har bir kanal barcha bosqichlarni yoki ularning faqat bir qismini o'z ichiga olishi mumkin. To'g'ridan-to'g'ri va bilvosita savdo kanallarini, shuningdek shaxsiy va hamkorlik kanallarini ajratish mumkin.
Iste'molchilarning talablariga javob beradigan to'g'ri tarqatish kanallarini topish bozorga qiymat taklifini taqdim etishning muhim jihati hisoblanadi. Kompaniya qaysi kanallardan foydalanishni tanlashi mumkin. Bu shaxsiy, hamkorlik kanallari yoki ikkalasining kombinatsiyasi bo’lishi ham mumkin. O'z kanallari to'g'ridan- to'g'ri (o’z xodimlari, agentlari yoki veb-sayt orqali sotish) yoki bilvosita bo'lishi mumkin (masalan, kompaniyaga tegishli yoki boshqaradigan boshqa savdo vositalari yoki do'konlar). Hamkorlik kanallari - bu keng imkoniyatlar bilan ifodalangan bilvosita marketing kanallari: ulgurji, chakana yoki hamkorlik saytlaridir.
Hamkorlik kanallari kamroq foyda keltiradi, ammo ular hamkorning kuchli tomonlari tufayli ko'proq qamrovga erishishga va ustunlik berishga imkon beradi. O'z kanallari, ayniqsa to'g'ridan-to'g'ri kanallar katta foyda keltiradi, ammo ularni tashkil qilish va boshqarish qimmatroq bo'lishi mumkin. Turli xil sotuv kanallari o'rtasida to'g'ri muvozanatni saqlash va iloji boricha eng yaxshi teskari aloqani ta'minlaydigan kombinatsiyani topish muhimdir.