Bog’lanish kuchlari


Kristallarda elektronlarning umumlashuvi



Yüklə 64,28 Kb.
səhifə2/10
tarix23.04.2023
ölçüsü64,28 Kb.
#101689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog’lanish kuchlari

Kristallarda elektronlarning umumlashuvi
Qattiq jismlarda atomlar orasidagi masofalar nihoyatda kichik va har bir atom qo’shni atomlarning kuchli maydoni ta’sirida bo’ladilar. Quyidagi ideallashgan misolda qo’shni atomlarning kuchli maydonini energetik sathlarga ta’sirini ko’rib chiqamiz.
N ta natriy atomini kristall panjara ko’rinishida joylashtiramiz va boshlanishda ular orasidagi masofani atomlar maydoni bir – biri bilan ta’sir doirasida bo’lmaydign tarzda tanlaymiz. Bu holda elektronlarning energetik holatlari xuddi alohida atomlar elektronlarining energetik holatiga o’xshagan bo’ladi. 214 - rasmda ikkita natriy atomining energetik chizmasi keltirilgan. Rasmda bu atomlarning har biri ponasimon potentsial chuqurlik sifatida va bu chuqurlik ichida 1s, 2s, 2p, 3s energetik sathlar joylashganligi tasvirlangan . Natriyning 1s, 2s, 2p energetik sathlari elektronlar bilan butunlay to’lgan. 3s sath yarmigacha to’lgan, 3s dan yuqorida joylashgan energetik sathlar bo’shdir.
1s energetik sath elektronlari uchun to’siq balandligi , 2s – uchun , 2r – uchun ga teng bo’ladi. 3s – energetik sath elektronlari uchun to’siq balandligi natriy atomining 3s – energetik sathining boshlang’ich holatidan ancha pastda joylashadi. Shuning uchun bu sathning valent elektronlari amalda bir atomdan ikkinchisiga to’siqsiz o’tishi mumkin. Shu holatni valent elektronlarining elektron buluti xarakteri ham ko’rsatib turibdi. Bu hodisa kristall panjarada elektronlarning to’la umumlashish hodisasi deb ataladi. Bunday umumlashgan elektronlar – erkin elektronlar kabi bo’lib, ularning to’plami esa elektron gaz deb ataladi.
Atomlarning yaqinlashishidan potentsial to’siqning kengligi va balandligini keskin kamayishi natijasida kristall panjaraning nafaqat valent elektronlari, balki pastki sathlarda joylashgan elektronlari ham erkin harakat qilishi mumkin. Pastki energetik sathlardagi elektronlar to’siqni tunnel mexanizmi orqali o’tishi hisobiga siljiy oladilar. Bu to’siqlar balandligi qancha past va kengligi yupqa bo’lsa, elektronlar shuncha to’la umumlashadi va erkin elektronlar, deb hisoblanadi.



Yüklə 64,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin