Xarajatlartarkibi.Biznesmodelningengmuhimxarajatlariqanday?Asosiy resurslardan qaysi biri eng muhim? Qanday asosiy faoliyat turlari eng ko'pxarajatlarni talabqiladi?
Xarajatlar har qanday biznes modelida minimallashtirilishi kerak. Biroq, ba'zi modellar uchun tejash, boshqalarga qaraganda muhimroqdir. Xarajatlarning tuzilishi nuqtai nazaridan biznes modellarini ikkita sinfga bo'lish maqsadga muvofiq: xarajatlarga qaratilgan yondashuvlar va qiymat taklifiga qaratilgan yondashuvlar. Ular gohida balanslashgan ko’rinishda ham bo’ladi.
Xarajatlarga yo'naltirish
Iqtisodiy yo'naltirilgan biznes modellari minimal xarajatlar tarkibini yaratish va saqlashni, arzon narx takliflarini ishlatishni, mijozlarga xizmat ko'rsatishni maksimal darajada avtomatlashtirishni va tashqi autsorsingni o'z ichiga oladi. Southwest, EasyJet va Ryanair kabi arzon aviakompaniyalar iqtisodiy tejamkorlikka mo'ljallangan biznes modellaridan foydalanadilar.
Qiymatga yo'naltirish
Ba'zi kompaniyalar biznes modellarini yaratishda xarajatlarga emas, balki qiymatga e'tibor berishadi. Odatda, ushbu biznes modellari yuqori sifatli taklif va
xizmatning yuqori darajasiga ega. Ushbu toifaga, masalan, yuqori darajada xizmat ko'rsatadigan hashamatli mehmonxonalar kiradi.
Tuzilishi bo'yicha xarajatlarni quyidagi toifalarga bo'lish mumkin:
Tovarlar yoki xizmatlar hajmidan qat'iy nazar o'zgarishsiz qoladigan xarajatlar. Bularga ishchilarning ish haqi, ijara haqi va asosiy vositalar kiradi. Biznesning ayrim turlari, xususan ishlab chiqarish korxonalarida doimiy xarajatlarning ulushi katta.
O'zgaruvchan xarajatlar
Tovarlar yoki xizmatlar hajmiga qarab o'zgarib turadigan xarajatlar. Ko’ngilochar tadbirlarni tashkil etish kabi ba'zi bir biznes turlarida o'zgaruvchan xarajatlarning ulushi katta.