Ushbu daromad oqimi ma'lum bir xizmatdan foydalanganlik uchun to'lovdan kelib chiqadi. Mijoz xizmatdan qanchalik ko'p foydalansa, shuncha ko'p pul to'laydi. Uyali aloqa operatori mijozdan qo'ng'iroqlarning daqiqalari uchun haq olishi mumkin. Mehmonxonada mehmon u yerda o'tgan kunlar uchun pul to'laydi. Yetkazib berish xizmati tovarni bir joydan boshqasiga yetkazib berish uchun haq oladi.
Obuna to'lovi
Bu xizmatga kirish muddatini sotishdan tushadigan daromad. Sport zali mijozlarga belgilangan davrda sport zalidan foydalanish imkoniyatini beradigan oylik yoki yillik abonementlar sotadi. Kompyuter tarmog'idagi “World of Warcraft
Online” o'yini bir oy davomida o'ynaganligi uchun oylik abonent to'lovi oladi, Netflix video kontentga kirish uchun to’lov oladi.
Ushbu daromad oqimi mijozga ma'lum bir aktivni belgilangan muddat davomida belgilangan haq evaziga ishlatish bo'yicha vaqtinchalik huquqlarni berish orqali hosil bo'ladi. Ijaraga oluvchi doimiy daromad oladi va ijarachi bitimning predmetidan to'liq narxini to'lamasdan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bunday munosabatlarning mukammal namunasini Zipcar.com da ko’rish mumkin. Kompaniya o'z mijozlariga soatiga avtomobillarni ijaraga berishni taklif qiladi. Natijada ko'pchilik avtomobilni sotib olish o’rniga, uni ijaraga olib foydalanish imkoniga ega bo’ladi.
Bunda himoya qilinadigan intellektual mulkdan foydalanish huquqlarini berish orqali daromadlar oqimi yaratiladi. Litsenziyalash huquq egalariga mahsulot ishlab chiqarmasdan yoki xizmat ko'rsatmasdan mol-mulkdan daromad olish imkoniyatini beradi. Masalan, media sohasida mualliflik huquqi egasi mualliflik huquqini saqlab qoladi, ammo mulkni ishlatish uchun litsenziyani uchinchi shaxsga sotadi. Xuddi shu tarzda, sanoatda texnologiyalar uchun patentlarni sotish amalga oshiriladi.
Daromad oqimi bitim jarayonida ikki yoki undan ortiq tomonga ko'rsatiladigan vositachilik xizmatlaridan ham kelib chiqadi. Masalan, kredit karta kompaniyasi karta sotuvchisi va mijoz o'rtasida o'tkazilgan bitimlarning foizini oladi. Brokerlar va ko'chmas mulk agentlari har bir muvaffaqiyatli operatsiya uchun komissiya oladilar.