Asosiyhamkorlar.Kompaniyaningasosiyhamkorlarikimlar?Asosiyyetkazibberuvchilarkim?Hamkorlardanqandayasosiyresurslarniolinadi?Hamkorlarningasosiy faoliyat turlariqanday?
Hamkorlikni yaratishning uchta asosiy sababi bor, ular quyidagilar orqali ifodalanadi:
Bu resurslarni taqsimlash va xo’jalik operatsiyalarini optimallashtirish maqsadida mijoz va yetkazib beruvchi o’rtasidagi sheriklik yoki munosabatlarning asosiy shakli. Kompaniyaning barcha resurslarga egalik qilishi yoki o'z mahsulotlarini chiqarish bilan bog'liq barcha tadbirlarni amalga oshirishi mantiqsizdir. Optimallashtirish va iqtisodiy tejamkorlik bilan hamkorlik qilib, kompaniya xarajatlarni tejashga erishadi. Ko'pincha ushbu hamkorlik shakli autsorsing yoki infratuzilmadan birgalikda foydalanishni o'z ichiga oladi.
Hamkorliklar noaniqlik bilan tavsiflangan raqobat muhitida xavfni kamaytirishga yordam beradi. Kompaniyalarning bir sohada strategik ittifoq tuzishi, boshqalarda esa raqobatdosh bo'lib qolishi odatiy holdir. Masalan, optik disklar
uchun Blu-ray formati maishiy texnika, shaxsiy kompyuterlar va elektron tashuvchilar ishlab chiqarishda yetakchi kompaniyalar guruhi tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan.
Faqatgina sanoqli kompaniyalar o'zlarining biznes modeli tarkibiga kiradigan barcha resurslarga egalik qiladilar yoki barcha faoliyatni amalga oshiradilar. Odatda ular ma'lum resurslarni qazib olish va yetkazib berish va muayyan harakatlarni amalga oshirish funktsiyalarini hamkorlariga topshiradilar. Bunday hamkorlik bilim olish, litsenziyalash huquqlari yoki iste'molchi bozorlariga erishish uchun bo’lishi mumkin. Masalan telefon kompaniyalari o’z operatsion tizimlarini ishlab chiqarishdan ko’ra, uni hamkorlarga topshirib o’zlari esa boshqa muhim jarayonlarga e’tibor qaratishlari mumkin. Sug'urta kompaniyasi o'z polislarini sotish uchun xodimlarni jalb qilmasdan, mustaqil agentlarga topshirishlari mumkin.