Iste'molchi nuqtai nazaridan qiymat shunchaki ma'lum bir tovar belgisida (brendida) bo'lishi mumkin. Masalan qo'ldagi “Rolex” soati boy odamga xos xususiyatlardan biri sifatida qaraladi. Yana, masalan, iste’molchilar "trend" da bo’lish uchun trend voqealari bilan bog’liq kiyimlarini afzal ko'rishadi.
Narx
Mavjud sifat va qulayliklarni arzon narxlarda taqdim etish - iste'molchilar segmentlari ehtiyojlarini qondirishning standart usulidir. Bunday takliflar umuman biznes model uchun katta ahamiyat va ta’sirga ega. Southwest, EasyJet va Ryanair kabi arzon kompaniyalar o'z bizneslarini arzon narxlardagi xizmatga bo'lgan talabni hisobga olgan holda qurmoqdalar. Yana bir misol - Hindistonning Tata kompaniyasi
tomonidan ishlab chiqarilgan Nano avtomobilining arzon narxi transport vositasini hindistonlik fuqarolarning yangi segmenti uchun qulay qiladi. So'nggi paytlarda bepul takliflar - bepul gazetalar, elektron pochta, uyali aloqa xizmatlari va boshqalar turli sohalarda tobora ortib bormoqda.
Iste'molchilarga xarajatlarni kamaytirishga yordam berish - bu qiymatni yaratishning yana bir o’zgacha usuli. Masalan, Salesforce.com mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (CRM) sohasida o’z dasturiy yechimlarini bepul taklif etadi, bu esa mijozlarga xarajatlarni tejash imkonini beradi. Jumladan, dasturni sotib olish, o'rnatish va boshqarish uchun qo'shimcha mablag’ va kuch sarfini kamaytiradi. O’z navbatida Salesforce.com boshqa jihatdan kompaniyalarga ta’sir o’tkazish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu shu ifodalanadiki, Salesforce dasturlarni bepul taklif etish evaziga kompaniyalarning sug’urta xizmatlari bilan bog’liq ishlarni bajarishga shartlashadi. Bu bilan Salesforce o’z sug’urta biznesi uchun talab yaratadi.
Riskni kamaytirish
Iste'molchi uchun muhim qiymat u tovar va xizmatlarni sotib olishda duch keladigan risk darajasining pasayishi bo'lishi mumkin. Masalan, xaridor uchun ishlatilgan avtomobilning yillik kafolat xizmati ta'mirlash va turli nosozliklar bilan bog'liq risklarni kamaytiradi. Bu yondashuv axborot texnologiyalari sohasidagi xizmat va mahsulotlarni taqdim etishda ham afzallik yaratadi.