Biznes modellarni yaratish



Yüklə 51,39 Kb.
səhifə10/13
tarix07.06.2023
ölçüsü51,39 Kb.
#126538
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
BIZNES MODELLARNI YARATISH

Xodimlar


Ishga qabul qilish har qanday korxona uchun muhim vazifadir, ammo bunda resursga alohida e'tibor berishni talab qiladigan biznes modellar mavjud, masalan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarda yoki ijodiy jamoalarda xodimlar asosiy resurs hisoblanadi. Ayniqsa Novartis singari farmatsevtika kompaniyasi uchun xodimlarni yollash katta ahamiyatga ega. Uning biznes modeli jiddiy olimlar va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishdan iborat.

Moliya


Bir qator biznes modellar ma'lum moliyaviy resurslarni yoki moliyaviy kafolatlarni talab qiladi, masalan, naqd pul, kredit liniyalari yoki rahbar xodimlarni yollash uchun mablag' zaxirasi bo’lishi mumkin. Iqtisodiy rag'batlantiruvchi vosita sifatida moliyaviy resurslardan qanday foydalanishni mobil aloqa uskunalarini ishlab chiqaruvchi Ericsson kompaniyasining biznes modeli misolida tasvirlash mumkin. Ericsson banklardan yoki bozordan qarz olib, so'ngra mablag’larning bir qismini mijozlar buyurtmalari asosida rivojlanishga sarfladi; bu ularga raqobatchilardan uskunalarga buyurtma bermaslikni kafolatladi.

  1. Asosiy faoliyat turlari. Sotuv kanallari, mijozlar bilan munosabatlar, daromad oqimlari hamda qiymat takliflari qanday faoliyatlarni talab qiladi?

Asosiy faoliyatni quyidagicha tasniflash mumkin.

Ishlab chiqarish


Ushbu faoliyat mahsulotni kerakli hajmda yoki eng yaxshi sifatda ishlab chiqish, yaratish va sotishni o'z ichiga oladi. Bu faoliyati ishlab chiqarish kompaniyalarining biznes modellarida asosiy o'rinni egallaydi.

Muammolarni bartaraf qilish / nosozliklarni tuzatish


Ushbu faoliyat ma'lum bir mijozlarning muammolariga optimal yechim topishdan iborat. Ushbu turdagi asosiy faoliyat konsalting kompaniyalari, kasalxonalar va boshqa xizmat ko'rsatuvchilar tomonidan boshqariladi. Ushbu biznes modellar bilimlarni boshqarish va doimiy malakalarni oshirishni talab qiladi.

Platformalar / tarmoqlar


Asosiy manba sifatida platformaga asoslangan biznes modellarida asosiy faoliyat ushbu platforma yoki tarmoq bilan bog'liq bo’ladi. Platformalar kompyuter tarmoqlari, tijorat platformalari, dasturiy ta'minot va hattoki savdo belgilar bo'lishi mumkin. Ebayning biznes modeli doimiy ravishda rivojlanish va kompaniyaning platformasini qo'llab-quvvatlashni talab qiladi: Ebay.com. Visa biznes modeli savdogarlar, xaridorlar va banklar uchun Visa kredit karta operatsiyalari platformasi bilan bog'liq faoliyatni talab qiladi. Microsoftning biznes modeli uchinchi tomon dasturiy ta'minotini Windows operatsion tizimi bilan sinxronlashtirishga imkon beradigan platformada qurilgan. Ushbu turdagi asosiy faoliyat platformalarni boshqarish, xizmatlarni taqdim etish va platformani yuritish bilan bog'liq.


  1. Yüklə 51,39 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin